Karmonshoh
Karmonshoh, avvalgi ismi Baxtaran — Erondagi shahar. Mamlakatning gʻarbida, 1600 m balandlikda, Qorasuv da-ryosi vodiysida joylashgan. Baxtaran ostonining maʼmuriy markazi. Shosse yoʻl orqali Tehron va Bagʻdod shaharlari bilan bogʻlangan. Aholisi 560 ming kishi (1989). Mamlakatning savdo-transport markazi. Neftshoh konidan quvurlar orqali keladigan neftni qayta ishlovchi yirik zavod; oziq-ovqat (qand), toʻqimachilik, teri, sement sanoati korxonalari bor. Qoʻlda gilam toʻqiladi, teridan turli buyumlar yasaladi. Un-t, aeroport bor.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |