Kontent qismiga oʻtish

Kler Perri O'Neill

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Claire Louise Perry OʻNeill(1964-yil 3-aprelda tugʻilgan) — Buyuk Britaniyalik biznesmen va sobiq siyosat vakili boʻlgan. 2017-yildan 2019-yilgacha Tozalik Bilan Rivojlanish,Iqlim va Energiya siyosati boʻyicha Jahon biznes kengashining direktori boʻlgan. Ilgari Konservativ partiya aʼzosi boʻlgan Claire, 2010-yildan 2019-yilgacha Wiltshiredagi Devizes kengashi uchun Parlament aʼzosi (MP) boʻlgan.

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Claire Louise Richens Worcestershirening Bromsgrove shahrida tugʻilgan va Shimoliy Somerset shahrida katta boʻlgan. Claire Devid va Joanne Richens oilasidagi uchta farzandning eng kichigi. Claire Somersetdagi Nailsea maktabida va Oksforddagi Brasenose kollejida oʻqigan, shuningdek, shu kollejda geografiyani oʻrganib,1985-yilda bitirgan[1].

Parlamentdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yilda Konservative Partiyaga qoʻshilganidan soʻng, Perry Shadow Chancellor Jorj Osborne kengashi uchun ishlagan[2]. 2009-yil noyabr oyida Maykl Ankram Devizesdan ketish niyatini eʼlon qilganidan soʻng, Perry Conservative nomzod sifatida tanlandi[3]. Oʻzining ilk nutqida Perry ilgarigi Labour hukumatining qishloq iqtisodiyotini boshqarishini tanqid qilib: „Britaniyadagi qishloq aholisi uchun ish oʻrinlari yetarli emas“ deya taʼkidlab oʻtdi. U shuningdek, Qurolli Kuchlarga alohida hurmat koʻrsatib oʻtdi. Chunki Devizesda 11,000 ta harbiy kuchlar yashab oʻtgan.

2011-yil oktyabr oyida Perry Mudofaa davlat kotibi Filip Hammond Parlamentiga xususiy kotib etib tayinlandi[1] [4]. Perry 2013-yil oktyabr oyida hukumat yordamchisi boʻlib xizmat qilgan. 2014-yil 15-iyul kuni Perry temir yoʻl ishlari, temir yoʻlni taʼmirlash, yuk, logistika shuningdek transport agentligi uchun mas’ul xodim boʻlib xizmat qilgan, shu bilan birga, Perry Eltib Berish Xizmati kengashining davlat kotibi boʻlib tayinlandi[5]. Perry ushbu lavozimdan 2016-yil 14-iyul kuni, Theresa May Bosh vazir boʻlganida, boʻshatilgan[6][7].

Parlamentdan keyingi ish faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil sentabr oyida, shuningdek, 2020-yil noyabr oyida Perry Glasgowda boʻlib oʻtadigan BMTning 26-Iqlim Oʻzgarishi Konferensiyasining prezidenti etib saylanish uchun nomzodligi qoʻyildi[8]. Shu oyda Perry parlamentga qayta saylanishni xohlamasligini eʼlon qildi va 2019-yil dekabr oyidagi umumiy saylovlarda oʻz lavozimidan voz kechdi. Perry „Devizes“ kengashi uchun Konservative deputat sifatida Danny Kruger tomnidan tayinlandi.

Buyuk Britaniya hukumati 2020-yil 31-yanvarda Perrini prezidentlik lavozimidan toʻsatdan chetlashtirib, bu lavozim „vazirlik“ga almashtirilishini aytdi[9][10][11]. Keyinchalik, Perry bosh vazirning maslahatchisi Dominic Cummingsning harakatlarini tanqid qilib, „Cummings meni ishdan boʻshatgan kuni ommaviy axborot vositalari uchun COPga prezident kerak emasligini daʼvo qilib, oʻta tuhmatli namoyish oʻtkazganini“ taʼkidladi[12]. 2023-yil yanvar oyida Bosh vazir Rishi Sunak shuningdek, uning moliyaviy vaziri Jeremy Hunt Perryning qilgan ishlaridan mamnunliklarini aytishlariga qaramay, Perry Konservativ partiyadan isteʼfoga chiqqishini eʼlon qildi[13]. Perry Konservativ partiya „turli xil chalkash gʻoyalar“ tomonidan boshqarilishi haqida aytdi, shu bilan birga, Britaniyaning Yevropa Ittifoqi bilan boʻlgan qiyin munosabatlari ham uning isteʼfosiga sabab boʻlganini taʼkidlab oʻtdi. Perry Keir Starmerni maqtab, uni „oʻziga xos rahbar“ deya taʼrifladi[14]. Perryning sobiq nikohidan uchta farzand boʻlgan. Perryoʻz ajralishini eʼlon qilganidan uch oy oʻtgach, Perry akademik professor Bill OʻNeill bilan munosabatda ekanligi ommaga tarqaldi. Perry va OʻNeil 2018-yilda turmush qurgan[15]. Perry Wiltshire shtatidagi Pewsey Vale shahrida yashaydi[16].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Perry. „About Claire“. claireperry.org.uk. 2017-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-fevral. Perry, Claire.
  2. Barltrop. „Claire Perry chosen for Devizes“. Politics Show West. BBC (2009-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 11-fevral.
  3. Isaby, Jonathan. „Claire Perry selected to fight Devizes“. ConservativeHome (2009-yil 1-noyabr). 2017-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-fevral.
  4. Isaaman, Gerald. „The Euro is going to continue to struggle for a long time, warns Claire Perry“. Marlborough News Online (2011-yil 2-noyabr). 2012-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-avgust.
  5. „Claire Perry MP“. GOV.UK. 2015-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-avgust.
  6. „Southern: Claire Perry 'often ashamed' to be rail minister“. BBC News (2016-yil 13-iyul). 2016-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-iyul.
  7. „Rail minister Claire Perry resigns“. BBC News (2016-yil 15-iyul). 2016-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-iyul.
  8. „United Kingdom, in partnership with Italy, to host COP 26 / CMP 16 / CMA 3“. UNFCCC. Qaraldi: 2019-yil 29-noyabr.
  9. Shukman, David. „Climate change: UK sacks its UN conference president“. BBC News Online (2020-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 31-yanvar.
  10. Rayner, Gordon; Sheridan, Danielle. „Claire Perry O'Neill sacked from role as president of UN Climate Change Conference“ (en-GB). The Daily Telegraph (2020-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 1-fevral.
  11. „Climate change summit chief sacked by PM ahead of Cabinet reshuffle“ (en). inews.co.uk. Qaraldi: 2020-yil 1-fevral.
  12. @ClaireClimate. „As I listen to Dominic Cummings bleat through his pitiful excuses - threats of violence, misreporting of his views- I recall that this is the bloke who put out a deeply defamatory briefing to the media the day he fired me, claiming that the COP didn’t need a President.“ (2020-yil 25-may).
  13. Gutteridge, Nick. „Former Tory minister quits party and backs Sir Keir Starmer to lead Britain“ (en-GB). The Telegraph (2023-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  14. „Former Tory minister quits party and lavishes praise on Starmer“ (en). the Guardian (2023-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  15. „POLITICO London Playbook: Toilet humor — Slacking off — Playbook awards“. Politico (2017-yil 29-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 31-yanvar. „Congratulations: Climate Change Minister Claire Perry will next year marry her partner, academic Bill O'Neill, according to today's Mail diary.“.
  16. „Claire Perry, MP for Devizes – Fascinating to find out what changes are afoot“. thisiswiltshire.co.uk. Newsquest (2013-yil 24-oktyabr). 2015-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-sentyabr.