José María Callejón
|
| |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | José María Callejón Bueno[1] | ||
| Tavallud sanasi | 1987-yil 11-fevral | ||
| Tavallud joyi | Motril, Ispaniya | ||
| Boʻyi | 1.78 m[2] | ||
| Ampluasi | yarimhimoyachi | ||
| Laqabi | Calleti | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| Costa Tropical | |||
| 2002—2006 | Real Madrid | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2006—2007 | Real Madrid C | 4 | (0) |
| 2007—2008 | Real Madrid B | 41 | (21) |
| 2008—2011 | Espanyol | 97 | (10) |
| 2011—2013 | Real Madrid | 55 | (8) |
| 2013—2020 | Napoli | 255 | (64) |
| 2020—2022 | Fiorentina | 50 | (1) |
| 2022—2024 | Granada | 67 | (4) |
| 2024—2025 | Marbella | 37 | (10) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2008—2009 | Ispaniya U21 | 4 | (1) |
| 2014—2017 | Ispaniya | 5 | (0) |
|
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (17-may uchun) | |||
José María Callejón Bueno (talaffuzi: Xose Maria Kayyexon Bueno; 11-fevral 1987, Motril, Ispaniya) — ispaniyalik sobiq professional futbolchi bo‘lib, hujumchi yoki qanot hujumchisi ampulalarida to‘p surgan.
Jamoalardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Real Madrid
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kalyexon yoshlikdan „Real Madrid“ tarbiyalanuvchisi hisoblanib, u professional faoliyatidagi debyutini „Real Madrid B“ jamoasida 2007-yilning may oyida nishonladi[3] va 2006/07 mavsumda u Segunda ligasi 4 ta golsiz oʻyin oʻtkazdi[4].
2007/08 mavsumda esa u 37 ta oʻyinda ishtirok etib, 21 ta gol urishga muvaffaq boʻldi[5]. Natijada u jamoaning toʻpurari sifatida mavsumni tugatdi.
Espanyol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsum tugashi bilan Kalyexon oʻzining egizak akasi Juanmi bilan „Real Madrid“ni tark etib, „Espanyol“ jamoasi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi[6][7]. La Ligadagi debyutini 2008-yil 20-sentyabrda uy maydonida oʻtgan „Xetafe“ jamoasi bilan kechgan uchrashuvda maydonga almashtirilib tushirildi.
2009-yil 15-martda u „Espanyol“ tarkibidagi birinchi golini „Malyorka“ darvozasiga urishga muvaffaq boʻldi. U keyingi mavsumlarda asosiy tarkib oʻyinchisiga aylandi va asosan qanot yarimhimoyachisi sifatida maydonga tusha boshladi.
2011-yil 15-yanvarda Kalyexon „Sevilya“ darvozasiga oʻzining birinchi dublini kiritdi (2:1)[8]. U ichki chempionatning faqat bittagina oʻyinini oʻtkazib yubordi va u mavsum oxirigacha 6 ta gol urishga muvaffaq boʻldi, jamoa esa turnir jadvalida oʻzi uchun qulay boʻlgan oʻrin bilan mavsumni yakunladi.
Realga qaytish
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yilning 23-mayida Kalyexon Real bilan 1-iyuldan boshlab kuchga kiruvchi besh yillik shartnoma imzoladi. Transfer narxi € 5,5 mln.ni tashkil etgan. 16-iyul u Real tarkibidagi birinchi oʻyinida Los Anjeles Gelaksi jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 30-daqiqada gol urishga ham muvaffaq boʻldi.
2011-yil 2-oktyabrda u oʻzining sobiq jamoasi „Espanyol“ga qarshi 2-nchi boʻlimda maydonga tushdi va Krishtianu Ronalduning toʻp uzatishidan soʻng, oʻzining „Real Madrid“dagi rasmiy birinchi golini urdi. U sobiq jamoasini hurmatini saqlagan holda shunchaki qoʻlini osmonga koʻtargancha yurib, golini nishonlamadi[9].
UEFA Chempionlar Ligasi 2011-2012 guruh bosqichida muddatidan oldin play-offga chiqqan jamoa bosh murabbiyi qolgan oʻyinlarda zahira oʻyinchilarini tushirdi va 2011-yilning 22-noyabrida Zagrebning Dinamo jamoasiga qarshi kechgan oʻyinda Kalyexon oʻz hisobiga bitta golni yozdirdi va jamoa oʻsha oʻyinda 6:2 hisobida gʻalaba qozondi[10]. Shuningdek, guruh bosqichining soʻnggi Ayaks bilan kechgan oʻyinida u dubl qaytib etib, jamoasining 3:0 hisobida gʻalaba qozonishiga yordam berdi[11].
Napoli
[tahrir | manbasini tahrirlash]2013-yil 9-iyulda Kalyexon Italiyaning Napoli jamoasiga 10 mln. yevro evaziga oʻtdi. U italiyaliklar bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. Unga jamoaning „7“ raqami berildi.
Terma jamoada
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kalyexon Ispaniya yoshlar terma jamoasidagi debyutini 2008-yil 25-martida Qozogʻiston yoshlar terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda nishonladi. U oʻyinda 46-daqiqada Boyan Krkich oʻrniga maydonga tushib, 15-daqiqadan soʻng, oʻzining termadagi birinchi golini kiritishga erishdi. Ispaniya ushbu oʻyinda 5:0 hisobida gʻalaba qozondi[12].
Jamoadagi statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yil 5-may holatiga.
| Jamoa | Mavsum | Liga | Kubok | Yevrokuboklar | Jami | ||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Oʻ | G | TU | Oʻ | G | TU | Oʻ | G | TU | Oʻ | G | TU | ||
| Real Madrid B | 2006/07 | 4 | 0 | — | — | — | 4 | 0 | — | ||||
| 2007/08 | 37 | 21 | — | — | — | 37 | 21 | — | |||||
| Jami | 41 | 21 | — | — | — | 41 | 21 | — | |||||
| Espanyol | 2008/09 | 24 | 2 | 0 | 6 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 30 | 4 | 0 |
| 2009/10 | 36 | 2 | 4 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 37 | 2 | 4 | |
| 2010/11 | 37 | 6 | 7 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 39 | 6 | 7 | |
| Jami | 97 | 10 | 11 | 9 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 106 | 12 | 11 | |
| Real Madrid | 2011/12 | 25 | 5 | 0 | 7 | 3 | 1 | 5 | 5 | 0 | 37 | 13 | 1 |
| Jami | 25 | 5 | 0 | 7 | 3 | 1 | 5 | 5 | 0 | 37 | 13 | 1 | |
| Faoliyatidagi jami | 163 | 36 | 11 | 16 | 5 | 1 | 5 | 5 | 0 | 184 | 46 | 12 | |
Erishgan natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ispaniya chempioni: 2011/12
- Ispaniya superkubogi sohibi (1): 2012
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Callejón“. Qaraldi: 2022-yil 4-noyabr.
- ↑ „Josè Maria Callejon“ (it). SSC Napoli. 2018-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-noyabr.
- ↑ „Castilla 2–1 Málaga“ (Spanish). Real Madrid's website (5-may 2007-yil). Qaraldi: 21 iyun 2008.
- ↑ „Player file: Callejón“ (Spanish). Liga de Fútbol Profesional. 2008-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21 iyun 2008.
- ↑ „Stats: José María Callejón Bueno“ (Spanish). Real Madrid vebsayti. Qaraldi: 21 iyun 2008.
- ↑ „Real Madrid and Espanyol reach an agreement for the transfer of Castilla's José Callejón“. Real Madrid vebsayti (20 iyun 2008). Qaraldi: 20 iyun 2008.
- ↑ „Espanyol sign Real Madrid B striker Callejón“. Reuters (18 iyun 2008). 2012-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18 iyun 2008.
- ↑ „Callejon nets brace“. ESPN Soccernet (15 yanvar 2011). 2011-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-mart.
- ↑ Higuain gives Mourinho plenty to ponder (Wayback Machine saytida 2011-10-05 sanasida arxivlangan); ESPN Soccernet, 2-oktabr 2011
- ↑ Perfect Madrid put six past Dinamo; UEFA.com, 22-noyabr 2011
- ↑ Ajax shattered as Madrid complete perfect set; UEFA.com, 7-dekabr 2011
- ↑ „UEFA European U-21 C'ship – Match Report – Spain 5 – 0 Kazakhstan“. UEFA.com (26-mart). 2008-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20 iyun 2008.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 11-fevralda tugʻilganlar
- 1987-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Ispaniyalik erkak futbolchilar
- Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari
- Futboldagi erkak hujumchilar
- Real Madrid C futbolchilari
- Real Madrid Castilla futbolchilari
- RCD Espanyol futbolchilari
- Real Madrid CF futbolchilari
- Granada CF futbolchilari
- Marbella FC futbolchilari
- Serie A futbolchilari
- SSC Napoli futbolchilari
- ACF Fiorentina futbolchilari
- La Liga oʻyinchilari
- Segunda División futbolchilari
- Segunda División B oʻyinchilari
- Tercera División oʻyinchilari
- Primera Federación futbolchilari
- Ispaniyalik muhojir erkak futbolchilar
- Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
