Kontent qismiga oʻtish

After Everything

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
After Everything
Rejissyor(lar) Castille Landon
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar) Castille Landon
Qaysi asarga
asoslangan
After
Anna Todd
Rollarda
Bastakor(lar) George Kallis
Kinematografiya Joshua Reis
Muharrir(lar) Joshua Kirchmer
Studiya(lar)
Distribyutor Voltage Pictures
Chiqarilgan sanasi
  • 13-sentyabr, 2023-yil(2023-09-13)
Davomiyligi 93 daqiqa[1]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Daromadi $10,6 million[2]

After Everything – Anna Toddning „After“ nomli romanlar seriyasga asoslangan hamda Castille Landon rejissyorligida suratga olingan 2023-yilgi amerika romantik dramasi. „After Ever Happy“ (2022) filmining mantiqiy davomi va „After“ filmlari seriyasining beshinchi qismi. Filmda Josephine Langford va Hero Fiennes Tiffin mos ravishda Tessa Young va Hardin Scott rollarini ijro etagan.

Film 2023-yil 13-sentabrda Voltage Pictures tomonidan Amerika Qo'shma Shtatlarining tanlangan kinoteatrlarida namoyish etildi.

Syujeti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tessa bilan ajrashganidan bir yil oʻtgach, ularning sevgi hikoyasi boʻlgan „After“ asarining qoʻlyozmasini topgach, Hardin hali ham Tessani sogʻinardi. Nashriyotchi Ketrin esa uni yil oxirigacha bestsellerning davomini nashr etishga undardi.

Uni doʻstlari koʻngilxushlik qilish uchun klubga borishga majbur qilishadi, ammo, Hardin u yerda zavqlana olmaydi, chunki u Tessa haqida tinimsiz oʻylab yurgan edi. Ketrin va uning doʻsti Hardindan ularni oʻz xonasiga olib borib qoʻyishni soʻrashadi, ammo u oʻzini yaxshi his qilmayotganini aytib, hushidan ketmagunicha ichadi.

Ertasi kuni onasi va oʻgay otasi bilan tushlik paytida Hardin yana ichkilik ichgani va hamma narsani unutib, harakat qilmay qoʻygani uchun tanbeh eshitadi. Tessa uning butun borligʻi va uning ilhomi ekanligini tushuntirganda, u yozuvchilikka qaytmoqchi boʻladi. Hardinning onasi unga oʻrmishini tiklashni taklif qiladi, keyin Natali haqida gapiradi. U yoshligidan buyon Lissabonda yashar edi.

Hardin Natali bilan yarashish uchun u ishlaydigan doʻkonga boradi. Natali uni tashqariga olib chiqadi va u bilan keyinroq koʻrishishi kerakligini aytadi. Hardinning xayoliga ular qachon uchrashganlari keldi. Qimmatbaho soatni poker oʻyinida qaytarib olish uchun u qizni yoʻldan urish va uni yozib olish uchun garovga rozi boʻldi.

Natali Hardinning doʻstidan video tarqalishiga sabab boʻlgan norozilikdan qochish uchun Lissabonga koʻchib oʻtadi. U kollejga borishga ham qurbi yetmay qoladi, shuning uchun yangi ish topishga qaror qildi. Ular bir-biriga yetib olgandan soʻng, Natali Hardinni oʻzi va doʻstlari bilan birgalikda plyajga borishga taklif qiladi. U yerda Sebastian uni qoyadan turib suvga shoʻngʻishga undaydi.

Ertasi kuni Natali bilan birga suzishga chiqadi va unga Tessa u bilan ajrashganini aytib, Hardin ikkala vaziyat ham oʻxshash boʻlganini tushunadi. Ikkalasi ham bir-birlarigi shaxsiy hayotlari haqida gapirib berishdi. Sohilda Sebastian va uning doʻstlari Hardinni doʻstiga qoʻl koʻtargani uchun janjallashishadi, keyin esa qamoqqa tushadi.

Hardinning otasi uni qamoqdan chiqarib oladi va uni ko'nglini ko'tarishga harakat qilib, Tessa uchun qalbida joy topa olishini, buning uchun esa harakat qilishi kerakligini aytadi. Hardin o‘z xonasini tozalayotganda Landonni to‘yining taklifnomasiga duch keladi. Landon undan yaqin do'st bo'lib qolishni so'ragan edi. Hardin yana yozishga qaror qiladi.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ishlab chiqarilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rivojlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil avgust oyida „After Ever Happy“ filmi bilan bir vaqtda beshinchi film ham suratga olinayotgani eʼlon qilindi. Film rejissyor Castille Landon tomonidan „After“ romanlar seriyasi asosida suratga olinayotgan edi. Josephine Langford va Hero Fiennes Tiffin mos ravishda Tessa Young va Hardin Scott rollarini yana bir bor ijro etayotgan edi[3][4][5][6]. Louise Lombard va Stephen Moyer ham mos ravishda Trish Daniels va Christian Vance rollarini ijro etish uchun aktiyorlar jamoasiga olindi. Mimi Keene va Benjamin Mascolo esa yangi qahramonlar hisoblangan Natalie and Stephen rollarini ijro etish uchun aktyorlar tarkibiga qoʻshilishdi. Bundan tashqari, Cora Kirk, Rosa Escoda, Jessica Webber va Ella Martinelar ham filmda ikkinchi darajali rollarda ishtirok etish uchun taklif qilindi[7].

Suratga olinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film 2022-yil avgust oyida Portugaliyada maʼlum qilinganidek, avvalgi qism bilan bir vaqtda yashirin tarzda suratga olingan[7][3][4][5][6].

Chiqarilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

„After Everything“ 2023-yil 13-sentabrda Amerika Qo‘shma Shtatlarida Voltage Pictures tomonidan tanlab olingan kinoteatrlarda namoyish etildi[8][9][10]. Fathom Events 2023-yil 13—14-sentabr kunlari Amerika Qo'shma Shtatlarida filmning maxsus namoyishlarini oʻtkazdi[11].

Filmning raqamli versiyasi 2023-yil 3-oktabrda chiqarildi. U Amazon Prime Video platformasi orqali Buyuk Britaniya va Fransiyada 3-oktabrda, Avstraliya va Yangi Zelandiyada esa 6-oktabrda taqdim etildi[12].

Davomi[tahrir | manbasini tahrirlash]

"After Everything" filmi „After“ filmlar seriyasining yakuniy qismi boʻlishiga qaramay, Lendon 2021-yil aprel oyida serial qahramonlarining bolalari atrofida filmning qoʻshimcha davomi tayyorlanayotganini aytdi[13].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. After Everything (15)“. British Board of Film Classification (2023-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 12-oktyabr.
  2. „After Everything (2023)“. Box Office Mojo. Qaraldi: 2023-yil 12-noyabr.
  3. 3,0 3,1 El-Mahmoud, Sarah „Hero Fiennes Tiffin Announces He's Already Filmed A Surprise After Sequel, And Fans Are Confused“. CinemaBlend (2022-yil 25-avgust). Qaraldi: 2023-yil 22-iyul.
  4. 4,0 4,1 Campano, Leah (August 25, 2022). „Everything You Need to Know About "After Everything," the Fifth "After" Film: Hessa's Story Continues“. Seventeen. Qaraldi: July 22, 2023.
  5. 5,0 5,1 Fuentes, Tamara (August 25, 2022). „Everything We Know About 'After Everything,' the Fifth Movie in the 'After' Franchise“. Cosmopolitan. Qaraldi: July 22, 2023.
  6. 6,0 6,1 Romanchick, Shane „The 'After' Saga Continues as Hero Fiennes Tiffin Confirms Fifth Movie 'After Everything'“. Collider (2022-yil 25-avgust). Qaraldi: 2023-yil 22-iyul.
  7. 7,0 7,1 Norman, Dalton „After Everything (2023): Release Date, Cast, Story, Trailer & Everything We Know“. Screen Rant (2023-yil 4-iyul). Qaraldi: 2023-yil 22-iyul.
  8. „Domestic Release Schedule – September 2023“. Box Office Mojo. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  9. „After Everything (2023)“. The Numbers. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  10. @aftermovie. „The final installment of the After series is near 🖤 Watch the #AfterEverything trailer and see it in theaters in the US and select countries starting September 13.“ (2023-yil 1-may). Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  11. Smith, Katie Louise „When does After Everything come out on Netflix? Here's the streaming release dates“. PopBuzz (2023-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  12. Sandwell, Ian „How to watch After Everything online at home“. Digital Spy (2023-yil 3-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 6-oktyabr.
  13. D'Alessandro, Anthony „'After' Franchise Expands with Prequel & Sequel; Castille Landon Set as Director & Writer“. Deadline Hollywood (2021-yil 19-aprel). Qaraldi: 2023-yil 22-iyul.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]