Jinssiz koʻpayish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Jinssiz koʻpayish - organizmlarning jinsiy jarayon sodir boʻlmaydigan, jinsiy hujayralar ishtirok etmaydigan koʻpayish usuli. J. k. ayniqsa bir hujayrali organizmlar orasida koʻp uchraydi, ammo koʻpchilik koʻp hujayralilar: zamburugʻlar, oʻsimliklar va hayvonlar ham jinsiy koʻpayish xususiyatiga ega. J. k. faqat toʻgarak chuvalchanglar va mollyuskalarda uchramaydi, boʻgʻimoyoqlilar va umurtqalilarda istisno tariqasida (poliembrioniya shaklida) uchraydi. J. k. ona organizmdan uning bir qismini ajralib chiqqan, yangi qiz organizmga aylanishi, shuningdek, koʻpayish vazifasini bajaradigan maxsus tuzilmalar (bir hujayralilarda — sporalar, gʻovaktanlilarda — gemmulalar, mshankalarda — statoblastlar) hosil qilib, keyinchalik yangi qizlik organizmini hosil qilish orqali sodir boʻlishi mumkin. Nemis biologi M. Gartman (1924) va ayrim biologlar J. k. agam sitogoniya, yaʼni jinssiz hujayralarning teng ikkiga va koʻp marta (shizogoniya) boʻlinishi (bir hujayralilarda) va ayrim qujayralar (sporalar)ning boʻlinishi (koʻp hujayrali oʻsimliklarda) tarzida sodir boʻlishini koʻrsatishadi. Ona organizmdan uning bir kiyem hujayralari ajralishi orqali koʻpayish vegetativ koʻpayish deyiladi. Odatda, birturning oʻzida J. k. bilan birga jinsiy koʻpayish ham boʻladi. Shuning bilan birga bitta tur bir necha xil usulda J. k. mumkin. Mac, oʻsimliklar spora hosil qilish, novdasi, ildizmevasi, tuganagi orqali; gʻovaktanlilar tashqi va ichki kurtaklar (gemmulalar, statoblastlar) orqali koʻpayadi. J. k. jinsiy koʻpayish bilan gallanib turishi mumkin (qarang Nasl gallanishi).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil