Kontent qismiga oʻtish

Josephine Langford

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Josephine Langford

Langford Langford 2021-yilda
Tavalludi 18-avgust 1997-yil (1997-08-18) (26 yosh)
Fuqaroligi Avstraliya bayrogʻi Avstraliya
Kasbi Aktrisa
Boʻyi 167 sm
Faoliyat yillari 2007 – hozirgacha
Qarindoshlari

Josephine Eliza Langford (talaffuzi: Jozefin Lengford; 1997-yil 18-avgustda tugʻilgan[1]) – avstraliyalik aktrisa. U After filmlar seriyasida jonlantirgan Tessa Young roli orqali shuhrat qozongan. U ,shuningdek, Netflix tomonidan suratga olingan „Moxie“ filmida Emma Cunningham rolini, Amazon Prime Video tomonidan suratga olingan „The Other Zoey“ va „Gigi & Nate“ filmlarida esa mos ravishda Zoey va Katy Gibson rollarini ijro etgan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Langford Gʻarbiy Avstraliyaning Pert shahrida tugʻilgan va Pertning daryo boʻyida joylashgan shaharchasi Applecrossda katta boʻlgan[2][3][4]. U uchuvchi shifokor Stephen Langford va tibbiy xizmatlar direktori pediatr Elizabeth Greenning kenja qizi[5][6]. Uning katta opasi Katherine Langford ham aktrisalik faoliyati bilan shugʻullanadi.

Bolaligida Langford musiqaga qiziqib qoldi hamda saksofon, skripka va pianino chalishni oʻrgandi[7]. U bolaligida kriket ham oʻynagan. 2008-yilda, 10 yoshida, Langford musiqa tanlovi uchun „Shadows“ nomli qoʻshiqni yozdi va ijro etdi. Bu qoʻshiq orqali u „Yil qoʻshigʻi“ mukofotini qoʻlga kiritdi[8]. U, shuningdek, boshqa yosh bastakor Kristina Lang bilan „Lonely“ (2007) va „Sea Shanty“ (2008) kabi yana ikkita qoʻshiq yozgan.

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Langford 13 yoshida aktyorlik saboqlarini ola boshladi[3]. 2012-yilda u Pert kino maktabida aktyorlik boʻyisha oʻqishni boshladi[9]. 14 yoshida u „Sex Ed“ (2013), „When Separating“ (2013) va „Gypsy Blood“ (2014) kabi bir nechta qisqa metrajli filmlarda suratga tushadi[10]. U kinofestivallarda namoyish etilgan „Pulse“ (2017) nomli hind filmida ekrandagi debyutini qildi[11]. Langford, shuningdek, oʻsha yili Joey King bilan birgalikda „Wish Upon“ nomli harror janridagi filmda ikkinchi darajali rolni ijro etdi[12][13]. U 2017-yilda Avstraliyaning „Wolf Creek“ nomli serialida televizion debyutini qildi.

2018-yil iyul oyida Langford Anna Todd tomonidan 2014-yilda yozilgan xuddi shu nomdagi roman asosida suratga olingan „After“ filmida Tessa Young rolini oʻynadi. Film premyerasi 2019-yilda boʻlib oʻtdi va butun dunyo boʻylab 69,7 million dollar daromad keltirdi. U Tessa roli uchun Teen Choice mukofotini qoʻlga kiritdi. Jozefina Langford 2020-yil sentabr oyida chiqarilgan „After We Collided“ filmida tessa Young rolini yana bir bor ijro etdi. 2019-yilda Langford „Into the Dark“ nomli Amerika qoʻrqinchli antologiyasi veb-serialida Kler rolini oʻynadi. 2019-yil noyabr oyida esa Jennifer Mathieu tomonidan yozilgan xuddi shu nomdagi romanga asoslangan „Moxie“ nomli Netflix filmida Emma Cunningham rolini ijro etdi. „After“ filmlar seriyasiga kiruvchi uchinchi va toʻrtinchi filmlar „After We Fell“ va „After Ever Happy“ mos ravishda 2021 va 2022-yillarda chiqarildi. Beshinchi va yakuniy „After Everything“ filmining premyerasi esa 2023-yilda boʻlib oʻtdi. Josephine Langford ushbu filmlarda ham Tessa Young rolini ijro etdi.

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmlardagi rollari
Yil Momi Rol
2017 Wish Upon Darcie Chapman
2019 After Tessa Young
2020 After We Collided Tessa Young
2021 Moxie Emma Cunningham
2021 After We Fell Tessa Young
2022 Gigi & Nate Katy Gibson
After Ever Happy Tessa Young
2023 After Everything Tessa Young
The Other Zoey Zoey Miller
Teleseriallardagi rollari
Yil Nomi Rol Izohlar
2017 Wolf Creek Emma Webber Qismlar: „Journey“, „Outback“
2019 Into the Dark Clair Singer Qism: „They Come Knocking“
2020 Day by Day Lucy Ovoz bergan; qism: „At the Peak of It All“
Belle Williams Ovoz bergan; qismlar: „Class of 2020: Prom“, „Class of 2020: Graduation“

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Mukofot Turkum Nominant Natija
2019 Teen Choice Awards Tanlangan drama film aktrisasi After Yutuq[14]
2021 Just Jared Awards 2021-yilning eng yaxshi aktrisasi Josephine Langford Yutuq[15]
2022 Just Jared Awards 2022-yilning eng sevimli yosh aktrisasi Josephine Langford Yutuq[16]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Waterhouse, Jonah „Everything You Need To Know About Josephine Langford, The Star Of 'After'“. Elle (20-fevral 2019-yil). 27-sentabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-sentabr 2019-yil.
  2. „Josephine Langford“. TV Guide. Qaraldi: 2023-yil 15-avgust.
  3. 3,0 3,1 Campbell, Kate „From Applecross to Hollywood star“. PerthNow (2018-yil 2-dekabr). 2019-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-iyul.
  4. McCarthy, Lauren „Is Josephine Langford Poised to be the Next Kristen Stewart?“. W Magazine (2019-yil 12-aprel). 2019-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-iyul.
  5. Wynne, Emma „Local hero's 32 years saving lives in the air“. ABC News (2015-yil 26-noyabr). 2018-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-iyul.
  6. „The Author - Parenting Is Forever“. parentingisforever.com.au. 2019-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-iyun.
  7. „Josephine Langford: chi è l'attrice protagonista di After“ (it). tg24.sky.it (2019-yil 12-aprel). 2020-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-may.
  8. „Josephine Langford "Shadows"“. 2020-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-may.
  9. „Our Student Josephine Langford Stars in the Movie "After"“. Marbella Film School (2019-yil 25-aprel).
  10. „Perth star Josephine Langford is set to star in this steamy movie“. celebrity.nine.com.au (2018-yil 23-noyabr). 2019-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-iyul.
  11. „How tall is Josephine Langford?“. PopBuzz. 2019-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-iyul.
  12. „Josephine Langford Set to Become Hollywood's "It Girl" | BLOUIN ARTINFO“. blouinartinfo.com. 2019-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-iyul.
  13. „Josephine Langford Is Ready for the After Effect“. Yahoo! Finance. 2019-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-iyul.
  14. August 11, Rachel Yang; EDT, 2019 at 08:06 PM „Teen Choice Awards 2019: See the full list of winners and nominees“. EW.com. 2019-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-iyun.
  15. „Just Jared on twitter“. Twitter. Qaraldi: 2023-yil 9-iyun.
  16. „Just Jared on twitter“. Twitter. Qaraldi: 2023-yil 9-iyun.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]