Jonsaid Turdiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Jonsaid Turdiyev (1954.20.6, Toshkent viloyati Boʻka tumani) — ishlab chiqarish novatori, Oʻzbekiston Qahramoni (1998). Mehnat faoliyatini 1970 yilda Olmaliq shahridagi 14avtobazada avtosozlovchi, haydovchi boʻlib ishlashdan boshlagan. 1973—75 yillarda harbiy xizmatda boʻlgan. 1975 yildan buyen Olmaliq konmetallurgiya kombinatining "Qalmoqqir" konida dastlab ekskavator mashinisti yordamchisi, 1982 yilda mashinistlik kursini tugatgach, 8 kubometr hajmli ekskavator mashinisti boʻlib ishlay boshladi. Mehnatsevarligi tufayli ish rejasini muntazam oshirib bajarishga erihdi. U texnikaenergetika resurslarni tejamkorlik bilan ishlatishda yuqori koʻrsatkichlarga erishdi, oʻz ekskavatori xizmat vaqtini 12 yildan 18 yilga uzaytirishga erishgan, koʻplab ekskavatorchi shogirdlar yetishtirgan.