Klapeyron Benua Pol Emil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

KLAPEYRON (V. R. Ye. Clapeyron) Benua Pol Emil (1799.26.1, — Parij — 1864.28.1) — fransuz fizigi va muhandisi. Ideal gazlar holat tenglamasini fanga kiritgan. S. Karnoning termodinamikaga bagʻishlangan gʻoyalarini tahlil qilib, termodinamika jarayonlarini birinchi boʻlib grafik usul (indikator diagramma)da tasvirlagan, Karno siklinm tadqiq qilib, ideal gaz holatini ifodalovchi Klapeyron tenglamasini ishlab chiqqan (1834). Kaynash vaerish nuqtalarining bosimga bogʻlikligi tenglamasini topgan (qarang Klapeyron— Klaoʻzius tenglamasi).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil