Tayfun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
1980—2005 yy. Tinchokeanidagi tayfunlarning yoʻnalishlari zxemasi

Tayfun (xitoycha: 颱風 táifēng, yaponcha: 台風 (taifū) — „kuchli shamol“[1] qadimgi yunoncha: Τυφῶν — Tifon (shamol ramzi boʻlgan afsonaviy maxluq)[2]) — Tinch okeanining Janubi-sharqiy Osiyo va Uzoq Sharq (shuningdek, Filippin orollari va ulardan sharq tomonda joylashgan Guam orollari)da nihoyatda kuchli shamolli tropik siklonlarning mahalliy nomi. Tayfun koʻproq Yaponiya orollari, Xitoy qirgʻoqlari, Koreya yarimoroli qirgʻoqlarida yuz beradi; baʼzan Uzoq Sharqda Kamchatkagacha yetib keladi. Tezligi 30–50 km/soat (baʼzan 100 km/soat) gacha yetadi. Tayfun, koʻpincha, iyuldan oktabrgacha boʻladi. U dengizda katta toʻlqinlarni yuzaga keltiradi va 1000 mm ga yetadigan yogʻingarchilik olib keladi. Sharqiy Osiyoning qirgʻoq oʻlkalarida tayfunlar katta xarobaliklar, suv bosishi va boshqa falokatlarga sabab boʻladi.



Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. М. Р. Фасмер тайфун // Этимологический словарь русского языка. — М.: Прогресс. — 1964—1973.
  2. Тайфун // Толковый словарь русского языка / Под ред. Д. Н. Ушакова. — M.: Государственное издательство иностранных и национальных словарей, 1940. — Т. 4.