Kamasutra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kamasutra

Palma bargiga yozilgan qoʻlyozma
Asl nomi कामसूत्र
Muallif(lar) Vatsyayan
Til sanskrit
Janr(lar)i sutra

„Kamasutra“ (sanskritcha: कामसूत्र) — Vatsyayana qalamiga mansub qadimiy hindu traktat. Asar kama, yaʼni sezgi, his-tuygʻu sohalari hamda shahvat mavzusiga bagʻishlangan. „Kamasutra“ sanskrit adabiyotidagi inson jinsiy hayoti haqidagi standart asar oʻlaroq baholanadi. „Kamasutra“ asari „Kamashastra“ nomi bilan maʼlum boʻlgan traktatlarning eng qadimiysi va eng mashhuridir.

Asarning bir boʻlimida jinsiy aloqa boʻyicha amaliy maslahatlar berilgan. „Kamasutra“ asosan proza janrida yozilgan, lekin unda sheʼriy misralar ham keltirilgan. „Kama“ hinduiylikda hayotning toʻrt maqsadidan biri boʻlib, „xohish“, jumladan, „shahvat“ maʼnolarini anglatadi. „Sutra“ soʻzi esa jismlarni ushlab turuvchi ip yoki tola maʼnosini anglatadi. Koʻchma maʼnoda esa hikmatli soʻz (yoki qator, qoida, formula) yoki hikmatli soʻzlarning spravochnik shaklidagi toʻplami maʼnosini beradi.

„Kamasutra“ jinsiy aloqa boʻyicha spravochnik, degan fikr keng tarqalganiga qaramasdan, asar oʻzini sevgi, oila hamda inson hayotining rohat bilan bogʻliq boshqa aspektlariga bagʻishlangan, yaxshi va xayrli yashashni oʻrgatuvchi qoʻllanma oʻlaroq taqdim etadi.[1][2] „Kamasutra“ ayrim mamlakatlarda topqir jinsiy pozalar toʻplami oʻlaroq koʻriladi. Aslida esa asarning 20 foizi jinsiy aloqa pozalariga bagʻishlangan. Asarning aksar qismi muhabbat falsafasi va nazariyasi, insonda nima xohish keltirib chiqarishi, uni nima qoʻllab-quvvatlab turishi va qachon bunay istak yaxshi yoki yomon ekanligiga bagʻishlangan.

Tarixchilarga koʻra, „Kamasutra“ eramizdan avvalgi 400-yillar va eramizning 200-yillari oʻrtasida yozilgan.[3] Britan tarixchisi John Keay „Kamasutra“ hozirgi shakliga 2-asrda keltirilgan, deb hisoblaydi.[4] Asar dunyoning bir necha tiliga tarjima qilingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]