Kartoshka shoʻrva
Kartoshkali shoʻrva – asosiy tarkibiy qismi kartoshka boʻlgan shoʻrva. Kartoshka shoʻrva goʻshtli, baliqli va vegetariancha tayyorlanadi, baʼzi retseptlarida yorma, makaron yoki un mahsulotlari qoʻshiladi[1].
Rossiyada kartoshka shoʻrva, ehtimol, kambagʻal oilalarning eng mashhur ovqati boʻlgan, uni noʻxat, shovul, loviya va qoʻziqorin bilan tayyorlangan[2]. Kartoshka shoʻrva – Avstriya oshxonasi va nemis oshxonasida anʼanaviy taom boʻlib, quyuq shoʻrva kartoshkali ayntopf deb ataladi. Chexiya oshxonasida bramborachka kartoshka shoʻrvasi birinchi tortiladigan taomlarning eng asosiysi hisoblanadi[3][4].
Kartoshka shoʻrva retseptlari mintaqaga qarab farq qiladi. Odatda, kartoshka sabzi, selderey va piyoz kabi boshqa sabzavotlar bilan birga shoʻr suv yoki bulyonda qaynatiladi. Kartoshka shoʻrvasidagi sabzavotlar mavsumga qarab olinadi. Kartoshka pishgach, kartoshkaezgich bilan undan pyure qilinadi. Retseptga qarab, kartoshka shoʻrvasiga shpik kubchalari, qovurilgan piyoz va yangi petrushka qoʻshiladi. Boshqa oʻtlar, qalampir va qora murch ham ziravorlar sifatida ishlatiladi. Kartoshka shoʻrva koʻpincha boksvurt, Vena sosiskalari, teftel, jigar, ovchilik va boshqa kolbasa turlari, shuningdek, shoʻrvaga uvatilgan non yoki bulkalar bilan tortiladi.
Shimoliy Germaniyada bir oz boshqacha retseptlardagi kartoshka shoʻrva standart uy taomi hisoblanadi. Meklenburg kartoshka shoʻrvasi „olxoʻri bilan kartoshka“ deb ataladi, unga sabzavotlardan tashqari, kassel yoki bekon va olxoʻri qoʻshiladi. Shirin qoʻshimchali shoʻrtak kartoshka shoʻrvasining bunday oʻziga xos taʼmini Meklenburgdan tashqari Shlezvig-Golshteyndada ham sevishadi. Baden oshxonasida, ayniqsa, Janubiy Baden va Oʻrta Yuqori Reynda kartoshka shoʻrva olxoʻri mavsumida dehqoncha uslubda olxoʻri pirog bilan isteʼmol qilinadi[5]. Pfalse va Saarda kartoshka shoʻrva ham olxoʻri pirog, ham kleski bilan isteʼmol qilinadi. Svabiyaning baʼzi joylarida kartoshka shoʻrvasi olma pirogi bilan isteʼmol qilinadi. Ingredientlarning uzoq roʻyxatini talab qiladigan, murakkab kartoshka shoʻrva Kayzer Vilgelm II[6] sharafiga nomlangan.
2009-yilgi saylov kampaniyasi paytida Federal kansler Angela Merkel RTL kanalida kartoshka shoʻrvasini qanday pishirishni bilishini va haqiqiy ayntopfni sevishini aytib berdi[7][8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ В. Д. Андросова 1986.
- ↑ Е. М. Величко 1992.
- ↑ Васюкова А. Т. „Чешская и словацкая кухня“, . Технология кулинарной продукции за рубежом: Учебник для бакалавров, 1000 экз, М.: Издательско-торговая корпорация «Дашков и К°», 2015 — 357-bet. ISBN 978-5-394-02237-1.
- ↑ „Суп — это основа“, Чешская кухня. CzechTourism, 2012 — 4-bet.
- ↑ Die Welt: U kartofelnogo supa so slivovim pirogom est traditsiya(olm.)
- ↑ Leipziger Zeitung: Luchshie resepti iz Brandenburga: po sledam Fontane cherez pyat razlichnix kuxon(olm.)
- ↑ Der Spiegel: Klassicheskiy kartofelniy sup(olm.)
- ↑ Die Welt: Vsyo, chto vi xoteli znat o kartofelnom supe
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- В. Д. Андросова, Т. И. Захарова „Супы картофельные“, . Супы, 100000 экз, Библиотечка повара, М.: Экономика, 1986 — 93—101-bet.
- Величко Е. М. и др. „Супы картофельные“, . Русская народная кухня, 100000 экз, М.: Агропромиздат, 1992 — 118—120-bet. ISBN 5-10-0000-31-7.
- Erhard Gorys. Kartoffelsuppe // Das neue Küchenlexikon. Von Aachener Printen bis Zwischenrippenstück. – München: Deutscher Taschenbuch Verlag, 1997. – S. 265. – 599 S. – ISBN 3-423-36008-9.
- Charles Sinclair. Kartoffelsuppe // Dictionary of Food: International Food and Cooking Terms from A to Z. – Second Edition. – London: A & C Black, 2004. – P. 309. – 632 p. – ISBN 978-1-4081-0218-3.