Kesadilya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kesadilya

Kesadilya (ispancha: quesadilla; queso — „pishloq“ va tortilla — „tortilya“) — pishloq bilan toʻldirilgan bugʻdoy yoki makkajoʻxori tortilyadan iborat Meksika oshxonasining taomlaridan biri.

Kesadilya tayyorlash uchun tortilya ikkiga qatlanadi pishloq bilan toʻldirilgan va issiqda qovuriladi yoki frityurda pishloq erigunicha qovuriladi. Anʼanaga koʻra, kesadilya faqat pishloq pishloq bilan toʻldiriladi. Bundan tashqari, goʻsht, chorizo, sabzavot, qoʻziqorin, kartoshka va boshqa maxsulotlar bilan toʻldirish mumkin. Sabzavotli salat, guakamol, Chilli qalampir, koriander va salsa taom uchun keng tarqalgan garnir sifatida tortilishi mumkin.

Kesadillaning bir varianti bor, unda sendvich kabi oʻrtasida toʻldirilgan ikkita tortilna ishlatiladi. Taom boʻlaklarga kesilgan holda tortiladi va „sinkronisada“ deb ataladi.

Quesadilla syncronisada qoʻzichoq bilan

Burrito, chimichanga, enchilada — shunga oʻxshash taomlardan tortiliyaning asosiy farqi, tortiliya ikkiga buklandi va toʻldiriladi, oʻralmaydi.

AQShda, asosan, kesadilya ayniqsa mashhur boʻlgan Janubiy Shtatlarda Meksika uchun xos boʻlmagan juda koʻp sonli kesadilya turlari mavjud: tortilyalar qora xamirdan tayyorlanadi, dengiz mahsulotlari bilan toʻldiriladi, echki sutidan tayyorlangan pishloq qoʻshiladi.

Turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kesadilyalar turli hodisalar uchun oʻzgartirildi. Mexiko shahrida kesadilya pishliqsiz boʻlishi mumkinmumkin[1]. Amerika Qoʻshma Shtatlarida koʻplab restoranlar ularni oʻziga xos turlarini aperativ sifatida tortishadi[2]. Baʼzi variantlarda echki sutidan tayyorlangan pishloq, qora loviya, ismaloq, tsukini yoki tofu ishlatiladi[3]. Kesadilya maxsulotlari va tayyorlash texnikasini pitsa toʻplami bilan birlashtirgan varianti „pizzadilya“ deb taʼriflangan[4][5].

Hatto shokolad, iris, karamel va turli mevalar kabi mahsulotlardan tayyorlangan shirin kesadilyalar ham mavjud[6].

Nonushta uchun, shuningdek, tuxum, pishloq va bekon kabi mahsulotlardan foydalanib, kesadilya tayyorlanadi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Taco
  • Kystyby (shunga oʻxshash tatar, boshqird va chuvash taomlari)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Naomi Tomky. „Where there’s no queso in quesadilla“ (en). www.bbc.com. 2022-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-yanvar.
  2. Shulman, Martha Rose. „"Black Bean and Goat Cheese Quesadilla"“. The New York Times (2011). 2015-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-iyul. (Wayback Machine saytida 2015-10-26 sanasida arxivlangan)
  3. Martha Rose Shulman. „Spinach and Goat Cheese Quesadillas Recipe“ (en). NYT Cooking. 2020-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-iyul.
  4. Munk, Naaman Zhou explained it to David. „What is this chicken-stuffed deep-fried pizzadilla and why is it all over the internet?“. The Guardian (2019-yil 26-avgust). 2020-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-iyul.
  5. „Pizzadilla“ (en). BBC Good Food. 2020-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-iyul.
  6. James P. DeWan. „How to put anything you can think of into a quesadilla“. chicagotribune.com. 2020-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-iyul.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]