José Raúl Capablanca

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xose Raul Kapablanka

Xose Raul Kapablanka (isp. José Raúl Capablanca; Capablanca; 1888.19.11, Gavana, — 1942.8.3, Nyu-York) — kubalik shaxmatchi, diplomat. 3-jahon chempioni (1921—27). 4 yoshida shaxmatni oʻrganib, 14 yoshida Kuba chempioni boʻlgan va soʻng bir qator muvaffaqiyatlarga erishgan: jahon chempioni E. Lasker bilan boʻlgan matchni yutgan (1921), San-Sebastyan (1911), London (1922), Nyu-York (1927), Moskva (1936)da oʻtkazilgan xalqaro turnirlarda birinchi mukofotlarni qoʻlga kiritgan. 1936-yil Nottingemda M.M.Botvinnik bilan birga turnir gʻolibi boʻlgan. Shaxmat oʻyini texnikasini mukammallashtirishda K.ning xizmatlari katta. "Mening shaxmatdagi shuhratim", "Shaxmat oʻyini asoslari", "Shaxmat oʻyini darsligi" va b. kitoblari bor.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Andoza:Chess-stub