Kontent qismiga oʻtish

Karnaval

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Дюнкерк shahridagi Karnaval. Fransiya, 2008
Yan Mil. Rimdagi Karnaval, 1653. Prado

Karnaval (lotincha carrus navalis — ajoyib arava, bayram marosimlari kemasi) — asosan, ochiq havoda oʻtkaziladigan teatrlashtirilgan oʻyinlar, koʻcha namoyishlaridan iborat ommaviy sayilning bir turi. Yil fasllarining almashuvi, bahorgi dehqonchilik va boshqa bayramlar bilan bogʻliq majusiylarning marosimlaridan boshlangan [1]. Har qanday karnavalning eng muhim bir boʻlagi — shaharning muhim koʻchalarida tantanali yurishdir.

Karnaval nomi XIII-asrda Italiyada vujudga kelgan. XVI-asr mashhur italyan xalq teatri turi niqoblar komediyasi („Del arte komediyasi“)ning paydo boʻlishi Karnaval bilan bogʻliq. Karnavalga oʻxshash koʻcha va maydon tomoshalari sharqda juda qadim zamonlardan maʼlum. Oʻrta Sharqda Karnaval zardushtiylik, navroʻz va boshqa bayramlar bilan bogʻliq holda uyushtirilgan. Temur va temuriylar, oʻzbek xonlari, amir va beklar davlat miqyosidagi bayramlar munosabati bilan ham Karnaval tomoshalari oʻtkazgan. Fransua Rablening „Gargantyua va Pantagryuel“ romanida Karnaval haqida ajoyib tavsif berilgan

Hozirgi kunda Karnaval

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekistonda 1957-yildan har yili kuzning birinchi oyida hozirgi Milliy bogʻda muntazam Karnaval oʻtkazib kelingan. Hozirgi kunda qayta tiklangan navroʻz bayramlarida asta-sekin Karnaval tomoshalari odat tusiga kirmoqda.

Dunyodagi eng mashhur karnaval Rio-de-Jeneyroda oʻtkaziladi. Bu keng miqiyosli bayramga yil boʻyi puhtalik bilan tayyorgarlik koʻriladi. Karnavalni koʻrish u4un Braziliyaga butun dunyo yuzidan sayyohlar tomosha qilishga kelishadi.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil