Koʻpettogʻ etagida

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Koʻpettogʻ etagida
Asl nomi Köpetdagyñ eteginde
Muallif(lar) Ota Kovshutov
Tarjimon(lar) Yoʻldosh Doʻsimov
Til turkman
Janr(lar)i roman
Nashr etilgan sanasi 1947-1949
Nashriyot OʻzSSR Davlat badiiy adabiyot nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1960
Sahifalar soni 281

„Koʻpettogʻ etagida“ (turkmancha: Köpetdagyñ eteginde) — turkman yozuvchisi Ota Kovshutov qalamiga mansub roman. Asarda turkman ovulidagi hayot haqida soʻz yuritiladi. Romanni turkman tilidan oʻzbek tiliga Yoʻldosh Doʻsimov tarjima qilgan.

Oʻzbekcha tarjima[tahrir | manbasini tahrirlash]

Romanni turkman tilidan oʻzbek tiliga Yoʻldosh Doʻsimov „Turkmendovletneshir“ning 1956-yilgi nashridan qisqartirib tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1960-yil Toshkent shahrida OʻzSSR Davlat badiiy adabiyot nashriyotida chop etilgan. Oʻzbekcha nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Islomov – muharrir, K. Pechurichko – rassom, G. Ostapenko – rasmlar muharriri, L. Ilina – texnik muharrir, N. Ahrorova – musahhih. Kitob adadi – 30 000 nusxa.