Kamil Grabara

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kamil Grabara
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kamil Mieczysław Grabara[1]
Tavallud sanasi 8-yanvar 1999-yil (1999-01-08) (25 yosh)[2]
Tavallud joyi Ruda Śląska, Polsha
Boʻyi 1.95 m[2]
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Copenhagen
Raqami 1
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2006—2011 Wawel Wirek
2011—2012 Stadion Śląski Chorzów
2012—2015 Ruch Chorzów
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015—2016 Ruch Chorzów II 2 (0)
2016—2021 Liverpool 0 (0)
2019AGF (ijara) 16 (0)
2019—2020Huddersfield Town (ijara) 28 (0)
2020—2021AGF (ijara) 29 (0)
2021— Copenhagen 40 (0)
Milliy terma jamoa
2014—2015 Polsha U16 5 (0)
2015—2016 Polsha U17 9 (0)
2016 Polsha U18 3 (0)
2017—2020 Polsha U21 19 (0)
2022- Polsha 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Kamil Mieczysław Grabara (talaffuzi: Komil Grabara; 1999-yil 8-yanvarda tugʻilgan) — polshalik professional futbolchi, Daniya Superligasi vakili Copenhagen va Polsha milliy terma jamoasi darvozaboni.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Grabara 2016—2017-yilgi mavsum oldidan Ruch Chorzówdan 250 000 funt sterling[3][4][5] evaziga „Liverpool“ jamooasiga qoʻshildi va 2018—2019-yilgi mavsumda klubning asosiy jamoasi tarkibida koʻp koʻrinish berdi[6]. Melwoodda asosiy jamoa bilan doimiuy mashgʻulot oʻtkazdi va 2018-yil iyul oyida Tranmere Roversga qarshi mavsumoldi oʻrtoqlik oʻyinida tarkibdan joy oldi[7]. 2018-yil 26-sentyabr kuni Grabara „Anfield“da „Liverpool“ning Angliya kubogida doirasidagi „Chelsea“ ga oʻyinida (2:1, magʻluniyat) ilk bor rasmiy oʻyinda zaxiraga kiritildi[8]. 2019-yilning 6-yanvarida Grabara AGFga oʻtdi va mavsum oxirigacha ijara asosida oʻynadi[9]. 2019-yilning 15-iyulida Grabara Chempionshipning „Huddersfield Town“ klubiga mavsumiy ijara shartnomasi asosida qo‘shildi[10].

2020-yil sentyabr oyi oxirida Grabara Daniyaning AGF klubiga 2020—2021-yilgi mavsum uchun ijara asosida qoʻshildi[11].

2021-yil 3-iyulda Grabara Copenhagenga oʻtdi[12]. Klub bilan 5 yillik shartnoma imzoladi[13]

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Grabara 2017-yilning 14-noyabrida Daniyaga qarshi o‘yinda debyut qilgan, jamoadagi faoliyati davomida Polsha U21 terma jamoasining asosiy darvozaboni bo‘lgan[14].

2022-yil 24-mart kuni Shotlandiya bilan oʻrtoqlik oʻyini va 2022-yil 29-mart kuni Shvetsiyaga qarshi 2022-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi pley-off oʻyinlari uchun Polsha milliy futbol terma jamoasiga chaqirildi[15].

2022-yil 1-iyun kuni Grabara Uelsga qarshi UEFA Millatlar ligasi doirasidagi oʻyinda maydonga tushib, milliy terma jamoada debyut qildi.

Oʻyin uslubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Grabara jarima maydonchasida ustunlik qila oladigan, tezkor refleksli seyvlarni amalga oshira oladigan darvozabon sifatida taʼriflanadi[16].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Grabara Janubiy Polshadagi Ruda Slaska shahridan. 2005-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finali qahramoni Jerzy Dudekdan keyingi „Liverpool“ning ikkinchi polshalik darvozaboni boʻlgan[17].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

22-may, 2022-yil holatiga koʻra[18]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Yevropa Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Liverpool 2018—2019 Angliya Premyer-ligasi 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
AGF (ijara) 2018—2019 Daniya Superligasi 16 0 0 0 16 0
Huddersfield Town (ijara) 2019—2020 Championship 28 0 0 0 0 0 28 0
AGF (ijara) 2020—2021 Daniya Superligasi 29 0 6 0 35 0
Copenhagen 2021—2022 Daniya Superligasi 32 0 0 0 12[lower-alpha 1] 0 44 0
Jami faoliyati 105 0 6 0 0 0 12 0 0 0 123 0

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

12-iyun, 2022-yil holatiga koʻra
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Mavsum Milliy terma jamoa Ishtirok Gollar
2014–2015 Polsha U16 5 0
2015–2016 Polsha U17 9 0
2016 Polsha U18 3 0
2017–2020 Polsha U21 19 0
2022– Polsha 1 0

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Copenhagen

  • Daniya Superligasi: 2021—2022[19]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „List of Players under Written Contract Registered Between 01/12/2017 and 31/12/2017“. The Football Association. Qaraldi: 2019-yil 21-oktyabr.
  2. 2,0 2,1 „Kamil Grabara: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2019-yil 21-oktyabr.
  3. Hunter. „Liverpool sign teenage Polish keeper Kamil Grabara from Ruch Chorzow“. The Guardian (2016-yil 6-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 29-avgust.
  4. „Profile“. Liverpool F.C.. Qaraldi: 2018-yil 23-avgust.
  5. Smith, Alex. „Who is Kamil Grabara? Liverpool goalkeeper starts pre-season clash against Manchester United“. Mirror (2018-yil 28-iyul). Qaraldi: 2018-yil 30-oktyabr.
  6. Walsh, Kristian. „Liverpool turn to teenage goalkeepers against Man Utd“. Liverpool Echo (2018-yil 27-iyul). Qaraldi: 2018-yil 30-oktyabr.
  7. Pearce. „Meet Kamil Grabara - Liverpool's 'fearless' teenage goalkeeper liked by Steven Gerrard and Manchester United“. Liverpool Echo (2018-yil 28-iyul). Qaraldi: 2019-yil 29-avgust.
  8. Hafez. „Liverpool 1—202 Chelsea“. BBC Sport (2018-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 29-avgust.
  9. „Kamil Grabara joins AGF Aarhus on loan“. Liverpool F.C. (2019-yil 6-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 6-yanvar.
  10. „Liverpool: Kamil Grabara signs new deal then joins Huddersfield on loan“. BBC Sport (2019-yil 15-iyul). Qaraldi: 2019-yil 16-iyul.
  11. KAMIL GRABARA VENDER TILBAGE TIL AGF (Wayback Machine saytida 2020-10-14 sanasida arxivlangan), agf.dk, 28 September 2020
  12. „Kamil Grabara completes permanent move to FC Copenhagen“. Liverpool FC (2021-yil 3-iyul).
  13. „Kamil Grabara ny FCK-keeper“ (da). F.C. København (2021-yil 3-iyul). Qaraldi: 2021-yil 3-iyul.
  14. UEFA.com. „Polsha - U21 EURO“. UEFA.com.
  15. „Polsha - Sweden - what time does the match start? 2022 World Cup Play-Off Final in Qatar (https://tvn24.pl)“. eurosport.tvn24.pl. Qaraldi: 2022-yil 31-mart.
  16. Lusby. „Who is young Liverpool goalkeeper Kamil Grabara?“. This is Anfield (2018-yil 15-iyul). Qaraldi: 2021-yil 22-mart.
  17. Smith. „Everything you need to know about Liverpool youngster Kamil Grabara“. mirror (2018-yil 28-iyul).
  18. Kamil Grabara Soccerway saytida
  19. „FC Copenhagen win 14th Danish league title“. www.dailytimes.com.pk. Qaraldi: 2022-yil 22-may.