Karl Corneliusson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Karl Corneliusson
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Björn Karl Håkan Corneliusson
Tavallud sanasi 17-noyabr 1976-yil (1976-11-17) (47 yosh)
Tavallud joyi Gothenburg, Shvetsiya
Boʻyi 1.75 m (5 ft 9 in)
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1982-1985 Masthuggets BK
1986-1987 Göteborgs FF
1988-1994 Örgryte IS
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1994-1998 Örgryte IS 56 (1)
1999-2003 AIK 98 (7)
2004-2005 Salernitana 22 (2)
2004-2005Napoli (Ijara) 11 (0)
2005-2007 Landskrona BoIS 43 (3)
2008-2009 Lilla Torg FF 19 (1)
2010-2012 BK Skottfint 11 (1)
2014 Stenungsunds IF 0 (0)
2014 Styrsö BK 3 (1)
Milliy terma jamoa
1992-1993 Shvetsiya U17 13 (2)
1994 Shvetsiya U19 7 (1)
1996-1998 Shvetsiya U21 19 (1)
2000-2001 Shvetsiya 9 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Byorn Karl Hakan Corneliusson (1976-yil 17-noyabrda tugʻilgan) — Shvetsiyalik sobiq professional futbolchi, himoyachi sifatida oʻynagan. Faoliyatini Örgryte IS bilan boshlagan, u 1994 va 2007-yillar oraligʻida boʻlgan faoliyati davomida AIK, Salernitana, Napoli va Landskrona BoIS klublarida professional futbol oʻynagan. U 2000-2001-yillarda Shvetsiya terma jamoasi safida to‘qqizta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Corneliusson futbolchilik faoliyatini Örgryte IS bilan boshlagan, 1999-yilgi Allsvenskan mavsumi oldidan AIK bilan shartnoma imzolagan[1]. AIKda u 1999-2000-yillarda UEFA Chempionlar Ligasida ishtirok etgan, shuningdek, 1998-1999-yillarda Svenska Kupenini qoʻlga kiritgan jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biri boʻlgan[2].

2003-yilgi Allsvenskan mavsumidan keyin u AIKni tark etib, Italiya B seriyasida Salernitana bilan shartnoma imzolagan[3]. Keyingi mavsumda u C Seriyada " Napoli "ga ijaraga berilgan. 2005-yilda u Landskrona BoIS bilan shartnoma imzolash uchun Shvetsiyaga qaytib kelgan.

Xalqaro karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Corneliusson Shvetsiya U17, U19 va U21 jamoalarida jami 39 ta oʻyinda maydonga tushgan va 1998-yilda Ruminiyada boʻlib oʻtgan 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida 6-oʻrinni egallagan Shvetsiya U21 jamoasi tarkibidagi asosiy oʻyinchilardan biri boʻlgan[4].

Kattalar jamoasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

U Shvetsiya terma jamoasi safida 2000-yil 4-fevralda Norvegiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan, 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan o‘yinda 71-daqiqada Teddi Luchich o‘rniga zahiradan maydonga tushgan[5]. Oʻsha yilning oxirida u Shvetsiya terma jamoasi uchun 2002-yilgi Jahon chempionati saralashida Turkiyaga qarshi oʻyinda debyut qilgan, 55-daqiqada Niklas Aleksandrssonni oʻrniga zahiradan maydaonga tushgan va 1:1 hisobida yakunlangan oʻyinda sariq kartochka olgan.

U Shvetsiya termasi uchun ilk golini 2001-yil 28-fevralda Maltaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida kiritgan, oʻsha oʻyinda Shvetsiyaliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozonishgan[6]. U 2001-yil 25-aprelda Shveytsariyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida 2:0 hisobida gʻalaba qozongan holda 9- va soʻnggi xalqaro oʻyinini oʻtkazgan.

2002-yilgi Jahon chempionati saralashida uchta oʻyinda maydonga tushgan boʻlsa-da, turnir boshlanishidan atigi bir oy oldin qoʻlidan jarohat olib, Shvetsiya terma jamoasiga chaqirilmagan[7][8].

Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar[9]
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gollar
Shvetsiya 2000 2 0
2001 7 1
Jami 9 1
Karl Corneliusson tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa Mnb.
1 28.02.2001 Taʼ Qali milliy stadioni, Taʼ Qali, Malta  Malta 1-0 3-0 Oʻrtoqlik [10]

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

AIK

  • Svenska Kupen : 1998-1999

Shahsiy yutuqlar

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „500 AIK:are - Karl Corneliusson“. www.aik.se. Qaraldi: 2020-yil 6-oktyabr.
  2. „Karl Corneliusson - Spelarstatistik - Svensk fotboll“ (sv). www.svenskfotboll.se.. Qaraldi: 2020-yil 6-oktyabr.
  3. „500 AIK:are - Karl Corneliusson“. www.aik.se. Qaraldi: 2020-yil 6-oktyabr. „500 AIK:are — Karl Corneliusson“. www.aik.se. Retrieved 2020-10-06.
  4. „Karl Corneliusson - Spelarstatistik - Svensk fotboll“ (sv). www.svenskfotboll.se.. Qaraldi: 2020-yil 6-oktyabr. „Karl Corneliusson — Spelarstatistik — Svensk fotboll“. www.svenskfotboll.se. (in Swedish). Retrieved 2020-10-06.{{cite web}}: CS1 maint: url-status (link)
  5. „Karl Corneliusson - Spelarstatistik - Svensk fotboll“ (sv). www.svenskfotboll.se.. Qaraldi: 2020-yil 6-oktyabr. „Karl Corneliusson — Spelarstatistik — Svensk fotboll“. www.svenskfotboll.se. (in Swedish). Retrieved 2020-10-06.{{cite web}}: CS1 maint: url-status (link)
  6. „Karl Corneliusson - Spelarstatistik - Svensk fotboll“ (sv). www.svenskfotboll.se.. Qaraldi: 2020-yil 6-oktyabr. „Karl Corneliusson — Spelarstatistik — Svensk fotboll“. www.svenskfotboll.se. (in Swedish). Retrieved 2020-10-06.{{cite web}}: CS1 maint: url-status (link)
  7. „Karl Corneliusson - Spelarstatistik - Svensk fotboll“ (sv). www.svenskfotboll.se.. Qaraldi: 2020-yil 6-oktyabr. „Karl Corneliusson — Spelarstatistik — Svensk fotboll“. www.svenskfotboll.se. (in Swedish). Retrieved 2020-10-06.{{cite web}}: CS1 maint: url-status (link)
  8. „500 AIK:are - Karl Corneliusson“. www.aik.se. Qaraldi: 2020-yil 6-oktyabr. „500 AIK:are — Karl Corneliusson“. www.aik.se. Retrieved 2020-10-06.
  9. „Karl Corneliusson - Spelarstatistik - Svensk fotboll“ (sv). www.svenskfotboll.se.. Qaraldi: 2020-yil 6-oktyabr. „Karl Corneliusson — Spelarstatistik — Svensk fotboll“. www.svenskfotboll.se. (in Swedish). Retrieved 2020-10-06.{{cite web}}: CS1 maint: url-status (link)
  10. „Malta - Sverige - Matchfakta - Svensk fotboll“ (sv). www.svenskfotboll.se. Qaraldi: 2020-yil 6-oktyabr.
  11. „500 AIK:are - Karl Corneliusson“. www.aik.se. Qaraldi: 2020-yil 6-oktyabr. „500 AIK:are — Karl Corneliusson“. www.aik.se. Retrieved 2020-10-06.
  12. „Matchens fanbärare: Karl Corneliusson“ (sv). AIK Fotboll. Qaraldi: 2020-yil 6-oktyabr.