Kean Bryan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kean Bryan
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kean Shay Bryan[1]
Tavallud sanasi 1-noyabr 1996-yil (1996-11-01) (27 yosh)[2]
Tavallud joyi Manchester, Angliya
Boʻyi 1.85 m
Ampluasi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
West Bromwich Albion
Raqami 23
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2008—2014 Manchester City
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2018 Manchester City 0 (0)
2016—2017Bury (ijara) 12 (0)
2017—2018Oldham Athletic (ijara) 32 (2)
2019—2021 Sheffield United 13 (1)
2020Bolton Wanderers (ijara) 6 (1)
2021 West Bromwich Albion 3 (0)
Milliy terma jamoa
2012

Angliyaning 16 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
4 (1)
2012—2013

Angliyaning 17 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
7 (2)
2014

Angliyaning 19 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
1 (0)
2016—2017

Angliyaning 20 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 9-may uchun)

Kean Shay Bryan (talaffuzi: Kin Shay Brian) (1996-yil 1-noyabrda tugʻilgan) — angliyalik futbolchi. Kean Bryan Angliya chempionati vakili „West Bromwich Albion“ futbol klubida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manchester City[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kean Bryan oʻz faoliyatini 11 yoshida "Manchester City" futbol klubining yoshlar jamoasida boshlagan. Bu yerda Kean Bryan yarim himoyachi pozitsiyasidan markaziy himoyachi pozitsiyaga oʻtgan[3].

2016-yil 31-avgustda Kean Bryan 2016—2017-yilgi mavsumning qolgan qismi uchun ijara asosida „Bury“ futbol klubi jamoasiga qoʻshildi[4]. Kean Bryan 3-sentyabr kuni Angliya futbol ligasi doirasida „Port Vale“ futbol klubi ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda Niall Maher oʻrniga 71-daqiqada maydonga tushib oʻzining ilk oʻyinini oʻtkazdi[5].

2017-yilning 31-avgustida Kean Bryan 2018-yil yanvarigacha „Oldham Athletic“ futbol klubi safiga ijaraga berildi[6]. 2018-yil 17-may kuni Kean Bryan klubning yillik taqdirlash marosimida „Oldham Athletic“ futbol klubida mavsumning eng yaxshi yosh oʻyinchisi sovrinini qoʻlga kiritdi[7].

Sheffield United[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilning 2-avgustida Kean Bryan „Sheffield United“ futbol klubi safiga bepul transfer orqali qoʻshildi va uch yillik shartnoma imzoladi. Shartnomaga sotish bandi kiritilgan edi[8]. Kean Bryan 2020-yil 30-yanvarda „Bolton Wanderers“ futbol klubi bilan olti oylik ijara shartnomasi imzoladi[9].

West Bromwich Albion[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 7-sentyabrda Kean Bryan „West Bromwich Albion“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[10]. Kean Bryan 2021-yilning 3-noyabrida „ Hull City“ futbol klubi bilan boʻlib oʻtgan oʻyinda (1:0) jarohat olib, mavsumning qolgan qismida safdan chiqqan edi[11].

Oʻyin uslubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Markaziy himoyachi yoki yarim himoyachi sifatida harakat qila oladigan Kean Bryan oʻzining maydonni koʻra olish qobiliyati va toʻpni aniq uzatish qobiliyati, shuningdek, uzoq masofadan zarbalar berish va penaltini aniq amalga oshira olishi bilan ajralib turadi[3].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kean Bryan 2016-yildan beri aktrisa Brooke Vincent bilan yaqin munosabatda boʻlib kelgan. Kean Bryan va Brooke Vincentning 2019-yil oktyabr va 2021-yil may oylarida tugʻilgan ikkita oʻgʻillari bor[12]. Kean Bryanning onasi 2020-yil iyun oyida vafot etgan[13].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Angliya kubogi Liga kubogi Boshqa Jami
Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Manchester City 2016—2017 Angliya Premer-ligasi 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Bury (ijara) 2016—2017 Birinchi liga 12 0 0 0 1 0 0 0 13 0
Oldham Athletic (ijara) 2017—2018 Birinchi liga 32 2 1 0 0 0 3 0 36 2
Sheffield United 2018—2019 Angliya chempionati 0 0 1 0 0 0 0 0 1 0
2019—2020 Angliya Premer-ligasi 0 0 1 0 2 0 0 0 3 0
2020—2021 Angliya Premer-ligasi 13 1 2 0 0 0 0 0 15 1
Jami 13 1 4 0 2 0 0 0 19 1
Bolton Wanderers (ijara) 2019—2020 Birinchi liga 6 1 0 0 0 0 0 0 6 1
Umumiy 61 4 3 0 4 0 3 0 71 4

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Squads for 2016/17 Premier League confirmed“. Premier League (1-sentabr 2016-yil). Qaraldi: 11-sentabr 2016-yil.
  2. „Kean Bryan“. 11v11. Qaraldi: 16-aprel 2016-yil.
  3. 3,0 3,1 Nelson, Craig. „Bury clinch loan deal for young Manchester City defender Kean Bryan“. Bury Times (1-sentabr 2016-yil). Qaraldi: 3-sentabr 2016-yil.
  4. „Manchester City's Kean Bryan and Bolton's Tom Walker join Bury on loan“. BBC Sport (31-avgust 2016-yil). Qaraldi: 3-sentabr 2016-yil.
  5. „Bury v Port Vale“. BBC Sport (3-sentabr 2016-yil). Qaraldi: 3-sentabr 2016-yil.
  6. „SIGNING: Latics Loan Manchester City Youngster“. Oldham Athletic (31-avgust 2017-yil). Qaraldi: 31-avgust 2017-yil.
  7. „Believe & Achieve Young Player Of The Season Announced“ (en-gb). Qaraldi: 17-may 2018-yil.
  8. „Bryan signs“. Sheffield United F.C. (2-avgust 2018-yil). Qaraldi: 2-avgust 2018-yil.
  9. „Kean Bryan signs for Wanderers“. Bolton Wanderers F.C. (30-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 30-yanvar 2020-yil.
  10. „Baggies Sign Kean Bryan“. West Bromwich Albion FC. Qaraldi: 7-sentabr 2021-yil.
  11. „Bryan Ruled Out With ACL Injury“. West Bromwich Albion. Qaraldi: 10-noyabr 2021-yil.
  12. Meechan, Lauren. „Brooke Vincent baby: Coronation Street star gives birth to first child with Kean Bryan“. Daily Express (28-oktabr 2019-yil). Qaraldi: 30-mart 2021-yil.
  13. Burke, Darren. „'Fly high mum, I love you': Sheffield United star's touching tribute as mum dies“. The Star (26-iyun 2020-yil). Qaraldi: 30-mart 2021-yil.