Kontent qismiga oʻtish

Kasbi (shaharcha)

Koordinatalari: 38°57′0″N 65°24′0″E / 38.95000°N 65.40000°E / 38.95000; 65.40000
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kasbi
ruscha: Касби
Shaharcha
38°57′0″N 65°24′0″E / 38.95000°N 65.40000°E / 38.95000; 65.40000
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Kasbi tumani
Qachondan beri shaharcha 2009
Rasmiy til(lar)i oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5
Pochta indeks(lar)i 180600[1]
Kasbi ruscha: Касби xaritada
Kasbi ruscha: Касби
Kasbi
ruscha: Касби

Kasbi (ruscha: Касби) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Kasbi tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan[2]. Kasbi shaharchasi Kasbi tumanining maʼmuriy markazi hisoblanadi.

Kasbi tumani 1970-yilda tashkil etilgan. Kasbi shaharchasi avvaliga qishloq boʻlib, aholi soning oshganligi sababli ham 2009-yilda shaharcha maqomini olgan.

Oʻrta asrlarda asarb solnomachi sayyohlaridan Istahriy, Somoniy, Yaqut al-Hamaviy asarlarida kasba, Bezda — Bazda — Bezdava (hozirli Fazli) singari yirik qishloq nomlari tilga olinadi. Arman manbalarida esa hudud nomi Kazbion shaklida qoʻllanilib kelingan. Ularda muqaddas hudud hajmi kattaligiga koʻra Kasbi hatto Nasaf shahridan ham katta ekanligi aytib oʻtiladi. Kasbi nomi vaqf hujjatlarida ham uchraydi.

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kasbi nomiga qasaba (a) soʻzi asos boʻlgan degan taxminlar mavjud. Mazkur soʻzning ikki xil turdagi maʼnosi bor. Bu soʻz XX — XIX asrlarda tojik xalqlari orasida qoʻllangan. Asosan katta qishloq, kichik shahar sifatida qoʻllangan. Bu soʻzning ikkinchi maʼnosi gʻarov, qamish hisoblanadi. Shunga koʻra, hududning ayni Qashqadryo daryosining quyi qismlarida qamishzor hududlarida joylashganligini asos qilish mumkin. Lekin katta qishloq va kichik shaharcha maʼnosi ancha asosli va ishonchli hisoblanadi[3].

Kasbi shahrining iqlimi keskin kontinental boʻlib, yozi quruq, issiq va uzoq davom etadi. bahor va kuz oylarida yogʻin u qadar koʻp kuzatilmaydi. yanvarning oʻrtacha harorati 0° darajani, iyulniki esa 28.2-31.6° darajani tashkil qiladi.

Yogʻin miqdori

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharcha hududida yogʻin miqdori juda oz. Yillik oʻrtacha 58-60 kun davomidagina yogʻin kuzatiladi. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 270 mm ni tashkil etadi. Ammo baʼzi yillari 310-320 mm gacha yogʻin tushgani aniqlangan.

Kasbi shahrida 2-sonli kasb hunar maktabi, doʻkonlar, bitta xususiy korxona faoliyat yuritadi. Shaharchaga eng yaqin aholi yashash punktlari sharqda Jizza, shimolda Doʻrmon, gʻarbda Xoʻjakasbi, shimolda Kulqishloq hisoblanadi.