Risling

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Risling (nem. Riesling), Reyn rislingi — vinobop oʻrtapishar uzum navi. Reyn daryosi vohasida xalq seleksiyasida yaratilgan qad. navlardan biri. R. jahondagi tok ekiladigan barcha mamlakatlarda tarqalgan. Oʻrta Osiyoda, Moldaviya, Ukraina, Qozogʻiston va Ozarbayjonda ham ekiladi. Tupi oʻrtacha oʻsadi. Bargining diametri 14— 16 sm, yumaloq, besh boʻlmali, tusi toʻq yashil, arra tishli, ters tomoni siyrak tukli. Guli ikki jinsli. Hosili faol harorat yigʻindisi 2700—3000° boʻlganda 155—170 kunda, avg . boshlarida pishadi. Uzum boshi silindrkonussimon, boʻyi 12—15 sm, eni 6—8 sm, vazni 100—130 g . Gʻujumi oʻrtacha, dumaloq, och yashil, eti sershira, tarkibida 17—19% qand, 8—9% kislota bor.

Hosildorligi 80—100 s/ga (Oʻzbekiston sharoitida eng yuqori hosildorlik 290 s/ga). Qurgʻoqchilik va sovuqqa bardoshi yuqori, kasallik va zararkunandalarga chidami past. R. uzumidan, umuman, ovqat ustida ichiladigan yengil oq vinolar, mashhur Reyn va Model yengil vinolari, Oʻrta Osiyoda esa kuchli va desert vinolar tayyorlanadi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil