Kaykovus arigʻi
Jump to navigation
Jump to search
Kaykovus arigʻi Hazrati Imom majmuasi yaqinda
Kaykovus arigʻi, Kalkovuz - Toshkent shahrida gi qadimgi kanal, Boʻzsuvning oʻng tarmogʻi. 6—7-asrlarda Boʻzsuv kanali kattalashtirilib, undan Kaykovus arigʻi chiqarilgan va Qoraqamish jarligigacha yetkazilgan.
Muhammad Solihning "Tarixi jadidai Toshkand" asarida Boʻzsuv ham Kaykovus arigʻi deyilgan. Hofiz Tanish Buxoriyning "Abdullanoma" ("Sharafnomai shoxiy") asarida 16-asrda Kaykovus arigʻi boʻyida (shahar qoʻrgʻoni tashqarisida) "Kaykovus bogʻi" boʻlganligi va bogʻda Toshkent sultonlari yashaganligi aytiladi. Hozirgi K. Shayxontohur GESning yuqori byefidan boshlanadi, uz. 5,12 km, suv oʻtkazish imkoniyati 20 m³/s. Sobir Raximov va Shayxontohur tumanlari hududidan oqib oʻtadi.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() |
Vikiomborda Kaykovus arigʻi haqida turkum mavjud |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |