Tipratikanlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kirpilardan yoʻnaltirildi)
Tipratikanlar[1]
Biologik klassifikatsiya
Domen: Eukariotlar
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Turkum: Hasharotxoʻrlar
Oila: Tipratikanlar

Tipratikanlar, kirpilar (Erinaceidae) – hasharotxoʻr sut emizuvchilar turkumi oilasi. Oyoqlari koʻpchiligida 5 barmoqli; yuqori, baʼzan pastki kurak tishlari yirik, yirtqich tishlariga oʻxshash. Teri osti muskullari yaxshi rivojlangan; ular qisqarishi tufayli tipratikanlar gavdasi sharsimon shaklga kiradi. 12–15 turi maʼlum. Yevropa, Osiyo va Afrikada tarqalgan. Oʻzbekistonda 2 turi: quloqdor tipratikanlar, qora ignali tipratikanlar uchraydi. Quloqdor tipratikanlar (tanasi 15–19 sm, qulogʻi uzun, korni mayin oq jun bilan qoplangan) Oʻzbekistonning hamma hududlarida tarqalgan. Qora ignali tipratikanlar (tanasi 22–27 sm, dumi 23–37 mm, tikanlari 4 sm cha, peshonasi tikansiz) Oʻzbekiston janubida – Jizzax, Qashqadaryo, Buxoro, Surxondaryo viloyatlarida uchraydi. Qishki uyquga yotadi. Asosan, hasharotlar, shuningdek, mayda umurtqali hayvonlar (ilonlar), kamdan-kam oʻsimlik mahsulotlari bilan oziqlanadi.

Qishloq xoʻjaligi zararkunandalari – hasharotlarni yeb fonda keltiradi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Hutterer, R.. Family Erinaceidae, 3-, Johns Hopkins University Press, 2005 — 212–219 bet. ISBN 978-0-8018-8221-0. OCLC 62265494. 

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]