Katarina Gerboldt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Katarina Gerboldt
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Katarina Gerboldt
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Boʻyi 163
Oldingi sheriklari Aleksandr Enbert
Shaxsiy rekordlari
Umumiy natija 169.95
Qisqa dastur 57.50
Erkin dastur 112.45

Katarina Aleksandrovna Gerboldt (ruscha: Катарина Александровна Гербольдт; 1989 -yil 28-mart, Leningrad, SSSR) — ayollar oʻrtasida yakka holda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan rossiyalik figurali uchuvchi. 2008-yildaoʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempioni, 2009-yilda Rossiya chempionati bronza medali sovrindori boʻlgan. 2010-yilningbahoridan 2014-yilgacha sherigi Aleksandr Enbert bilan juftlikda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan. Katarina Rossiyaning xalqaro toifadagi sport ustasi[1]. U 2015-yilda faoliyatini yakunlagan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Katarina Gerboldt 2008—2009-yilgi mavsumda Gran-Pri seriyasining „Rossiya kubogi“ va „NHK Trophy“ bosqichlarida qatnashishi eʼlon qilingan, ammo kasalligi tufayli[2] Moskvada ishtirok eta olmagan, Yaponiyada esa 12-oʻrinni egallab, yahshi natija koʻrsatmagan. 2009-yilgi Rossiya chempionatida uchinchi oʻrinni egallagan. Birinchi va ikkinchi oʻrinlarni egallagan Adelina Sotnikova va Yelizaveta Toʻxamisheva Xalqro konkida uchish ittifoqining yosh cheklovlari tufayli xalqaro musobaqalarda qatnasha olmaganligi sababli, Katarina Yevropa chempionatida ishtirok etishi uchun Rossiya terma jamoasiga kiritilgan (bu chempionat uchun jami Rossiyada ayollar oʻrtasida konkida uchish boʻyicha ikkita vakillik bor edi). Ozining ilk Yevropa chempionatida yaxshi natija koʻrsatib, oltinchi oʻrinni egallagan[3]. Katarina 2009-yil may oyida Tatyana va Aleksey Mishin murabbiyligidan ketib, Moskvaning CSKA klubida ishlaydigan Svetlana Sokolovskaya murabbiylida mashq qila boshlagan[4].

Katarina 2010-yilgi milliy chempionatda muvaffaqiyatsiz ishtirok etdi, bor-yoʻgʻi 9-oʻrinni egallagani sabab terma jamoaga kiritilmadi. Keyin Tverda boʻlib oʻtgan Rossiya kubogi finalida ikkinchi oʻrinni egallab, juftlikda konkida uchishga oʻtishga qaror qildi. U Sankt-Peterburgda Tamara Nikolayevna Moskvina guruhida sherigi Aleksandr Enbert bilan mashq qiladi[5]. 2011-yilgi Rossiya chempionatida juftlik tajribaliroq Ilyushechkin / Maisuradze juftligini ortda qoldirib, 4-oʻrinni egalladi.

2012-yilda Katarina mashgʻulotlarda jiddiy jarohat oldi. Shu sababli, juftlik Gran-pri bosqichlaridan voz kechishdi va 2012—2013-yilgi mavsumning birinchi yarmidagi barcha musobaqalarni, shu jumladan Rossiya chempionatini oʻtkazib yuborishdi[6].

2014-yil may oyida Aleksandr Enbert Nina Mixaylovna Moser guruhiga oʻtdi.

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Juftlikda konkida uchish[tahrir | manbasini tahrirlash]

(A. Enbert bilan)

Musobaqalar/mavsum 2010 — 2011 2011 — 2012 2013 — 2014
Yevropa chempionati 4
Rossiya chempionati 4 4 7
Gran-pri bosqichlari: Rossiya kubogi 4 5
Coupe Internationale de Nice 1 2

Yakkalik konkida uchish natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musobaqalar/mavsum 2004 — 2005 ㅤ 2005 — 2006 ㅤ 2006 — 2007 ㅤ 2007 — 2008 ㅤ 2008 — 2009 ㅤ 2009 — 2010 ㅤ
Jahon chempionatlari 26
Yevropa chempionati 6
Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati 10 9
Rossiya chempionati 15 5 12 4 3 9
Oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempionati 9 1
Gran-pri bosqichlari: NHK Trophy 12
Gran-pri bosqichlari: Rossiya kubogi 10 10
„Finlandia Trophy“ turnirlari 9 6
Zagrebning Oltin Skate 3 WD 3
Qishki Universiada 11 5
„Triglav Trophy“ turniri 2J
NRW Trophy 2

J = oʻsmirlar darajasi; WD = musobaqadan chiqib ketdi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]