Juanma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

   

Juanma
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Juan Manuel Delgado Lloria
Tavallud sanasi 17-noyabr 1990-yil (1990-11-17) (32 yosh)
Tavallud joyi Valencia, Ispaniya bayrogʻi Ispaniya
Boʻyi 1.88 m (6 ft 2 in)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Yaponiya Avispa Fukuoka
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2006-2009 Levante
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009-2011 Jove Español 41 (8)
2011-2012 Dénia 26 (2)
2012-2013 Alavés 27 (7)
2013-2014 Asteras Tripolis 30 (5)
2014-2015 Kalloni 26 (7)
2015-2017 Hearts 33 (12)
2016-2017UCAM Murcia (ijara) 10 (2)
2017-2018 V-Varen Nagasaki 63 (17)
2019 Omiya Ardija 41 (13)
2020- Avispa Fukuoka 82 (14)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(28 iyul uchun)

Juan Manuel Delgado Lloria (1990-yil, 17-noyabrda tugʻilgan), odatda Juanma nomi bilan tanilgan, ispaniyalik professional futbolchi, Yaponiyaning Avispa Fukuoka klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

U Ispaniyadagi faoliyatining katta qismini quyi ligalarda oʻtkazdi, u Segunda Diviziyasining UCAM Murcia safida oʻnta oʻyinda maydonga tushdi. U Gretsiyada (Asteras Tripolis va Kalloni), Shotlandiyada (Heart of Midlothian) va Yaponiyada (V-Varen Nagasaki, Omiya Ardija va Avispa Fukuoka) professional musobaqalarda qatnashgan.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Valensiyada tugʻilgan Juanma oʻz mamlakatida faqat quyi ligada futbol oʻynagan, faoliyatini Tercera Divisióndagi FC Jove Español San Visenteda boshlangan.[1] Keyin u Segunda B divizioniga koʻchib oʻtdi va u yerda CD Dénia[2] va Deportivo Alavesni himoya qildi.[3] U 2012-yil, 17-oktabrda Ispaniya Kubogining 3-raundida Huracan Valenciaga qarshi o‘yinda 2:1 hisobida g‘alaba qozongan holda o‘zining debyut uchrashuvida gol urdi va maydondan chetlashtirildi.[4][5]

2013-yilning yozida Juanma Gretsiyaning Asteras Tripolis klubiga oʻtdi.[6] U professional futbolchi sifatidagi birinchi oʻyinini oʻsha yilning 15-sentabrida OFI Crete FCda Superliga 1:1 hisobida yakunlangan oʻyinda zaxiradan maydonga tushib, olti daqiqa maydonda harakat qilgan.[7] Uning birinchi goli 2014-yilning 12-yanvarida, o‘shanda Platanias ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozongandi.[8]

Barcha musobaqalarda 36 ta oʻyinda qatnashib, oʻzaro kelishuvga koʻra jamoani tark etgan.[9] Juanma 2014-15-yilgi mavsumni boshqa liga jamoasi Kalloni FC bilan oʻtkazdi.[10] U oʻzining yangi jamoasidagi ilk golini 2014-yil, 9-noyabrdaPanioniosga qarshi oʻyinda (2:0) kiritdi.[11] U keyingi yilning 9-fevralida ikki marta gol urib, Skoda Xanthi FC[12] qarshi uyinda 2:2 hisobida durang qayt qilinishiga yordam berdi va yakunda jamoasi bilan 11-oʻrinni egalladi; keyinchalik u klub bilan yangi shartnoma imzoladi.[13]

Juanma 2015-yil iyun oyida Heart of Midlothian bilan uch yillik shartnoma imzoladi,[14] Kalloni kelajakdagi transferning 20 foizini olish huquqiga ega.[15] 2-avgust kuni Shotlandiya Premer-ligasidagi debyutida u Bred Mckayning xatosidan foydalanib, oʻz uyida St. Johnstonega qarshi oʻyinda gol urdi va yakunda 4:3 hisobida jamoasi bilan gʻalaba qozondi.[16] Olti kundan soʻng, Dundeedagi 2:1 hisobidagi gʻalabada u penaltidan boshlab besh daqiqa ichida ikki marta gol urdi.[17] 19-dekabr kuni oʻsha raqibga qarshi oʻyinda u David Wotherspoonga boshi bilan zarba bergani uchun toʻgʻridan-toʻgʻri qizil kartochka oldi va bosh murabbiy Robbie Neilson buni shotlandiyalik hakamlarning hujumchilarga nisbatan ispaniyalik hamkasblariga nisbatan yumshoqroq munosabatda boʻlishlaridan noroziligi bilan izohladi.[18]

2016-yilning 31-avgustida Juanma UCAM Murcia CFga bir yilga ijaraga berildi,[19] 21-sentabrda Ispaniya chempionati tizimida o‘zining professional debyutini o‘tkazdi, u 35-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va 4:0 hisobidagi uyinda gol urdi. Segunda divizionida UD Almería ustidan gʻalaba qozondi.[20] 2017-yilning yanvarida esa u Yaponiyaning V-Varen Nagasaki klubi bilan doimiy shartnoma imzolashga rozi boʻldi.[21]

Juanma keyingi yillarda Omiya Ardija[22] va Avispa Fukuoka klublarida J2 hamda J1 ligalarida toʻp surishga muvaffaq boʻdi.[23]

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilgi mavsum yakuniga ko'ra
Klub Mavsum Liga Kubok Liga kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Dénia 2011-12[24] Segunda División B 6 2 0 0 6 2
Alavés 2012-13[24] Segunda División B 23 7 1 1 4 0 28 8
Asteras Tripolis 2013-14[25] Super League Greece 30 5 4 0 2 0 36 5
Kalloni 2014-15[25] Super League Greece 26 7 0 0 26 7
Hearts 2015-16[25] Scottish Premiership 33 12 6 1 39 13
2016-17[25] Scottish Premiership 0 0 0 0 4 0 4 0
Jami 33 12 6 1 0 0 4 0 0 0 43 13
UCAM Murcia (ijara) 2016-17[24] Segunda División 10 2 3 0 13 2
V-Varen Nagasaki 2017[25] J2 League 32 11 0 0 32 11
2018[25] J1 League 31 6 1 0 1 1 33 7
Jami 63 17 1 0 1 1 0 0 0 0 65 18
Omiya Ardija 2019[25] J2 League 40 13 1 0 1 0 42 13
Avispa Fukuoka 2020[25] J2 League 34 8 34 8
2021[25] J1 League 27 5 2 0 3 1 32 6
Jami 61 13 2 0 3 1 0 0 0 0 66 14
Karyera jami 312 77 18 3 4 2 6 0 4 0 345 82

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Bañuz, F.. „Un gol de Juanma permite el primer triunfo del Jove Español“ (es). Diario Información (4-oktabr 2010-yil). Qaraldi: 23-iyul 2015-yil.
  2. Zamora, Javier. „Un Dénia sin delanteros busca romper la racha de la UE Llagostera“ (es). Las Provincias (3-mart 2012-yil). Qaraldi: 23-iyul 2015-yil.
  3. „El Alavés cierra su plantilla con el fichaje de Juanma“ (es). Deportivo Alavés (31-avgust 2012-yil). 23-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-iyul 2015-yil.
  4. Sanchis, José. „El Huracán, fuera de la Copa“ (es). Super Deporte (17-oktabr 2012-yil). Qaraldi: 23-iyul 2015-yil.
  5. „Huracán 1–2 Alavés“ (es). Royal Spanish Football Federation (17-oktabr 2012-yil). Qaraldi: 23-iyul 2015-yil.
  6. „Παίρνει Χουάνμα ο Αστέρας“ (el). Gazzetta (9-iyul 2013-yil). Qaraldi: 8-avgust 2015-yil.
  7. Batis. „ΟΦΗ – Αστέρας Τρίπολης 1–1“ (el). Sport 24 (15-sentabr 2013-yil). Qaraldi: 23-iyul 2015-yil.
  8. Papamakarios. „Αστ. Τρίπολης-Πλατανιάς 3–0“ (el). Sport 24 (12-yanvar 2014-yil). Qaraldi: 13-avgust 2015-yil.
  9. „Λύθηκε το συμβόλαιο του Χουάνμα“ (el). Sport 24 (18-iyun 2014-yil). Qaraldi: 8-avgust 2015-yil.
  10. „Τετραπλό χτύπημα η Καλλονή“ (el). Sport 24 (19-iyun 2014-yil). Qaraldi: 8-avgust 2015-yil.
  11. Tembelis. „Πανιώνιος – Καλλονή 0–2“ (el). Sport 24 (9-noyabr 2014-yil). Qaraldi: 13-avgust 2015-yil.
  12. Tsiokos. „Καλλονή – Ξάνθη 2–2“ (el). Gazzetta (9-fevral 2015-yil). Qaraldi: 23-iyul 2015-yil.
  13. Samolis. „Έμεινε και ο Χουάνμα στην Καλλονή“ (el). Sport 24 (29-may 2015-yil). Qaraldi: 8-avgust 2015-yil.
  14. „Hearts sign striker Juanma Delgado from Kalloni“. BBC Sport (25-iyun 2015-yil). Qaraldi: 25-iyun 2015-yil.
  15. Samolis. „Ποσοστό μεταπώλησης σε Χουάνμα!“ (el). Sport 24 (29-iyun 2015-yil). Qaraldi: 13-avgust 2015-yil.
  16. Lindsay. „Heart of Midlothian 4–3 St Johnstone“. BBC Sport (2-avgust 2015-yil). Qaraldi: 3-avgust 2015-yil.
  17. Moffat. „Dundee 1–2 Heart of Midlothian“. BBC Sport (8-avgust 2015-yil). Qaraldi: 8-avgust 2015-yil.
  18. McLauchlin. „St Johnstone 0–0 Hearts: Juanma must adapt – Hearts boss“. BBC Sport (19-dekabr 2015-yil). Qaraldi: 23-mart 2016-yil.
  19. „Juanma Delgado, gol para el UCAM Murcia“ (es). UCAM Murcia (31-avgust 2016-yil). 11-sentabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-oktabr 2022-yil.
  20. Sánchez, Guillermo. „El UCAM golea y se gusta ante un flojo Almería“ (es). Marca (21-sentabr 2016-yil). Qaraldi: 14-fevral 2018-yil.
  21. Anderson, Barry. „Juanma completes move from Hearts to Japan“. Edinburgh Evening News (12-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 12-yanvar 2017-yil.
  22. „Los 12 futboleros españoles en Japón“ (es). Mundo Deportivo (12-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 7-yanvar 2022-yil.
  23. Ortiz de Lazcano, Javier. „«El club controla todo lo que hacemos los jugadores»“ (es). El Correo (14-aprel 2020-yil). Qaraldi: 7-yanvar 2022-yil.
  24. 24,0 24,1 24,2 „Juanma: Juan Manuel Delgado Lloria“. BDFutbol. Qaraldi: 26-aprel 2018-yil.
  25. 25,0 25,1 25,2 25,3 25,4 25,5 25,6 25,7 25,8 „Juanma“. Soccerway. Qaraldi: 26-aprel 2018-yil.