Mixail Kalinin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kalinin Mixail Ivanovichdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Mixail Ivanovich Kalinin [1875.7(19).11, hozirgi Kalinin viloyati, Kashino tumani — 1946.3.6, Moskva] — 1917 yilgi Fevral inqilobi va Oktabr toʻntarishi qatnashchisi. Butun Rossiya MIK raisi (1919 yildan), SSSR MIK raisi (1922 yildan), SSSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi (1938 yildan). 1926 yildan partiya MK Siyosiy byurosi aʼzosi (1919 yildan aʼzolikka nomzod). Iosif Stalin siyosatini qoʻllab-quvvatlab, 1930–40 yillardagi ommaviy qatagʻonlarga sanksiya bergan. 1925 yil fevralda milliy davlat chegaralanishi oʻtkazilishi munosabati bilan Oʻrta Osiyo (Toshkent)ga kelgan va milliy davlat chegaralanishi boʻyicha markaz nomidan tegishli yoʻl-yoʻriqlar bergan. Oqibatda Turkiston xalqlari birga yashab kelgan oʻlkalarni sunʼiy ravishda chegaralash vositasida ajratib-boʻlib yuborish siyosati yuritila boshlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil