Kapitan qizi
Qiyofa
|
Birinchi nashrning titul beti (1837) | |
| Asl nomi | Капитанская дочка |
|---|---|
| Muallif(lar) | Aleksandr Pushkin |
| Tarjimon(lar) | Abdulla Qahhor |
| Til | ruscha |
| Janr(lar)i | qissa |
| Nashr etilgan sanasi | 1837 |
| Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1939 |
„Kapitan qizi“ — rus shoiri hamda yozuvchisi Aleksandr Pushkin qalamiga mansub qissa. Ilk bor 1836-yil „Sovremennik“ jurnalining toʻrtinchi sonida chop etilgan. Jurnalda muallifning ismi koʻrsatilmagan. Kitob oʻlaroq 1837-yil nashr qilingan. Qissada 1773-1774-yillarda boʻlib oʻtgan Pugachev qoʻzgʻoloni haqida hikoya qilinadi.
„Kapitan qizi“ rus adabiyotida realizm janri shakllanishida muhim rol oʻynagan.[1] Qissa asosida bir necha film suratga olingan.
Qissani oʻzbek tiliga Abdulla Qahhor tarjima qilgan.[2][3] Asar oʻzbek tilida 1939-, 1949-, 1972-, 1988-yillarda nashr qilingan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Svyatopolk-Mirskiy, Dmitriy. Rus adabiyotining qadimgi davrdan 1925-yilgacha boʻlgan tarixi (ruscha). London: Overseas Publications Interchange Ltd — 186—191-bet.
- ↑ „Abdulla Qahhor“. ZiyoNET. 2016-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-iyul. (Wayback Machine saytida 2016-07-27 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Kapitan qizi“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 7-noyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „Kapitan qizi“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
| Kitobga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |