Kamalinee Mukherjee

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kamalinee Mukherjee
Tavalludi 4-mart 1980-yil (1980-03-04) (44 yosh)
Fuqaroligi Hindiston
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2004-hozirgi kungacha

Kamalinee Mukherjee — hind aktrisasi. U asosan telugu, shuningdek, malayalam, tamil, hind, bengal va kannada tilli filmlarda suratga tushgan.

Ingliz adabiyoti fakultetini tamomlagandan soʻng, u Mumbayda teatr boʻyicha taʼlimni tugatgan. U OITS mavzusiga asoslangan Phir Milenge (2004) filmida aktyorlik debyutini qilgan. Keyin u 2004-yilda Telugu filmi Anandda paydo boʻlgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tasodifiy uchrashuvdan soʻng, aktyor-rejissyor Revati unga oʻzining ikkinchi rejissyorlik tashabbusi — OITS haqidagi filmda rol oʻynashni taklif qilgan. Dastlab u aktrisalik kasbiga kirishidan qoʻrqqan boʻlsa-da, ota-onasi uni qoʻllab-quvvatlashgan.[1] Filmda u radio jokey va Shilpa Shettining singlisi rolini oʻynaygan.[2][3]

Taxminan bir vaqtning oʻzida Telugu kino sanoatining milliy mukofotiga sazovor boʻlgan rejissyor Sekhar Kammula oʻzining navbatdagi telugu filmi Anand uchun kasting jarayonida boʻlgan. Uni reklamada payqagach, Kammula uni rolga tanlagan. Mukherjeening aytishicha, mustaqil va zamonaviy ayol roli, xuddi oʻz shaxsiyati kabi, unga yoqqan.[4] Film 2004-yilda Andxra Pradesh hukumati tomonidan berilgan oltita nufuzli Nandi mukofotiga sazovor boʻlgan. Ular orasida Mukherjee „Eng yaxshi bosh roldagi aktrisa“ uchun Nandi mukofotiga sazovor boʻlgan.[5] Shuningdek, u yilning eng yaxshi debyutant aktrisasi boʻlgani uchun ikkita mukofotni qoʻlga kiritgan.[6][7]

Ananddagi irodali, mustaqil va zamonaviy ayol obrazi uchun olqishlarga sazovor boʻlganidan soʻng, uning keyingi filmi 2005-yilda Meenakshi boʻlgan. Film koʻp tijoriy muvaffaqiyatga erishmaganiga qaramay, Mukerjee filmni suratga olganidan afsuslanmasligini va bu katta tajriba ekanligini aytgan.[8] Film sharhlovchilari Mukherjeeni aktyorlik mahorati uchun yuqori baholadilar.[9] 2006-yilda u telugu tilidagi ikkita filmda (Style va Godavari) va tamil tilidagi bitta filmda (Vetteiyaadu Vilaiyaadu) suratga tushgan. Style — bu aktyor- xoreograflar Prabhu Deva, Raghava Lourens, Charmi Kaur va Raja ishtirokidagi raqsga asoslangan film.[10]

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Film Rol Til Izohlar
2004 Phir Milenge Tanya Sahni Hind Debyut filmi
Anand Rupa Telugu Nomzod: "Eng yaxshi aktrisa" sifatida Filmfare mukofoti — Telugu
2005 Meenakshi Meenakshi
2006 Style Priya
Vettaiyaadu Vilaiyaadu Kayalvizhi Raghavan Tamil
Godavari Seetha Mahalakshmi Telugu Nomzod: "Eng yaxshi aktrisa" sifatida Filmfare mukofoti — Telugu
2007 Classmates Razia
Pellaindi Kaani Gayatri
Happy Days Shreya Madam
2008 Gamyam Janaki Nomzod: "Eng yaxshi aktrisa" sifatida Filmfare mukofoti — Telugu
Jalsa Indu
Brahmanandam Drama Company Arpitha
2009 Kadhalna Summa Illai Janaki Tamil
Gopi Gopika Godavari Gopika Telugu Nomzod: "Eng yaxshi aktrisa" sifatida Filmfare mukofoti — Telugu
2010 Savaari Janaki Kannada
Police Police Harika Telugu
Kutty Shranku Pemmena Malayalam
Maa Annayya Bangaram Manju Telugu
Nagavalli Gayathri
2011 Virodhi Sunitha
2012 Aparajita Tumi Ushoshi Bengali
Shirdi Sai Radhakrishna Bai Telugu
2013 Natholi Oru Cheriya Meenalla Prabha Thomas Malayalam
Ramachari Geetha Telugu
Jagadguru Adi Shankara Ubhaya Bharathi
2014 Govindudu Andarivadele Chitra
Cousins Malayalam Qoʻshiqda
2016 Iraivi Yazhini Tamil
Pulimurugan Myna Malayalam

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Jeevi. „Kamalinee Mukherjee - Idlebrain.com Interview“. Idlebrain.com (2004-yil 10-aprel). 2007-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 6-iyun.
  2. Sengupta. „Star-struck sister act“. The Telegraph (2004-yil 21-avgust). — „She’s 24, but ... Kamalinee Mukherjee.“. 2011-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 6-iyun.
  3. Iyer. „Phir milenge: Sensitive attempt“. Rediff.com (2004-yil 27-avgust). 2009-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 7-iyun.
  4. „Kamalini's here to stay“. The Times of India (2007-yil 20-sentyabr). 2016-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 6-iyun.
  5. „Nandi Awards 2004 Response“. Idlebrain.com. 2007-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 10-oktyabr.
  6. „Santosham Film Awards 2005“. Idlebrain.com. 2013-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 7-iyun.
  7. „CineMAA Awards 2004“. Idlebrain.com. 2007-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 7-iyun.
  8. Jeevi. „Kamalinee Mukherjee - Idlebrain.com Interview“. Idlebrain.com (2006-yil 19-iyul). 2010-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 6-iyun.
  9. „Minni magic stands out in love flick“. The Hindu (2005-yil 19-noyabr). 2009-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 7-iyun.
  10. „Style - The right steps“. Indiaglitz.com. 2010-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 7-iyun.