Jorvan Vieira

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jorvan Vieira
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 29-sentyabr 1953-yil (1953-09-29) (70 yosh)
Tavallud joyi Dukidi-kashias, Braziliya
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1970–1972 Vasco da Gama
1972–1978 Botafogo
1978–1980 Portuguesa
Boshqargan klublari
1980 Qatar SC
1982–1983 Oman U-20
1983–1984 FAR Rabat
1984 Wydad Casablanca
1984 Tihad Sportif Casablanca
1984–1986 IR Tanger
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Jorvan Vieyra (1953-yil 29-sentabrda tugʻilgan) — braziliyalik va portugaliyalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi, Braziliya A Seriyasida „Botafogo“, „Vasko da Gama“ va „Portugaliya“ klublarida oʻynagan va hozirgi kunda murabbiy sifatida faoliyat boradi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vieyra Braziliyaning Rio-de-Janeyro shtatidagi Dukidi-kashias shahrida tugʻilgan. U oʻzining professional futbolchilik faoliyatini toʻrt yili davomida Sport tibbiyoti yoʻnalishida oʻqiganidan soʻng boshlagan, 1970-yillarda Braziliyaning „Vasko da Gama“, "Botafogo " va „Portuguesa“ klublarida oʻynagan[1].

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vieyra 1986-yilda Meksikada boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha jahon chempionatida Marokash milliy terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi etib tayinlangan. Musoboqada hamyurti Xose Fariya bilan birga u Marokashni Angliya, Portugaliya va Polsha oʻrin olgan guruhda, guruh gʻolibi sifatida turnirning ikkinchi bosqichiga olib chiqdi.

Keyinchalik u Quvaytning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida[2] bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borib, foydali oʻyin koʻrsatdi. 1999-yilgi mavsumda „Al Qodisiya“ni Quvayt ligasi chempioni aylanishida katta hissa qoʻshdi. 2001-yilda Misrning „Al-Ismoiliy“ klubini boshqarganidan soʻng keyingi muvaffaqiyatlariga erishdi. Oʻsha yili Vieyra yana Ummonning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bir yil ishlagandan soʻng, Vieyra Malayziyaning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga murabbiylik qildi va Ummonga qaytdi va u yerda „Al-Nasr Salaloh“ jamoasini Sulton Qobus kubogiga olib chiqdi va keyinchalik Saudiya Arabistonining „Al-Taʼee“ klubiga bosh murabbiylik qildi[3].

2007-yil 26-dekabrda Vieyra Eron Pro-ligasida Mes Kerman FK bilan taxminan 640 000 dollar evaziga bir yillik shartnoma imzolagani rasman eʼlon qilindi[4]. Ammo bir necha kundan soʻng, 29-dekabrda bitim moliyaviy sabablarga koʻra amalga oshmadi[5].

2008-yil 2-fevralda Vieyra OChL 2007 finalchisi „Sepahan“ klubi bilan 18 oylik shartnoma imzoladi[6]. Vieyra 2008-yilning 9-iyunida, shartnoma muddati tugashiga 12 oy qolganda „Sepaxon“ FK tomonidan ishdan boʻshatildi[7].

Vieyra 2008-yil 2-sentyabrda Iroq terma jamoasi bilan bilan bir yillik shartnoma imzoladi va ularni ikkinchi marta boshqardi. Iroqdagi ikkinchi faoliyatida Fors koʻrfazi kubogida yetakchilik qildi[8].

2013-yil 10-avgustda Jorvan Vieyra Quvayt milliy terma jamoasiga murabbiy etib tayinlandi. Braziliyalik murabbiyning Iroq terma jamoasini 2007-yilgi Osiyo Kubogida muvaffaqiyatga erishtirgani Quvaytliklar uchun katta sabab boʻldi[9].

2018-yilning oktabr oyida Jorvan Viera Misrning Ismoili jamoasiga murabbiy etib tayinlangandi. 2018-2019-yilgi mavsumdagi arab klublari chempionlar kubogida bir qator yomon natijalar va penaltilar seriyasidan 4:2 hisobida Raja Kasablanka jamoasiga magʻlub boʻlib turnirdan chiqib ketganidan soʻng, 2018-yilning 13-dekabrida atigi 2 oydan keyin isteʼfoga chiqdi.

Osiyo Kubogidagi muvaffaqiyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yilgi Osiyo Kubogi finaliga ikki oydan kamroq vaqt qolganida Vieyra urushdan vayron boʻlgan Iroq terma jamoasiga murabbiy etib tayinlandi. Vieyra ularni 2007-yilgi WAFF chempionati finaliga qadar yetakladi, ammo finalda Eronga qarshi oʻyinda 1:2 hisobida yutqazib, ikkinchi oʻrinni egalladi. Ushbu turnirdan soʻng Iroq terma jamoasi Osiyo kubogida maydonga tushdi. Ajablanarlisi shundaki, u turnirdan oldingi favorit Avstraliyani 3:1 hisobida magʻlub etib, Koreyani penaltilar seriyasida ortda qoldirgan[10] va yakunda finalda oʻzining azaliy raqiblaridan biri Saudiya Arabistonini 1:0 hisobida magʻlub etdi. Trunir yakunida Iroqni 2007-yilgi Osiyo kubogida chempion boʻlishiga olib keldi[11].

Shaxsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Jorvan Vieira musulmon. U Marokashda murabbiylik qilayotganda islomni qabul qilgan, bu haqda shunday deydi: "Maʼlumotlarga koʻra, men islomni qabul qilganman, lekin „qabul qildim“ degani toʻgʻri emas — men ilgari dindor boʻlmaganman. Men ham daʼvo qilinganidek, faqat arab xotinim tufayli musulmon boʻlganim ham toʻgʻri emas"[2].
  • U 7 tilda, jumladan, arab tilida ham gapira oladi[2].
  • Fransiyadan sport fanlari doktori unvoniga ega[2].
  • U portugaliyalik otaning oʻgʻli, onasi braziliyalik va marokashlik Xadicha Fahimga uylangan[12]. Buning natijasida u Braziliya, Portugaliya va Marokash millatiga ega[13].
  • Jorvan oʻzini asosan portugal deb hisoblaydi, har doim oʻzi bilan portugal pasportini olib yurishini va futbol oʻyinlaridagi guvohnomalarida uning portugaliyalik ekanligini tan oladi. Portugaliyaning „Diário de Notícias“ gazetasiga bergan intervyusida u hatto kelajakda umrining qolgan qismini Portugaliyada oʻtkazishni xohlashini va Portugaliya futbol klubiga murabbiylik qilishni rejalashtirayotganini ham aytib oʻtdi[14].

Boshqaruv statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

match played 9 January 2021

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Murabbiy[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iroq

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „The World Game“. 2007-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 31-iyul.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „SoccerBlog.com: Jorvan Vieira: Iraq's coach and an ambassador of peace“. 2007-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 2-avgust. Soccerblog Profile
  3. „The AFC Asian Cup 2007 Official Website“. 2007-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 14-iyul. AFC Asian Cup Official Website
  4. „Mes Officials Begin Negotiations, Former Iraqi NT Head Coach in Kerman with 600 Mil“. persianleague.com. 2007-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 26-dekabr.
  5. „Vieira parts company with Mes“. theworldgame.com.au. 2011-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 29-dekabr.
  6. „Sepahan names Vieira as new coach“. persianleague.com. 2011-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 2-fevral.
  7. „Vieira released by Sepahan“. the-afc.com. 2008-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 10-iyun.
  8. [1] ESPN
  9. „kuwait appoint asian vieira“. 2013-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  10. [2] The International Herald Tribune Newspaper
  11. [3] BBC Sports News
  12. Veja magazine, # 2020, Editora Abril, p.101, August 8, 2007
  13. „.: Jornal Record :.“. 2007-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 7-avgust. The Journal Record
  14. „DN Online: O treinador 'português' do Iraque que sonha treinar o Penafiel“. 2007-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 7-avgust. Diário de Notícias Newspaper

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]