Karles Koto

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Karles Koto
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Karles Koto Pages
Tavallud sanasi 1988-yil, 14-fevral
Tavallud joyi Figeras, Ispaniya bayrogʻi Ispaniya
Boʻyi 175 sm
Ampluasi yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
 San Marino San-Marino Kalcho
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001-2007  Spain Barselona
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007-2008
2008-2009
2009-2010
2010-2011
2011-2013
2013
2014
2014-h.v
 Belgium Muskron
 Spain Sevilya B
 Spain Benidorm
 Cyprus Anortosis
 Georgia Dinamo Tbilisi
 Belarus Dinamo Minsk
 Uzbekistan Bunyodkor
 San Marino San-Marino Kalcho
(21 (2)
20 (0)
31 (0)
23 (1)
44 (6)
6 (1)
5 (0)
7 (0))
Milliy terma jamoa
2004
2007
 Spain Ispaniya U-16
 Spain Ispaniya U-19
(4 (1)
6 (0))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Karles Koto Paxes (isp. Carles Coto Pages) - Ispaniyalik futbolchi. 1988-yilning 14-fevral kuni Ispaniyanning Kataloniya muxtor viloyatidagi Figeras shahrida tugʻilgan. Ampluasi yarim himoyachi. Hozirda Toshkentning Bunyodkor klubi aʼzosi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kublardagi karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Karles Koto Yevropa grandlaridan biri boʻlmish Kataloniyaning [[Barselona klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2007-2008-yillarda Belgiyaning «Muskron» klubida oʻynadi. Keyinroq Ispaniyaning quyi divizionlaridagi «Sevilya B» va «Benidorm» klublari safida oʻynagan. 2010-2011-yillarda Qibrisning «Anortosis» klubida oʻynadi. 2011-yilda Gurjistonning «Dinamo Tbilisi» bilan shartnoma imzoladi va oʻsha yili Gurjiston Chempionatida gʻalaba qozondi. 2013-yilda Belarus «Dinamo Minsk» klubiga oʻtdi va bir mavsum ushbu klubda toʻp surgach, 2014-yilda Oʻzbekistonning «Bunyodkor» klubi bilan shartnoma imzoladi[1].

Terma jamoadagi karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Karles Koto Ispaniyaning oʻsmirlar va yoshlar terma jamoasida oʻynagan. 2004-yilda oʻsmirlar terma jamoasida 4 ta oʻyin oʻtkazib 1 ta gol urgan. 2007-yilda esa 19 yoshgacha boʻlgan Yevropa Chempionatida Ispaniya terma jamoasi safida Chempionlikni qoʻlga kiritdi. Karles Koto yoshlar terma jamoasida 6 ta oʻyin oʻtkazgan.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  •  Georgia Dinamo Tbilisi
  • Gurjiston Chempionati gʻolibi: 2012/2013-yilgi mavsumda
  •  Belarus Dinamo Minsk
  • Belorussiya Chempionati Bronza medali sohibi: 2013-yilgi mavsumda
  •  Spain Ispaniya yoshlar terma jamoasi
  • Yoshlar oʻrtasida Yevropa Chempionati gʻolibi: 2007-yilda

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Кото возвращается домой, 2013-12-11da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-04-07

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]