Kampung Baru masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Kampung Baru masjidi
Masjid Jami Kampung Baru Inpak
Kampung Baru masjidining kirish qismi
Mamlakat  Indoneziya
Shahar Jakarta
Koordinatalar 6°08′12″S 106°48′10″E / 6.136573°S 106.802767°E / -6.136573; 106.802767 G OKoordinatalari: 6°08′12″S 106°48′10″E / 6.136573°S 106.802767°E / -6.136573; 106.802767 G O
Yoʻnalishi sunniy
Binokorlik 17431748

Kampung Baru masjidi, shuningdek, Kampung BaruInpak jome masjidi yoki Bandengan masjidi sifatida ham tanilgan boʻlib, Indoneziyaning Jakarta shahridagi eng qadimgi masjidlardan biridir[1]. U Jalan Bandengan Selatan koʻchasi Pekojan tumani Tamboradagi Al-Anshor masjidi yaqinida joylashgan. Masjid Hindistonlik musulmon savdogarlar tomonidan qurilgan masjidlardan biri boʻlib, ular Bataviyada sayohat qilib, keyinchalik shu yerda yashab qolganlar. Masjid DKI Jakarta provinsiyasi hukumati tomonidan madaniy meros obyekti sifatida belgilangan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arabiston va Hindistondan kelgan savdogarlar va ularning oila aʼzolari oʻsha paytdagi Bataviyaning ayni shu hududiga joylashadilar. Hindistonlik savdogarlar jamoat bilan ibodat qilish ehtiyojlarini qondirish uchun bu yerda masjid quradilar. Kampung Baru jome masjidi Hindistonlik musulmon savdogarlardan biri boʻlgan va shu hududda yashovchi Shayx Abubakr tomonidan qurilgan. Qurilish 1743-yilda boshlanib, 1748-yilda yakunlangan[2]. 1829-yilda gollandiyalik jurnalist oʻz maqolasida inshootni Yangi Kampong masjidi, shuningdek , Moorsche Tempel (Mavrlar ibodatxonasi) deb atagan. Masjid musulmon mavrlari tomonidan qurilgan boʻlishi mumkin. Mavriy terminologiyasi Shimoliy Afrikadagi (Marokash va uning atrofidagi) musulmon etnik guruhini aniqlash uchun ishlatilsa-da, u oʻz vaqtida Yevropaga, jumladan Andalusiyada (Ispaniya) Islom imperiyasi oʻrnatilganligi sababli ham keng miqyosida foydalanila boshlangan.

Arxitekturasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayni paytda bino asl koʻrinishini saqlamagan, keranka markaziy maydoni, setanda oʻyib ishlangan uzum bezaklari va derazalardagi baʼzi ustunlargina bundan mustasno. 1980-yillarning oxirida Pekojan hududidagi eski binolar estakada uchun demontaj qilingan. Kampung Baru masjidi bu davrdagi obodonlashtirish ishlari natijasida kuchli zarar koʻrgan. Masjidning asosiy rejasi toʻrtburchak shaklida, tomi bir-birining ustiga qoʻyilgan (bir-birining ustiga yopishgan), yuqori tomi piramida shaklida ishlangan. Ushbu masjidning shakli anʼanaviy Yava qurilish uslubiga oʻxshab ketadi.

Masjidning maydoni taxminan 1050 kvadrat metr boʻlib, pol qismi oq rangli tosh bilan qoplangan va uning ustiga yashil rangli boʻyra va qisman qizil rangli bevarna yoyilgan. Yuqori qismida qadimiy chiroq osib qoʻyilgan boʻlib. u masjid qurilganidan buyon shu holatini saqlab kelmoqda. Bu masjidda bir paytlar yogʻoch oʻymakorligi asnosida yasalgan chiroyli minbar boʻlgan. Minbar keyinchalik almashtirilgan. Asl minbar hozir Jakarta tarix muzeyida saqlanmoqda[3].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „MASJID JAMI KAMPUNG BARU INPAK“. 2017-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-avgust.
  2. „Masjid Jami’ Kampung Baru Pekojan Jakarta“. Qaraldi: 2017-yil 12-avgust.
  3. „Masjid Jami Kampung Baru, Punya Mimbar Paling Indah“. Qaraldi: 2017-yil 12-avgust.