Kirsten Dunst

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Kirsten Dunst
Asl ismi Kirsten Caroline Dunst
Tugʻilgan paytidagi ismi Kirsten Caroline Dunst
Tavalludi sanasi 30-aprel 1982 (1982-04-30) (36 yosh)
Tavallud joyi Point Pleasant, New Jersey, AQSh
Fuqaroligi AQSh/Olmoniya
Kasbi aktrisa, qoʻshiqchi, model
IMDb ID 0000379

Kirsten Caroline Dunst (talaffuzi: Kirsten Kerolayn Danst; 30-aprel, 1982) amerikalik aktrisa, xonanda va modeldir. U 1989-yili Woody Allen'ning New York Hikoyalari antologiyasida debutlik qildi. 12 yoshida Dunst Vampir bilan intervyu (1994) filmida Claudia ismli vampirni oʻynab, eʼtibor qozondi, bu ijrosi uchun Oltin Globus mukofotiga nomzod etib koʻrsatildi. Oʻsha yili u shuningdek Kichik Ayollar filmida oʻynadi.

Dunst keng xalqaro shuhratga Oʻrgimchak-odam trilogiyasidagi (2002-07) Mary Jane Watson rolidan soʻng erishdi. Shundan keyin u Wimbledon (2004) romantik komediyasida, Begʻubor Ongning Abadiy Charaqlashi (2004) romantik ilmiy-taxayyulotida va Cameron Crowe'ning Elizabethtown (2005) tragikomediyasida ijro etdi. U Sofia Coppola'ning Marie Antoinette (2006) filmida bosh rolni oʻynadi va Doʻstlarni Qanday Yoʻqotish & Qanday Odamovi Boʻlish (2008) komediyasida qatnashdi. U 2011-yili Lars von Trier'ning Melanxoliya filmidagi roli uchun Cannes Film Festivalida Eng Yaxshi Aktrisa mukofotini oldi.

2001-yili Dunst Unut Buni filmida ilk bor qoʻshiq aytdi. U shuningdek Mushuk Miyovi (2001) filmi uchun ham jazz ashulasini kuyladi.