Saarland

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Deutschland Lage des Saarlandes.svg

Saar Olmoniya yerlaridan biridir. Poytaxti - Saarbrücken. Maydoni - 2 568,7 km2. 1 030 324 nafar aholi istiqomat qiladi (2008).

Saar — Olmoniya yeri. Mamlakatning gʻarbiy qismida, Saar va Mozel daryolari havzasida. Fransiya va Lyuksemburg bilan chegaradosh. Mayd. 2570 km2. Aholisi 1,06 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Saarbryukken sh. S. — mamlakatning sanoati rivojlangan yerlaridan. Iqtisodiy faol aholining yarmidan ortigʻi sanoatda band. Yetakchi sanoat tarmogʻi — ogʻir sanoat (xususan, toshkoʻmir, k,. Caap-Lotaringiya kumir havzasi) va metallurgiya. Shuningdek, umumiy mashinasozlik, elektrotexnika, poʻlat va nikel konstruksiyalar i.ch., toʻqimachilik va tikuvchilik sanoati korxonalari ham mavjud. Qora metallurgiya sanoatining asosiy markazlari: Felklingen, Nyoynkirxen, Saarbryukken sh.lari. Kimyo va neftni qayta ishlash sanoatlari ham rivojlangan. Avtomobil, vagonsozlik, oynasozlik, shisha, keramika korxonalari bor. Isteʼmol mollari ishlab chiqariladi. Q.x.da donli, sabzavot va yem-xashak ekinlari ekiladi. Tokzorlar barpo qilingan. Chorvachilikda kramol, choʻchqa boqiladi.

Oʻtgan asrlarda S. hududida faflik boʻlgan. 1815 y.dan S. Prussiya (1871 y.dan Olmoniya imperiyasi) tarkibida. 1919 y.da Millatlar Ligasi komissiyasi boshqaruvi ostiga oʻtgan. 1935 y.dan yana Olmoniyaga qoʻshilgan. 2-jahon urushidan keyin S. Fransiyaning Olmoniyadagi okkupatsiya zonasi edi. 1956 y.dagi Fransiya va Olmoniya oʻrtasida imzolangan shartnomaga muvofiq, 1957 y. 1 yanv.dan yana Germaniya tarkibida. [1]


Havolalar[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil