Kitadaitōjima

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kitadaitō xaritasi

Kitadaitōjima (yaponcha: 北大東島?), shuningdek Kita Daitō, Kita-Daitō-shima va Kitadaitō shaklida ham qoʻllaniladi, Daitō orollari guruhining eng shimoliy qismidagi orol boʻlib, Filippin dengizi janubidagi Yaponiyaning Okinava prefekturasida joylashgan. Orol Shimajiri tumanidagi Kitadaitō qishlogʻining bir qismi sifatida boshqariladi. Orol butkul qishloq xoʻjaligiga asoslangan. Bu hududda plyajlar mavjud emas, ammo baliq ovlash uchun baliq ovlash porti, uchta parom dok[1] va mahalliy parvozlar uchun aeroport (Kitadaito aeroporti) (aerport kodi „KTD“) faoliyat yuritadi.

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kitadaitōjima nisbatan izolyatsiya qilingan marjon oroli hisoblanib, arxipelagning eng katta oroli Minamidaitojimadan taxminan 9 kilometr (4.9 nmi) shimolda va Okinava shtatining Naxa shahridan 360 kilometr (190 nmi) uzoqlikda joylashgan. Arxipelagdagi boshqa orollarda boʻlgani kabi, Kitadaitōjimada ham koʻtarilgan marjon atolli boʻlib, tik qirgʻoq boʻyidagi ohaktosh qoyasi (orolning sobiq qirrali marjon rifi) va botiq markazi (orolning sobiq lagunasi) mavjud. Orol taxminan oval shaklda boʻlib, aylanasi taxminan 13.52 kilometr (8.40 mi) ,uzunligi 4.85 kilometr (3.01 mi) va 11.94 square kilometre (4.61 mi²) ni tashkil qiladi. Eng baland nuqtasi dengiz sathidan 74 metr (243 ft) balandlikda joylashgan. Orolning ichki qismida bir nechta kichik chuchuk suv havzalari ham mavjud.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Orol markazidagi qishloqda taxminan 660 nafar (2013-yil 1-iyun holatiga koʻra) aholi istiqomat qiladi.

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kitadaitōjima tropik yomgʻirli oʻrmon iqlimiga ega boʻlib (Köppen iqlim tasnifi Af), yozi juda issiq va qishi esa yumshoq kechadi. Kitadaitōjimada oʻrtacha yillik harorat 23.9 °C (75.0 °F) ni tashkil etadi. Yil davomida yogʻingarchilik miqdori sezilarli darajada boʻlib, eng seryogʻin oy – may, eng quruq oy esa – fevral hisoblanadi. Orolda tez-tez tayfunlar boʻlib turadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,469.0 mm (57.83 in) ga teng, shundan eng koʻp yomgʻir yogʻadigan oy sentyabr hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 29.2 °C (84.6 °F) atrofida va eng past harorat yanvarda, taxminan 18.5 °C (65.3 °F) atrofida boʻladi. Eng baland koʻrsatkich – 34.9 °C (94.8 °F) boʻlib, bu holat 2017-yil 7-sentabrda qayd etilgan. Eng past koʻrsatkich esa 2015-yil 15-fevralda aniqlangan va 8.2 °C (46.8 °F) ni tashkil qilgan[2].

Climate data for Kitadaitō (2003−2020 normalari, ekstremallar 2003−hozirga qadar)
Month Jan Feb Mar Apr May Jun Jul Aug Sep Oct Nov Dec Year
Record high °C (°F) 26.4
(79.5)
27.0
(80.6)
27.8
(82.0)
29.6
(85.3)
32.4
(90.3)
33.1
(91.6)
33.8
(92.8)
34.5
(94.1)
34.9
(94.8)
32.3
(90.1)
30.3
(86.5)
28.3
(82.9)
34.9
(94.8)
Average high °C (°F) 20.9
(69.6)
21.2
(70.2)
22.3
(72.1)
24.3
(75.7)
26.9
(80.4)
29.7
(85.5)
31.8
(89.2)
31.9
(89.4)
31.2
(88.2)
29.1
(84.4)
26.1
(79.0)
22.5
(72.5)
26.5
(79.7)
Daily mean °C (°F) 18.5
(65.3)
18.8
(65.8)
19.6
(67.3)
21.6
(70.9)
24.4
(75.9)
27.1
(80.8)
29.1
(84.4)
29.2
(84.6)
28.5
(83.3)
26.5
(79.7)
23.7
(74.7)
20.3
(68.5)
23.9
(75.1)
Average low °C (°F) 16.2
(61.2)
16.5
(61.7)
17.5
(63.5)
19.5
(67.1)
22.3
(72.1)
25.2
(77.4)
26.9
(80.4)
27.0
(80.6)
26.3
(79.3)
24.5
(76.1)
21.8
(71.2)
18.2
(64.8)
21.8
(71.3)
Record low °C (°F) 8.6
(47.5)
8.2
(46.8)
9.9
(49.8)
12.0
(53.6)
15.9
(60.6)
20.0
(68.0)
22.5
(72.5)
23.4
(74.1)
20.8
(69.4)
18.2
(64.8)
14.8
(58.6)
10.8
(51.4)
8.2
(46.8)
Average precipitation mm (inches) 67.1
(2.64)
65.7
(2.59)
70.5
(2.78)
112.6
(4.43)
210.5
(8.29)
206.4
(8.13)
79.4
(3.13)
126.1
(4.96)
145.1
(5.71)
175.8
(6.92)
104.7
(4.12)
105.1
(4.14)
1 469
(57.83)
Average precipitation days (≥ 1.0 mm) 8.5 7.2 6.6 7.7 10.8 10.1 6.7 10.2 10.1 10.4 8.2 9.2 105.7
Source: Yaponiya Meteorologiya agentligi[2][3]

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]