Jori Lehterä

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jori Lehterä
Lehterä Tappara klubida 2008-yil
Tugʻilgan joyi 23-dekabr 1987-yil (1987-12-23) (36 yosh)
Lempäälä, Finlandiya
Boʻyi 6 ft 2 in (188 cm)
Ogʻirligi 212 lb (96 kg; 15 st 2 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
Liiga
Sobiq jamoalar
Tappara
Jokerit
Lokomotiv Yaroslavl
Sibir Novosibirsk
St. Louis Blues
Philadelphia Flyers
SKA Saint Petersburg
Spartak Moscow
Milliy jamoa  Finlandiya
NHLga kirish drafti 65-oʻrindagi tanlov, 2008
St. Louis Blues
Jamoalardagi faoliyat 2006—hozirgacha

Jori Jonatan Lehterä (talaffuzi: Jori Jonatan Lextera)[1] (1987-yil 23-dekabrda tugʻilgan) — finlandiyalik professional xokkeychi. Jori Lehterä hozirda Liiga vakili „Tappara“ xokkey jamoasida oʻynaydi. Jori Lehterä 2014-yilgi qishki Olimpiada oʻyinlarida Finlandiya milliy xokkey terma jamoasi bilan bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jori Lehterä „Jokerit“ xokkey klubining oʻsmirlar jamoasida tarbiyalangan. U 2006-yilning kuzida jamoaning SM-liiga roʻyxatidan joy olgan. Jori Lehterä 2006-yilda Shvetsiyada boʻlib oʻtgan 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Finlandiya milliy xokkey terma jamoasi vakili sifatida tanlandi[2]. Ammo Jori Lehterä ushbu musobaqada jarohati tufayli oʻynay olmadi. Shundan soʻ[ng, Jori Lehterä 2007-yilning aprel oyida „Tappara“ xokkey klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi[3].

Jori Lehterä „St. Louis Blues“ xokkey klubi safiga 2008-yilgi NHL kirish loyihasida uchinchi raundda, umumiy 65-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Jori Lehterä 2008—2009-yilgi mavsumda „St. Louis Blues“ xokkey klubining Amerika xokkey ligasi (AHL) boʻlimi boʻlgan „Peoria Rivermen“ xokkey jamoasida oʻynash uchun Shimoliy Amerikaga koʻchib oʻtdi. Biroq, Jori Lehterä „Peoria Riverman“ xokkey klubi tarkibida atigi yettita o‘yin o‘tkazib, Finlandiyadagi „Tappara“ xokkey klubi safiga qaytib keldi. Oʻsha mavsumda Jori Lehterä SM-liiganing eng qimmat o‘yinchisi (MVP) deb topildi[4][5].

Shundan soʻng, Jori Lehterä Kontinental xokkey ligasi vakili (KHL) Yaroslavlning „Lokomotiv Yaroslavl“ xokkey jamoasida bir mavsum oʻynadi. Keyin, Jori Lehterä 2011-2014 -yillar oraligʻida KHL jamoasi "HC Sibir Novosibirsk" xokkey klubida oʻzining faoliyatini davom ettirdi[6]. 2014-yil Rossiyaning Sochi shahrida boʻlib oʻtgan qishki Olimpiada oʻyinlarida Finlandiya milliy xokkey terma jamoasi safida oʻynadi. Musobaqada jamoa bronza medali sohibi boʻldi[7].

2014-yilning 1-iyulida Jori Lehterä „St. Louis Blues“ xokkey klubi bilan ikki yillik 5,5 million dollarlik shartnoma imzoladi[8].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jori Lehteräning amakisi Tero Lehterä Finlandiya milliy xokkey terma jamoasi safida 1995 -yilgi xokkey boʻyicha jahon chempionati oltin medali sohibi boʻlgan.

2018-yil sentyabrida Finlandiya politsiyasi Jori Lehteräning uyida reyd o‘tkazdi va uning uyidan kokain musodara qilindi. Jori Lehterä oʻsha paytda uyda boʻlmagan, ammo politsiya uni kokain tarqatuvchi shaxs deb gumon qiladi[9]. 2019-yil 1-yanvarda politsiya Jori Lehterä koakainni faqat sotib olganligi va uni tarqatishga aloqasi yoʻqligi haqida bayonot berdi[10].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2003—2004 Jokerit FIN U18 19 0 6 6 2 5 3 1 4 0
2004—2005 Jokerit FIN U18 30 13 37 50 24 7 6 5 11 2
2005—2006 Jokerit FIN U20 39 14 33 47 16 4 1 4 5 0
2006—2007 Jokerit FIN U20 24 18 48 66 20 5 1 7 8 2
2006—2007 Jokerit SM-l 28 6 6 12 14
2007—2008 Tappara SM-l 54 13 29 42 32 11 4 2 6 8
2008—2009 Tappara SM-l 58 9 38 47 34
2008—2009 Peoria Rivermen AHL 7 0 1 1 2 7 1 1 2 10
2009—2010 Tappara SM-l 57 19 50 69 58 9 1 9 10 8
2010—2011 Lokomotiv Yaroslavl KHL 53 16 21 37 38 18 0 3 3 14
2011—2012 Sibir Novosibirsk KHL 25 10 16 26 10
2012—2013 Sibir Novosibirsk KHL 52 17 29 46 46 3 0 2 2 0
2013—2014 Sibir Novosibirsk KHL 48 12 32 44 22 10 0 6 6 2
2014—2015 St. Louis Blues NHL 75 14 30 44 48 5 0 2 2 0
2015—2016 St. Louis Blues NHL 79 9 25 34 38 20 3 6 9 10
2016—2017 St. Louis Blues NHL 64 7 15 22 34 8 1 3 4 4
2017—2018 Philadelphia Flyers NHL 62 3 5 8 14 6 0 2 2 0
2018—2019 Philadelphia Flyers NHL 27 1 2 3 33
2018—2019 Lehigh Valley Phantoms AHL 5 1 2 3 4
2019—2020 SKA Saint Petersburg KHL 51 15 15 30 26
2020—2021 Spartak Moscow KHL 41 9 35 44 17 4 0 2 2 6
2021—2022 Spartak Moscow KHL 45 10 29 39 21 5 1 1 2 0
Liiga jami 197 47 123 170 138 20 5 11 16 16
KHL jami 315 89 177 266 180 40 1 14 15 22
NHL jami 307 34 77 111 167 39 4 13 17 14

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2010-yil Finlandiya WC 6 5 0 0 0 0
2014-yil Finlandiya OG 3rd 6 1 3 4 0
2014-yil Finlandiya WC 2nd 10 3 9 12 10
2016-yil Finlandiya WCH 8 3 0 0 0 2
Jami 24 4 12 16 12

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Urheilukoulun Tuki“. 2016-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan.
  2. Suomen nuorten MM-leiriryhmä nimetty — uutiset — Maajoukkue — www.jatkoaika.com
  3. Lehterä ja Salmela Tapparaan — uutiset — SM-liiga — www.jatkoaika.com
  4. Jori Lehterä lainasopimuksella rapakon taakse | Jääkiekko | Iltalehti.fi
  5. „Tapparan Jori Lehterä runkosarjan paras pelaaja“ (Finnish). Liiga (2010-yil 1-mart). 2010-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 1-mart.
  6. „Blues sign forward Lehtera to two-year contract“. NHL.com (2014-yil 1-iyul). Qaraldi: 2014-yil 1-iyul.
  7. Mahiban, Dhiren. „Looking to make the leap: Jori Lehtera“. NBC Sports (2014-yil 24-avgust). Qaraldi: 2015-yil 23-aprel.
  8. „Blues sign Lehtera to 2-year contract“. St. Louis Blues (2014-yil 1-iyul). Qaraldi: 2014-yil 1-iyul.
  9. „Report: Former Blues Forward Implicated in Finnish Cocaine Ring“ (en). KMOX-AM (2018-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 26-sentyabr.
  10. „Flyers' Jori Lehtera accused of buying cocaine“. ESPN (2019-yil 1-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 10-yanvar.