Katta Hisor kanali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Katta Hisor kanali - Hisor vodiysidagi kanal. Tojikiston va qisman Oʻzbekiston hududidan oʻtadi. 1938— 42 yillari qurilgan. Uz. 50 km. Suv sarfi 68 m1/s. Tojikistonda 9,4 ming ga, Oʻzbekistonning Surxondaryo viloyati Denov tumanida 10 ming ga yerni sugʻoradi. Kanal orqali Varzob daryosi suvi Qoratogʻ daryosiga oqadi. 70 ga yaqin gidrotexnika inshooti bor. Kanalning yirik shoxobchalari: suv sarfi 2 dan 6 m³/s gacha boʻlgan Govkush, Chorakoron, Kampirqalʼa, Hisor, Yangiobod, Oyim. Kanalga qurilgan toʻgʻondan bevosita Dushanba shoxobchasi (uz. 2,5 km, suv sarfi — 10 m³/s) boshlanadi, undan Alachabof kanaliga suv beriladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil