Kalimba

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Kalimba — Afrikaning lamellafon yoki chertib chalinadigan tilli idiofon sinfiga mansub zarbli cholgʻu asbobi. Markaziy va Janubiy Afrikada hamda Madagaskar orolida tarqalgan.[1]

Afrika xalqlari uni milliy cholgʻu asbobi deb bilishadi va madaniyat hamda etnosda doimiy ravishda ishlatadi. Mahalliy Afrika lahjasidan tarjima qilinganda cholgʻu asbobining nomi „kichik musiqa“ maʼnosini anglatadi[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amerika Yevropa tomonidan mustamlaka qilingan davrda kalimba qora tanli qullar bilan Kubaga olib kelingan va u yerda hozir ham mavjud.

Amerikalik etnik musiqa tadqiqotchisi Xyu Treysi uni hayratga solgan kalimbani birinchi marta 1924-yilda „qora qitʼaga“ safari chogʻida eshitgan. Hugh Treysi oʻz vataniga qaytgach haqiqiy cholgʻu asboblari ishlab chiqaradigan zavod ochadi[2]. Treysi oʻgʻillari hamon Xyuning ishini davom ettirmoqda va oʻzlarining oilaviy ustaxonasida hanuzgacha qoʻlbola kalimba yasashadi[2].

Umumiy tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kalimba, marimba, sanza, mbira, likembe, timbila va boshqalar lammelofonlarning turlaridir. Bunday asboblar „Afrika qoʻl pianinosi“ deb ataladi. Kalimba anʼanaviy marosimlarda va professional sozandalar tomonidan, asosan, joʻr boʻluvchi cholgʻu asbobi sifatida ishlatiladi. Alohida tovush yoki akkordlar bilan oʻynaladi[3]. Katta kalimbalar Afrika musiqasining jonli bas ritmlariga oʻziga xos past shovqin beradi, kichiklari esa musiqiy qutichaga oʻxshab mutlaqo sof, moʻrt ovoz chiqaradi.

Tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rezonator korpusida (u turli xil shakllarda boʻlishi mumkin) yogʻoch, bambuk yoki metalldan yasalgan hamda tovush manbai boʻlib xizmat qiladigan taxtachalar qatori yoki bir nechta qatorlari mavjud. Eng oddiy namunalar tekis shaklda boʻlsa, murakkablarida toshbaqa kosachasi, oʻyilgan yogʻoch, ichi boʻsh qovoq va boshqalardan yasalgan boʻshliq rezonatori mavjud. Rezonator taxtasiga tilchalar biriktiriladi (4-30). Yuqori ostona tilchalarning jarangdorligini cheklaydi. Kalimba chalinganida (tik turganda, yurganda, oʻtirganda) qoʻllarning kaftlari bilan toʻgʻri burchak ostida egik holda, yon tomonlarga mahkam bosiladi yoki tizza ustida ushlab, ikkala qoʻlning bosh va koʻrsatkich barmoqlari bilan chertiladi va tilchalarning erkin (yuqori) uchlarini qoʻyib yuborib, ularni tebranishga keltiradi. Kalimbalar turli oʻlchamlarda boʻladi; korpus uzunligi 100-350 mm, eni 3-5 mm tilchalar uzunligi 30-100 mm. Kalimba ohang qatori tilchalar soniga bogʻliq[3].

Qiziq jihati shundaki, dumaloq teshikli korpus rezonator vazifasini bajaradi. U yogʻochdan butun yoki ichi boʻsh tarzda hamda quritilgan qovoq yoki toshbaqa kosachasidan yasalishi mumkin[2].

Turli xalqlar kalimbasining tovush qatorlariga misollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • bakve (Kongo): a1, f1, d1, c1, e1, g1, h1;
  • lemba (Janubiy Afrika): b1, g1, f1, g, c1, h, d1, c2;
  • bakwena (Janubiy Afrika): b, as, f1, f, e1, es, c1, H, d1, des, ges1, ges, b.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Музыкальные инструменты. Энциклопедия, 2008.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Калимба: что это такое, устройство инструмента, звучание, история, как играть, как выбрать“. muzinstru.ru. Qaraldi: 17-may 2021-yil.
  3. 3,0 3,1 „Калимба — описание и разновидности музыкального инструмента.“. История возникновения, конструкции и характеристики, принцип звучания и техника игры.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Lamellafoni // Bolshaya rossiyskaya ensiklopediya. Tom 16. — M., 2010. — S. 639.
  • Ламеллафоны // Музыкальные инструменты : энциклопедия. — M.: Дека-ВС, 2008. — С. 330—331. — 786 с.