Prado
Qiyofa

Prado (Prado) — Madriddagi milliy rangtasvir va haykaltaroshlik muzeyi. 1819-yil ispan qirolligi badiiy asarlar toʻplami asosida tashkil etilgan. P. XV—XIX asrlar ispan rangtas-viri (El Greko, X. Ribera, F. Surba-ran, D. Velaskes, F. Goyya va boshqalar), XVI asr italyan rassomlari kartinalari (Rafael, Titsian va boshqalar), XV—XVI asrlar niderland (Roger van der Veyden, X.Bosx, A. Mor va boshqalar), shuningdek, flamand (P. Rubens va boshqalar) va fransuz (N. Pussen va boshqalar) maktablari namoyan-dalari asarlarining boy toʻplamiga ega. P. soʻnggi ispan klassitsizmi us-lubida maxsus qurilgan (1785—1830, meʼmori X. de Vilyanuev) binoda joylashgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |