Kontent qismiga oʻtish

Klementin keksi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Klementin keksi

Klementin kupkkeyki
Turi Keks
Asosiy komponentlari Klemantin mevasi va boshqa ingredientlar

Klementin keksi, asosan, klementindan tayyorlanadigan tort. U shirin sir yoki sous, shakar kukuni, asal va klementin yoki shirali klementindan tayyorlanilishi mumkin. Sefarad oshxonasiga mansub apelsin tortiga oʻxshab ketadi. Ommaviy madaniyatda tort 2013-yilda The Secret Life of Walter Mitty filmida koʻrsatilgan.

Keks baʼzan klementin poʻsti, urugʻlari va butunligicha qoʻshgan holatda tayyorlanadi.

Joyce Goldstein taomni klassik taom deb atagan. Sydney Morning Herald uni mashhurligi xususida gapirgan.

Masalliqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klementin keksi klementin, maydalangan bodom, un, shakar, sariyogʻ va tuxumdan tayyorlanadi. Qoʻshimcha qoʻshiladigan masalliqlarga apelsin sharbati, apelsin muskat, sut, oq shirin sharob yoki Riesling sharobi, apelsin moyi yoki mandarin moyi (yoki ikkalasi), bodom ekstrakti va vanil ekstrakti kiradi. Ulardan foydalanmasdan ham keksni tayyorlash mumkin.

Tayyorlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Keks xamiri aralashtirib, klementin va/yoki klementin poʻstlogʻi bilan, masalan, boʻlaklarga boʻlinib tayyorlanishi mumkin. Klementinning urugʻi va poʻstlogʻi tayyorlash jarayonida olib tashlanishi mumkin, bunda urugʻsiz klementinlardan foydalaniladi. Toʻgʻralgan klementinlar, shu jumladan qobigʻi bor boʻlgan[1][2] yoki tozalangan klementinlarni butun holida ishlatilishi mumkin. Klementinlar tort xamiriga uni pishirishdan oldin qoʻshilishi mumkin. Mevalarni maydalash yoki blender yordamida aralashtirish mumkin. Shakar qoʻshilgan klementinlar pirojnoy ustiga qoʻyilishi yoki shunchak shirinlikka qoʻshimcha sifatida berilishi mumkin. Keksga qoʻshiladigan bodom qovurilgan boʻlishi mumkin.

Klementin keksi shakar yoki shokoladli sir yoki shokolad sousi, shakar kukuni yoki asal kabi shirin masalliqlar bilan bezatilishi mumkin. Klementin torti u qadar quruq boʻlmaydi[1][2], va uning taʼmi tayyorlangandan bir kun yoki undan koʻproq vaqt oʻtgach yaxshilanishi mumkin[3]. Chunki masalliqlar aralashib, uning taʼmini yaxshilaydi. Tayyorlanganidan keyin uni uzoqroq vaqt davomida saqlab turish uchun muzlatish ham mumkin.

Variatsiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bundan tashqari uni teskari tort koʻrinishida ham tayyorlash mumkin.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Whole, peeled, halved and sectioned clementines
Butun, tozalangan, yarmiga boʻlingan va kesilgan klementinlar

Klementin keksi, ehtimol, Sefarad apelsin keksi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Sefarad yahudiylari 15-asrda Oʻrta yer dengizi mintaqasida sitrus mevalarni yetishtirishni ommalashtirganlar va pishirilgan mahsulotlarda apelsindan foydalanish ommalashgan.

The Guardian gazetasi uchun maqola yozadigan Claudia Roden, uni sefardiklarning Fisih bayramida tayyorlanadigan taom sifatida taʼriflagan[4]. New Yorker gazetasida aytilishicha, Rodenning retsepti shunchalik koʻp marta oʻzlashtirilib, boshqa oshpazlar tomonidan oʻzlashtirilganki, Roden oʻz hisobini yoʻqotgan[5].

Tan olinishi va ahamiyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

San Francisco Chronicle nashriga koʻra, Joyce Goldstein shirinlikni „klassik yahudiy-ispan keksi“ deb atagan[3]. 2020-yilda Sydney Morning Herald nashrida chiqqan maqolada Jill Dupleix shirinlikni „hozirgi kunda mashhur boʻlgan, unsiz tayyorlangan Sefarad keksi“ deb atagan[6]. Nigella Louson Rodenning retseptini „ajoyib“[7] deb tariflagan.

OAVda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klementin torti 2013-yilgi The Secret Life of Walter Mitty filmining syujetida namoyish etilnagan va filmning boshlanish sahnasida va boshqa bir nechta sahnalarda koʻrsatilgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Perelman. „Clementine Cake“. Smitten Kitchen (2009-yil 13-yanvar).
  2. 2,0 2,1 Hodgson. „Claudia Roden's Orange and Almond Cake Recipe“ (en-US). NYT Cooking (2023-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.
  3. 3,0 3,1 Gold, Amanda. „Sephardic Orange & Almond Cake for Passover“. San Francisco Chronicle (2018-yil 18-yanvar).
  4. Roden, Claudia. „Claudia Roden's recipe for orange and almond cake“ (en-GB). The Guardian (2022-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.
  5. Kramer, Jane (2007-08-27). „Claudia Roden's Spice Routes“. The New Yorker (ingliz (Amerika)). ISSN 0028-792X. Qaraldi: 2024-04-13.
  6. Dupleix. „Orange and almond cake“ (en). Sydney Morning Herald (2020-yil 17-mart). Qaraldi: 2024-yil 13-aprel.
  7. „Clementine Cake“ (en). Nigella.com. Qaraldi: 2024-yil 22-aprel.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]