Karim Valiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Karim Valiyev
Asl ismi Kərim Vəliyev
Tavalludi 1961-yili 9-fevral
Boku shahri, Ozarbayjon SSR, Sovet ittifoqi
Fuqaroligi Ozarbayjonlik
Mukofotlari "Ozarbayjon bayrog‘i" ordeni (1994), “Vatan uchun” medali (2005), “Harbiy xizmatlari uchun” medali (2012), “Zafar” ordeni (2020)

Karim Tofig oʻgʻli Valiyev (ozarbayjoncha: Kərim Tofiq oğlu Vəliyev;1961-yili 9-fevralda tavallud topgan) – ozarbayjonlik harbiy ofitser. Ozarbayjon Qurolli Kuchlarida general-polkovnik, Ozarbayjon Qurolli Kuchlari Bosh shtab boshligʻi va Ozarbayjon mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlagan. U Ikkinchi Togʻli Qorabogʻ urushining qatnashuvchisi.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Karim Tofiq oʻgʻli Valiyev 1961-yili 9-fevralda Ozarbayjon SSRning (oʻsha paytda Sovet Ittifoqi tarkibida boʻlgan) poytaxti boʻlgan Boku shahrida tugʻilgan. 1982-yili Boku shahridagi Oliy qoʻshma qurollari qoʻmondonlik bilim yurtini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Valiyev 1982—1990–yillar davomida Sovet Qurolli Kuchlarining kursant vzvod komandiri, oʻquv boʻlimining boshliq yordamchisi, tayyorgarlik boʻlimi boshligʻining katta yordamchisi boʻlib xizmat qilgan. 1990—1994–yillari Moskva shahridagi Frunze nomli harbiy akademiyada taʼlim olgan[1].

Harbiy xizmat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Karim Valiyev 1992-yildan buyon Ozarbayjonning Qurolli Kuchlarida xizmat qilib kelmoqda. Xizmatda yurgan paytlarida oʻquv boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari, brigada komandirining oʻrinbosari, brigada komandiri, front komandirining oʻrinbosari, Ozarbayjon Respublikasi Mudofaa vazirining jangovar harakatlari boʻyicha oʻrinbosari, harbiy qismning komandiri lavozimlarida ishlagan. Harbiy ilmiy markazning boshligʻi va Mudofaani rejalashtirish harbiy strategiyasining boshligʻi boʻlib ham saylanadi[1].

Karim Valiyev Ikkinchi Togʻli Qorabogʻ urushida ishtirok etgan. Urush tugagandan soʻng, 10-dekabrda Ozarbayjonning urushdagi gʻalabasi sababli Bokuda boʻlib oʻtgan gʻalaba paradiga boshchilik qiladi[2][3]. U 2021-yilning 23-iyulida Ozarbayjonning Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshligʻi etib tayinlanadi[4][5].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Karim Valiyev oilali, ikkita farzandi bor[1].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „DEPUTY MINISTER OF DEFENCE – CHIEF OF MAIN DEPARTMENT FOR PERSONNEL“. Azerbaijani Ministry of Defence. 2020-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-dekabr.
  2. „Victory parade dedicated to Victory in Patriotic War held in Baku“. Bernama (2020-yil 10-dekabr). 2020-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-dekabr.
  3. Ismayilova. „Azerbaijan held military parade dedicated to victory in Patriotic War [PHOTO“]. AzerNews (2020-yil 10-dekabr). 2020-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-dekabr.
  4. General-leytenant Kərim Vəliyev Azərbaycan Ordusunun Baş Qərargah rəisi təyin edilib
  5. „K.T.Vəliyevin Azərbaycan Respublikası müdafiə nazirinin birinci müavini – Azərbaycan Ordusunun Baş Qərargah rəisi təyin edilməsi haqqında Azərbaycan Respublikası Prezidentinin Sərəncamı“ (az). president.az. Qaraldi: 2021-yil 23-iyul.
  6. Aliyev. „Azərbaycan Respublikasının hərbi qulluqçularının "Azərbaycan Bayrağı" ordeni ilə təltif edilməsi haqqında Azərbaycan Respublikası Prezidentinin Fərmanı“ (az). e-qanun.az. Azerbaijani Ministry of Justice (1994-yil 1-yanvar). 2018-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-dekabr.
  7. Aliyev. „Azərbaycan Respublikası Silahlı Qüvvələrinin hərbi qulluqçularının təltif edilməsi haqqında Azərbaycan Respublikası Prezidentinin Sərəncamı“ (az). e-qanun.az. Azerbaijani Ministry of Justice (2005-yil 24-iyun). 2018-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-dekabr.
  8. Aliyev. „Azərbaycan Respublikası Silahlı Qüvvələrinin hərbi qulluqçularının təltif edilməsi haqqında Azərbaycan Respublikası Prezidentinin Sərəncamı“ (az). e-qanun.az. Azerbaijani Ministry of Justice (2012-yil 25-iyun). 2018-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-dekabr.
  9. Aliyev. „Silahlı Qüvvələrin bir sıra hərbi qulluqçuları təltif olunub“ (az). Trend News Agency (2020-yil 9-dekabr). 2020-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-dekabr.