Klon
Klon (yun. klon — shox, novda, bachki) — bir oʻsimlik yoki hayvon organizmidan jinssiz yoki vegetativ koʻpayish yoʻli bilan paydo boʻlgan individlar nasli. Nemis olimi Vebber K. ni birinchi boʻlib taʼriflab berdi (1903). Klon hayvonot olamida — mikroorganizmlar, hasharotlarda, oʻsimliklar olamida — mevali daraxtlar, tok, piyoz va boshqalarda uchraydi. Klon tuxumhujayradan apogam yoʻli bilan meyozga uchramay paydo boʻlgan nasllardan; qalamcha, tuganak va boshqalarda hosil boʻlgan ona oʻsimliklar naslidan va boshqa tashkil topishi mumkin. Oʻsimliklar dunyosida vegetativ koʻpayishda kurtak oʻzgaruvchanligi tufayli navning naslida boshlangʻich oʻsimlikdan farqlanuvchi individlar tarzida paydo boʻladi. Ular shu navning yangi klonlarini boshlab beradi. Shunga koʻra, har bir navning ahamiyati turlicha boʻlgan bir nechta kloni boʻlishi mumkin. Koʻpchilik nusxalarning qim-matli xoʻjalik belgilari klon olish yoʻli bilan saqlab qolinadi.
Bahodir Normatov.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |