Kim Il-sung

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kim Il-sung
Tavalludi 15-aprel 1912[1][2]
Vafoti 8-iyul 1994[1][2]
Fuqaroligi KXDR
Otasi Kim Hyŏng-jik
Onasi Kang Pan-sŏk

Kim Ir Sen (taxallusi; koreyscha "Koʻtarilayotgan Quyosh" maʼnosida, haqiqiy ismi Kim Son Chju) (1912.15.4 —Mangende qishlogʻi, Pxenyan shahri yaqinida — 1994.8.7, Pxenyan) — Koreya siyosiy arbobi. Koreya Mehnat partiyasi (KMP) MK Bosh kotibi (1966-yildan, 1949—66 yillarda KMP MK raisi), KXDR prezidenta (1972-yildan). Qishloq oʻqituvchisi oilasida tugʻilgan. Bu oila 1920 (yoki bir yil avval) Xitoyga, Manchjuriyaga koʻchib bordi. K. I. S bu yerda yashirin marksistik toʻgarakka kirdi, bir necha oy qamoqda yotdi. Ozodlikka chiqqach, yapon bosqinchilariga qarshi kurashish maqsadida partizan otryadlaridan biriga qoʻshildi. 1932-yildan keyingi hayoti butunlay partiyaviy-siyosiy ishlar bilan bogʻliqdir. KXDRda saqlanib kelayotgan bir partiyali tizimda K. I. S shaxsiga sigʻinish avj olgan. U "chuchxe"— oʻziga xoslik gʻoyalari asosida qurilgan "er yuzidagi jannat" (koreys tipidagi sotsializm) deb atalmish jamiyatning bunyodkori sifatida ulugʻlangan. Jasadi Pxenyan shahridagi "Kimsusan" maqbarasiga qoʻyilgan.[3]koreya xalqi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)
  3. Oʻz. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil