Kamata Eikichi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kamata Eikichi (yaponcha: 鎌田 榮吉; 1863—1934) — yapon siyosatchisi hamda pedagogi[1]. U 1922-yildan to 1923-yilgacha taʼlim vaziri boʻlib ishlagan va 20 yildan ortiq Keyo universiteti prezidenti boʻlgan.

Taʼlimdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1880-yillarda Kamata Keio universitetida oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritgan, bu yerda ilgari oʻzi talaba boʻlgan[2]. Kamata 1898-yilda Tokujiro Obatadan keyin universitet prezidenti lavozimini egallaydi[3].U 1922-yilda bu lavozimni tark etadi va Ichitaro Fukuzava toʻliq lavozimni egallashidan oldin uning oʻrniga Kadono Ikunoshin vaqtincha prezident etib tayinlandi.

Universitetdagi paytida u Amerika urf-odatlarini yoqtirgan, universitetning yangi qurilgan beysbol maydonida tantanali birinchi oʻyinlarni doimiy davom etishini istagan[4]. Kamata gender tengligi tarafdori boʻlib, post-feodal Yaponiyada „sinflar oʻrtasidagi tenglik“ ga hamroh boʻlish zarur deb hisoblagan[5]. Katsudo no Sekai oʻquv-kino jurnalida yozar ekan, u taʼlim maqsadlarida kinofilmlardan foydalanishni taklif qildi[6]. Shuningdek, u boshqa taniqli pedagoglar va universitet prezidentlari bilan birga Koʻkuxonda koʻplab insholar nashr ettirgan[7].

Ushbu ilgʻor qarashlar bilan bir vaqtning oʻzida, Kamata universitetdagi hurmat va eʼtiboridan foydalanib, mustaqillikka boʻlgan vatanparvarlik nuqtai nazarini ilgari surgan taʼlim milliy davlat maqsadlarini amalga oshirishning kaliti ekanligiga ishongan.1920-yilda u talabalarga „aldamchi mafkuralarga aldanmasliklari va guruhga koʻr-koʻrona ergashmasliklari kerak lekin erkinlik, mustaqillik va oʻz-oʻzini hurmat qilish ruhini anglashlarini“ aytgan.

Vazirlik martaba[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kamata 1922-yildan 1923-yilgacha Maorif vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. 1922-yil 11-noyabrida Kamata Tokiodagi Hibiya bogʻida Yaponiyaning birinchi keng koʻlamli sulh kunini nishonlash marosimida ishtirok etadi. U maʼrosimdagi bir nechta maʼruzachilardan biri edi, ular qatorida Uchida Kosai va Drew Pirson bor edi[8].

Taʼlim vazirligidan ketganidan soʻng, u 1927-yildan Maxfiy kengash aʼzosi boʻlib, 1932-yilda esa Imperator Taʼlim Kengashining rahbari etib taʼyinlanadi[9].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Croft, Adam Thorin. Urban Culture in Pre-War Japan (inglizcha). Routledge, 2019. ISBN 9780429748899. 2019-yil 14-noyabrda qaraldi. 
  2. „Ikunoshin Kadono: The Prodigy Known as Boy Teacher“. www.keio.ac.jp (2013-yil 2-sentyabr).
  3. „Past Presidents: Keio University“ (inglizcha). www.keio.ac.jp. Qaraldi: 14-noyabr 2019-yil.
  4. Guthrie-Shimizu, Sayuri. Transpacific Field of Dreams: How Baseball Linked the United States and Japan in Peace and War (inglizcha). Univ of North Carolina Press, 2012 — 115 bet. ISBN 9780807882665. 2019-yil 14-noyabrda qaraldi. 
  5. Frederick, Sarah. Turning Pages: Reading And Writing Women's Magazines in Interwar Japan (inglizcha). University of Hawaii Press, 2006 — 40 bet. ISBN 9780824829971. 2019-yil 14-noyabrda qaraldi. 
  6. Miyao, Daisuke. Sessue Hayakawa: Silent Cinema and Transnational Stardom (inglizcha). Duke University Press, 2007 — 147 bet. ISBN 9780822389828. 2019-yil 14-noyabrda qaraldi. 
  7. Szpilman, Christopher W.A. (1998). „Conservatism and ITS Enemies in Prewar Japan: The Case of Hiranuma Kiichirô and the Kokuhonsha“. Hitotsubashi Journal of Social Studies. 30-jild, № 2. Hitotsubashi University. 120-bet. ISSN 0073-280X. JSTOR 43294432.
  8. Dickinson, Frederick R.. World War I and the Triumph of a New Japan, 1919-1930 (inglizcha). Cambridge University Press, 2013 — 149–150 bet. ISBN 9781107037700. 2019-yil 14-noyabrda qaraldi. 
  9. Aukema, Justin (2019). „Cultures of (Dis)remembrance and the Effects of Discourse at the Hiyoshidai Tunnels“. Japan Review. № 32. International Research Center for Japanese Studies. 127–150-bet. ISSN 0915-0986. JSTOR 26652953.