Kontent qismiga oʻtish

Kim Young-gwon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kim Young-gwon
Kim 2018 FIFA Jahon kubogida Janubiy Koreya
terma jamoasida oʻynamoqda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kim Young-gwon[1]
Tavallud sanasi 27-fevral 1990-yil (1990-02-27) (34 yosh)
Tavallud joyi Chonju, Jeonbuk, Janubiy Koreya
Boʻyi 1.85 m[2]
Ampluasi Markaziy himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Ulsan Hyundai
Raqami 19
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010 FC Tokyo 23 (0)
2011—2012 Omiya Ardija 40 (0)
2012—2018 Guangzhou Evergrande 91 (3)
2019—2021 Gamba Osaka 76 (1)
2022— Ulsan Hyundai 31 (0)
Milliy terma jamoa
2008—2009 Janubiy Koreya 20 yoshgacha 20 (2)
2009—2012 Janubiy Koreya 23 yoshgacha 23 (0)
2009 Janubiy Koreya Universiada 6 (0)
2009[3] Janubiy Koreya (futzal)
2010— Janubiy Koreya 95 (6)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 18-sentyabr uchun)

Kim Young-gwon (koreyscha: 김영권, hanja: 金英權, koreyscha talaffuzi: [ki.mjʌŋ.ɡwʌn] yoki [Kim.jʌŋ.ɡwʌn]; 1990-yil 27-fevralda tugʻilgan) — janubiy koreyalik professional futbolchi. Young-gwon Ulsan Hyundai va Janubiy Koreya milliy futbol jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Young-gwon Chonju shahrida tugʻilgan. U oʻrta maktabda oʻqib yurganida, unchalik maqtovga sazovor emas edi, chunki murabbiylar uning yengil harakatlarini kamchilik deb bilishgan. Milliy yoshlar terma jamoasi menejeri Hong Myung-bo jamoasi bilan suhbatlashish uchun Young-gwonning oʻrta maktabiga tashrif buyurganida, Young-gwon professional futbolchi boʻlish haqida oʻylashni boshladi[4].

Young-gwon Jeonju universitetida kollej futboli va futzal oʻynagan. 2009-yilda u Koreya futbol assotsiatsiyasining futzal ligasida ishtirok etib, chempion va eng yaxshi toʻpurarga aylandi. Young-gwonning futzaldagi faoliyati uning futboldagi texnikasiga katta yordam berdi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yilda Young-gwon J1 ligasi jamoasi FC Tokyoga qoʻshildi va professional faoliyatini boshladi[5]. U birinchi katta golini 2010-yil J. Liga kubogida Kyoto Sanga FCga qarshi oʻyinda toʻgʻridan-toʻgʻri jarima zarbasi orqali kiritdi. Birinchi mavsumidan soʻng Young-gwon Omiya Ardijaga oʻtdi[6], chunki Tokyo FC ligada 16-oʻrinni egallab, ikkinchi darajaga tushib ketdi.

2012-yilning iyul oyida Young-gwon Xitoy Super ligasi vakili Guangzhou Evergrandega oʻtdi[7]. U Guangzhou Evergrandening eng yaxshi davriga hissa qoʻshib, xorijlik futbolchining qadrini koʻrsatdi. Guangzhou Evergrande Young-gwon bilan dastlabki toʻrt yil davomida (2013—2016) ikkita AFC Chempionlar ligasidan tashqari toʻrtta chempionatning barchasida gʻalaba qozongan va Young-gwon ham har yili „Yil jamoasi“ uchun tanlangan. Biroq, jarohati va 2017-yildan beri CSLda Osiyo kvotasi olib tashlanganligi sababli Young-gwon Guangzhoudagi taʼsirini yoʻqotdi.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Young-gwonning birinchi xalqaro turniri Universiada kechgan edi. U 2009-yilgi yozgi Universiadada Janubiy Koreya Universiadasi jamoasi tarkibida o‘ynagan.

2009-yilgi FIFA 20 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Young-gwon Janubiy Koreyaning 20 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasining doimiy markaziy himoyachisi boʻlgan, guruhning soʻnggi, AQShga qarshi oʻyinda gol urgan va natijada Janubiy Koreya pley-off bosqichiga chiqqan.

Young-gwon shuningdek, futzal boʻyicha Janubiy Koreya terma jamoasi safida 2009-yilgi yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlarida ham ishtirok etgan.

Young-gwon Janubiy Koreyaning 23 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasi bilan 2010-yilgi Osiyo oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Keyinchalik u 2011-yilgi Osiyo kubogi uchun asosiy roʻyxatga kiritilgan, ammo Young-gwon yakuniy tarkibga tanlanmagan.

2012-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarida Janubiy Koreyaning futbol boʻyicha olimpiya terma jamoasi futbol boʻyicha birinchi Olimpiada medalini qoʻlga kiritib, uchinchi oʻrinni egalladi. Young-gwon bronza medali sohiblari orasida eʼtiborga molik futbolchi sifatida koʻrsatildi.

Young-gwon Janubiy Koreya terma jamoasining 2014-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati oʻyinlari uchun tarkib aʼzosi bo‘lgan va jamoaning barcha guruh o‘yinlarida maydonga tushgan. Janubiy Koreya Rossiya bilan durang oʻynadi, guruh bosqichida Jazoir va Belgiyaga magʻlub boʻldi[8]. Young-gwonning himoyasi bu safar yaxshi chiqmadi, ayniqsa jazoirlik futbolchilarga qarshi yaxshi oʻyin koʻrsatmagan.

2015-yil AFC Osiyo kubogida Young-gwon 2015-yilning 26-yanvarida Janubiy Koreya terma jamoasi Iroq terma jamoasini 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgan oʻyinda ikkinchi golni urdi va bu mamlakat terma jamoasini 1988-yildan beri birinchi marta Osiyo kubogi finaliga olib chiqdi[9]. Biroq, Janubiy Koreya finalda Avstraliyaga yutqazib, kubokni qoʻlga kirita olmadi.

Young-gwon Janubiy Koreya terma jamoasining 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati uchun terma jamoasiga kiritildi. U toʻrt yil avvalgidan farqli oʻlaroq ajoyib oʻyin koʻrsatdi va Janubiy Koreya himoyachilarining buyuk yetakchisiga aylandi[10]. Qolaversa, guruhning soʻnggi, Germaniyaga qarshi oʻyinida Young-gwon 91-daqiqada amaldagi jahon chempionlarini nokautga uchratdi va bir necha daqiqadan soʻng Son Heung-min ikkinchi golni urdi[11].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilda Young-gwon Pak Se-jin bilan turmush qurdi. Young-gwon va Pakning uchta farzandi, bir qizi va ikki o‘g‘li bor. Young-gwon ikki katta farzandi bilan "The Return of Superman" filmining bir nechta epizodlarida mehmon sifatida ishtirok etgan[12][13].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 18-sentabr holatiga koʻra[14][15]:
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Kontinental Boshqa Jami
Divizion Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
FC Tokyo 2010 J1 liga 23 0 2 0 6 1 31 1
Omiya Ardija 2011 J1 liga 27 0 0 0 2 1 29 1
2012 J1 liga 13 0 0 0 3 1 16 1
Jami 40 0 0 0 5 2 45 2
Guangzhou Evergrande 2012 Xitoy Super ligasi 7 0 4 0 2 0 13 0
2013 Xitoy Super ligasi 26 2 4 0 14 0 4 0 48 2
2014 Xitoy Super ligasi 16 1 0 0 9 0 0 0 25 1
2015 Xitoy Super ligasi 18 0 0 0 11 0 3 0 32 0
2016 Xitoy Super ligasi 15 0 2 0 4 0 1 0 22 0
2017 Xitoy Super ligasi 4 0 5 0 2 0 0 0 11 0
2018 Xitoy Super ligasi 5 0 0 0 8 0 0 0 13 0
Jami 91 3 15 0 50 0 8 0 164 3
Gamba Osaka 2019 J1 liga 32 1 1 0 3 0 36 1
2020 J1 liga 28 0 2 0 1 0 31 0
2021 J1 liga 16 0 0 0 0 0 4 0 20 0
Jami 76 1 3 0 4 0 4 0 87 1
Ulsan Hyundai 2022 K liga 1 31 0 0 0 5 0 36 0
Faoliyati jami 261 4 20 0 15 3 59 0 8 0 363 7

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 23-sentabr holatiga koʻra[16]:
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Janubiy Koreya 2010 2 0
2011 5 1
2012 1 0
2013 10 0
2014 11 0
2015 14 1
2016 2 0
2017 4 0
2018 14 1
2019 15 0
2021 7 1
2022 10 2
Karyera jami 95 6
Kim Young-gwon tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
No. Sana Joy Qopqoq Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2011-yil 3-iyun Seoul World Cup stadioni, Seul, Janubiy Koreya 4  Serbiya 2-0 2-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
2 2015-yil 26-yanvar Australia stadioni, Sidney, Avstraliya 33  Iroq 2-0 2-0 2015 Osiyo kubogi
3 2018-yil 27-iyun Kazan Arena, Qozon, Rossiya 56  Germaniya 1-0 2-0 2018 FIFA Jahon chempionati
4 2021-yil 5-iyun Goyang stadioni, Goyang, Janubiy Koreya 80  Turkmaniston 3-0 5-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
5 2022-yil 24-mart Seoul World Cup stadioni, Seul, Janubiy Koreya 90  Eron 2-0 2-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
6 2022-yil 14-iyun Seoul World Cup stadioni, Seul, Janubiy Koreya 94  Misr 2-0 4-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jeonju universiteti

  • Koreya FA Futzal ligasi: 2009

Guangzhou Evergrande

Gamba Osaka

  • Emperor’s Cup 2-oʻrin: 2020

Janubiy Koreya U23

Janubiy Koreya

Individual

  • Koreya FA Futzal ligasining „Eng yaxshi toʻpurar“i: 2009
  • Xitoy Super ligasining „Eng yaxshi jamoa“si: 2013, 2014, 2015, 2016[17][18][19][20]
  • EAFF chempionatining „Eng yaxshi himoyachi“si: 2015[21]
  • Osiyo Chempionlar ligasi „Orzudagi jamoa“: 2015[22]
  • Koreya FA „Yilning eng yaxshi futbolchisi“: 2015[23]
  • J1 ligasi „Muxlislarining eng yaxshi oʻyinchisi“: 2020[24]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „FIFA U-20 World Cup Egypt 2009™: List of Players: Korea Republic“. FIFA (2009-yil 6-oktyabr). 2009-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „2018 FIFA World Cup: List of players“. FIFA (2018-yil 7-iyul). 2018-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „ko:홍명보호 수비수, 풋살 대표팀 공격수로 뜁니다“ (ko). No Cut News (2009-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 9-mart.
  4. „[축사부일체⑧스승이 주선한 김영권-홍명보의 만남, 7년 뒤 그들은“] (ko). The Chosun Ilbo (2014-yil 21-may).
  5. „キム ヨングン選手 加入決定のお知らせ“ (ja). FC Tokyo (2010-yil 25-yanvar). 2010-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „金英權選手、FC東京より完全移籍加入のお知らせ“ (ja). Omiya Ardija (2010-yil 31-dekabr). 2011-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „韩国外援金英权正式加盟广州恒大足球俱乐部“ (zh). Guangzhou Evergrande (2012-yil 2-iyul). 2012-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-sentyabr.
  8. „5 KIM Younggwon“. FIFA. 2014-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-yanvar.
  9. „Korea Republic marches into Asian Cup final“. The World Game (2015-yil 26-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 25-yanvar.
  10. „[월드컵 브라질서 고개 숙였던 김영권, 러시아서 완성한 역전 드라마“] (ko). News1 (2018-yil 28-iyun). Qaraldi: 2022-yil 19-yanvar.
  11. „Revealed: Every World Cup 2018 squad - 23-man & preliminary lists & when will they be announced?“. Goal. Qaraldi: 2018-yil 18-may.
  12. „[단독'김영권♥' 아내 박세진 "남편은 가정적이고 따뜻한 사람"(인터뷰②)“] (ko). The Chosun Ilbo (2020-yil 23-mart).
  13. „'슈퍼맨이 돌아왔다' 김영권 가족의 '막내 탄생기' 공개“ (ko). The Dong-A Ilbo (2021-yil 17-yanvar).
  14. „zh:金英权“ (zh). Sodasoccer. 2020-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-aprel.
  15. „KIM YOUNG-GWON“. Soccerway. Qaraldi: 2018-yil 18-aprel.
  16. „Kim Young-gwon at Korea Football Association“ (ko). KFA. Qaraldi: 2022-yil 1-fevral.
  17. „2013中超官方最佳阵容:恒大7人 鲁能国安各有2将“ (zh). Sina Sports (2013-yil 24-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 11-mart.
  18. „2014中超最佳阵容:埃尔克森郑智领衔 恒大四将入选“ (zh). Qianzhan.com (2014-yil 7-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 11-mart.
  19. „2015中超颁奖:高神MVP野牛金靴 斯帅最佳教练“ (zh). Sohu Sports (2015-yil 10-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 11-mart.
  20. „2016中超颁奖:高拉特金球金靴 恒大狂揽九奖项“ (zh). Sohu Sports (2016-yil 5-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 11-mart.
  21. „EAFF East Asian Cup 2015 & EAFF Women's East Asian Cup 2015 Competition“. EAFF. Qaraldi: 2020-yil 11-mart.
  22. „The ACL2015 Dream Team“. AFC Champions League (2015-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 11-mart.
  23. „2019 KFA 시상식 개최...손흥민-지소연 올해의 선수“ (ko). KFA (2019-yil 19-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 19-dekabr.
  24. „ファン・サポーターが選ぶベストイレブンが決定!【J1】“ (ja). J.League (2020-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 2-yanvar.