Juan Lucero

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Juan Martín Lucero (talaffuzi: Xuan Martin Lucero; 1991-yil 10-oktyabrda Buenos Airesda tugʻilgan) — argentinalik futbolchi, „Colo-Colo“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Juan Martín Lucero
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Juan Martín Lucero
Tavallud sanasi 10-oktyabr 1991-yil (1991-10-10) (32 yosh)
Tavallud joyi Junín, Argentina
Boʻyi 1.79
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Colo-Colo
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2006—2009 Defensa y Justicia
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2014 Defensa y Justicia 65 (26)
2015 Independiente 34 (9)
2016 Johor Darul Taʼzim 22 (16)
2017—2021 Tijuana 61 (13)
2019 → Godoy Cruz (ijara) 7 (1)
2019—2020 → Defensa y Justicia (ijara) 11 (5)
2020—2021 → Vélez Sarsfield (ijara) 48 (14)
2022— Colo-Colo 22 (14)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Juan Lucero „Defensa y Justicia“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi. 2010-yil 6-oktyabrda Argentina premyer ligasida „Aldosivi“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan[1]. 2012-yil 9-iyunda „Huracán“ futbol klubiga qarshi bahsdada Juan Lucero „Defensa y Justicia“ safida birinchi golini urgan[2]. 2014-yil 26-aprel kuni „Crucero del Norte“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Juan Lucero xet-trik qayd etgan[3]. Oʻsha mavsumda Juan Lucero 24 ta gol urgan va eng yaxshi toʻpurarga aylangan. Oʻsha yilning yozida Juan Lucero 750 ming yevro evaziga „Independiente“ futbol klubiga oʻtgan. 10-avgust kuni „Atlético Rafaela“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Juan Lucero Argentina premyer ligasida debyut qilgan[4]. Oʻsha oʻyinda Juan Lucero „Independiente“ safidagi ilk golini urgan.

2016-yil boshida Juan Lucero Malayziyaning „Johor“ jamoasiga oʻtgan. Transfer summasi 2,5 million yevroni tashkil qilgan. Juan Lucero Malayziya Superligasida debyutini 13-fevral kuni „Selangor“ futbol klubiga qarshi oʻtkazgan [5]. 5-aprel kuni „Perak“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Juan Lucero „Johor“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan[6]. 24-sentyabr kuni „T-Team“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u xet-trik qayd etgan[7]. Debyut mavsumida Juan Lucero 16 ta gol urgan va klubga chempionlik hamda Malayziya kubogini yutishda yordam bergan.

2017-yil boshida Juan Lucero Meksikaning „Tijuana“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 14-yanvar kuni „Puebla“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Juan Lucero Meksika premyer ligasida debyut qilgan[8]. 11-fevral kuni „Necaxa“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Juan Lucero „Tijuana“ futbol klubi safida birinchi golini urgan[9].

Statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Defensa y JusticiaArgentina bayrogʻi Argentina 2010—2011 8 0 8 0
2011—2012 6 2 6 2
2012—2013 14 0 2 0 16 0
2013—2014 37 24 37 24
IndependienteArgentina bayrogʻi Argentina 2014 15 4 1 0 16 4
2015 18 5 2 0 4 0 24 5
2016 1 0 1 0
Jami 34 9 3 0 4 0 41 9
Johor Darul TakzimXatolik! 2016 22 16 6 6 7 6 35 28
Jami 22 16 6 6 7 6 35 28
Club TijuanaMeksika bayrogʻi Meksika 2017 19 5 4 0 23 5
2017—2018 26 7 5 2 2 0 33 9
2018—2019 17 1 3 0 20 1
Jami 62 13 12 2 2 0 76 15
Godoy CruzArgentina bayrogʻi Argentina 2019 7 1 3 0 6 1 16 2
Jami 7 1 3 0 6 1 16 2
Defensa y JusticiaArgentina bayrogʻi Argentina 2019—2020 11 5 1 0 2 0 14 5
Jami 76 31 3 0 2 0 81 31
Vélez SarsfieldArgentina bayrogʻi Argentina 2020 12 1 8 2 20 3
2021 36 13 2 0 7 2 45 15
Jami 48 14 2 0 15 4 65 18
Colo-ColoChili bayrogʻi Chili 2022 26 15 5 4 8 5 39 24
Jami 26 15 5 4 8 5 39 24
Umumiy faoliyatida 275 99 34 12 44 16 353 127

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Дефенса и Хустисия VS. Альдосиви 0:0“ (en). soccerway.com (2010-yil 6-oktyabr).
  2. „Дефенса и Хустисия VS. Уракан 4:2“ (en). soccerway.com (2012-yil 9-iyun). 2013-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-oktyabr.
  3. „Дефенса и Хустисия VS. Крусеро-дель-Норте 3:1“ (en). soccerway.com (2014-yil 26-aprel). 2014-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-oktyabr.
  4. „Индепендьенте VS. Атлетико Рафаэла 3:0“ (en). soccerway.com (2014-yil 10-avgust). 2014-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-oktyabr.
  5. „Джохор VS. Селангор 1:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 13-fevral). 2018-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-oktyabr.
  6. „Джохор VS. Перак 2:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 5-aprel). 2018-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-oktyabr.
  7. „Джохор VS. Т-Тим 5:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 24-sentyabr). 2016-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-oktyabr.
  8. „Тихуана VS. Пуэбла 6:2“ (en). soccerway.com (2017-yil 14-yanvar). 2018-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-oktyabr.
  9. „Тихуана VS. Некакса 1:2“ (en). soccerway.com (2017-yil 11-fevral). 2018-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-oktyabr.