Joni Kauko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Joni Kauko
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Joni Ensio Kauko
Tavallud sanasi 12-iyul 1990-yil (1990-07-12) (33 yosh)
Tavallud joyi Turku, Finlandiya
Boʻyi 1.88 m (6 ft 2 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
ATK Mohun Bagan
Raqami 7
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1995-2001 Runosmäen Nappulat
2002-2005 TPS
2006-2009 Inter Turku
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008-2012 Inter Turku 98 (10)
2013 Lahti 9 (0)
2013-2015 FSV Frankfurt 48 (3)
2015-2016 Energie Cottbus 34 (4)
2016-2018 Randers 51 (3)
2018-2021 Esbjerg 91 (22)
2021- ATK Mohun Bagan 24 (5)
Milliy terma jamoa
2006 Finlandiya U16 5 (0)
2007-2008 Finlandiya U18 11 (0)
2009 Finlandiya U19 4 (0)
2009-2012 Finlandiya U21 23 (3)
2012- Finlandiya 28 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(17-oktyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2021-yil 22-iyun uchun)

Joni Ensio Kauko (1990-yil 12-iyulda tugʻilgan) — Finlandiyalik professional futbolchi, Hindiston Superligasining ATK Mohun Bagan klubi va Finlandiya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi[1][2]. 2008-yilda 17 yoshida „Inter Turku“dagi professional faoliyatini boshlagan.

2012-yilning yanvarida, 21 yoshida Finlandiya terma jamoasi safida debyut qilgan

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mahalliy „Inter Turku“ning mahsuli boʻlgan Kauko professional shartnomasini 2007-yilning 27-noyabrida 17 yoshida imzolagan. Veikkausliigadagi debyutini olti oydan soʻng 2008-yilning 26-iyunida IFK Mariehamnga qarshi oʻtkazdi. Turku klubidagi ilk mavsumida bor-yoʻgʻi sakkizta oʻyinda maydonga tushdi. Birinchi golini 2009-yilning 3-may kuni MYPA darvozasiga kiritdi. Besh mavsum davomida „Inter“ sharafini himoya qilganidan soʻng, shartnomasi 2012-yilgi mavsumdan keyin uzaytirilmadi va „Lahti“ klubi bilan bir mavsumga shartnoma imzoladi[3]

Lahti bilan shartnoma imzolaganidan olti oy oʻtgach, Kauko Germaniya 2. Bundesliga vakili FSV Frankfurt bilan ikki yillik shartnoma imzolagani eʼlon qildi[4]. Frankfurt FSV bilan shartnomasi tugagach, Kauko Germaniyaning 3. Liga vakili FC Energie Cottbus jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[5].

2016-yilning iyul oyida Kauko Daniyaning Randers klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[6]. Ikki yil oʻtib, 2018-yil 28-iyunda Daniya Superligasining 2018—2019-yilgi mavsumi oldidan Esbjerg fB bilan shartnoma imzoladi[7].

Mohun Bagan AC[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 24-iyunda, Finlandiya Yevro-2020dan chiqib ketganidan koʻp oʻtmay, Kauko Hindiston Superligasi klubi ATK Mohun Bagan bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[8][9][10]. Bosh murabbiy Antonio López Kaukoni 2021-yilgi OFK kubogi mintaqalararo yarim finalida O‘zbekistonning „Nasaf“ jamoasiga qarshi o‘yin uchun yigirma ikki kishidan iborat tarkibga kiritdi[11], biroq jamoa 6:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi[12][13]

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kauko 2009—2012-yillar davomida Finlandiya U21 terma jamoasining doimiy aʼzosi sifatida jami 23 ta oʻyinda maydonga tushgan, 3 ta golga mualliflik qilgan. Finlandiya U-21 terma jamoasi sardori sifatida ham oʻynagan.

2012-yilning 22 yanvarida Trinidad va Tobagoga qarshi oʻrtoqlik oʻyinda milliy terma jamoada debyut qilgan[14]. 2018—2019-yilgi UEFA Millatlar ligasida toʻrtta oʻyin oʻtkazdi. 2018-yilning 15-noyabrida Gretsiyaga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushdi[15].

Kauko 2021-yil 29-may kuni Yevro-2020 turniri oldidan Shvetsiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yiniga chaqirildi[16].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

24-may, 2022-yil holatiga koʻra[17]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Diviziya Liga Milliy kubok Qitʼa Jami
Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Sinimustat 2008 Kakkonen 16 7 0 0 0 0 16 7
Inter Turku 2008 Veikkausliiga 8 0 0 0 0 0 8 0
2009 19 3 0 0 2[lower-alpha 1] 0 21 3
2010 16 0 7[lower-alpha 2] 0 2[lower-alpha 3] 0 25 0
2011 31 3 6[lower-alpha 2] 1 0 0 37 4
2012 24 4 6[lower-alpha 2] 1 2[lower-alpha 3] 0 32 5
FC Lahti 2013 Veikkausliiga 9 0 8[lower-alpha 2][lower-alpha 4] 0 0 0 17 0
FSV Frankfurt 2013—2014 2. Bundesliga 27 0 2[lower-alpha 5] 0 0 0 29 0
2014—2015 21 3 1[lower-alpha 5] 0 0 0 22 3
Cottbus 2015—2016 3. Liga 34 4 1[lower-alpha 5] 0 0 0 35 4
Randers 2016—2017 Superliga 22 1 0 0 0 0 22 1
2017—2018 29 2 1[lower-alpha 6] 0 0 0 30 2
Esbjerg 2018—2019 Superliga 35 8 2[lower-alpha 6] 1 0 0 37 9
2019—2020 30 6 2[lower-alpha 6] 1 2[lower-alpha 3] 0 34 7
2020—2021 Daniya 1-divizioni 26 8 0 0 0 0 26 8
Mohun Bagan 2021—2022 Hindiston Superligasi 20 3 0 0 6[lower-alpha 7] 4 26 7
2022—2023 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami faoliyati 367 52 36 4 14 4 417 60
  1. Appearance(s) in UEFA Champions League
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Appearance(s) in Finnish League Cup
  3. 3,0 3,1 3,2 Appearance(s) in UEFA Europa League
  4. Appearance(s) in Suomen Cup
  5. 5,0 5,1 5,2 Appearance(s) in DFB-Pokal
  6. 6,0 6,1 6,2 Appearance(s) in Danish Cup
  7. Appearance(s) in AFC Cup

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

21-iyun, 2021-yil holatiga koʻra[18][19]
Milliy terma jamoa Yil Rasmiy Doʻstona Jami
Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Finlandiya 2012 0 0 1 0 1 0
2013 0 0 2 0 2 0
2014 0 0 2 0 2 0
2015 0 0 1 0 1 0
2016 0 0 1 0 1 0
2017 0 0 2 0 2 0
2018 4 0 0 0 4 0
2019 5 0 0 0 5 0
2020 2 0 2 0 4 0
2021 5 0 1 0 6 0
Jami 16 0 12 0 28 0

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Inter Turku
FK Lahti

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Randers henter finsk landsholdsspiller, bold.dk, 9 July 2016
  2. „Joni Kauko“ (Finnish). Suomen Palloliitto. 2016-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-avgust.
  3. „Joni Kauko Interistä FC Lahteen“ (Finnish). ESS.fi (2013-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2013-yil 17-iyul.
  4. „Joni Kauko siirtyy Saksaan“ (Finnish). YLE.fi (2013-yil 10-iyun). Qaraldi: 2013-yil 17-iyul.
  5. „Kauko wechselt zu Cottbus“ (German). kicker (2015-yil 16-iyun). Qaraldi: 2015-yil 16-iyun.
  6. „FINSK LANDSHOLDSSPILLER TIL RANDERS FC“ (Danish). Randers FC (2016-yil 9-iyul). Qaraldi: 2016-yil 1-oktyabr.
  7. „EfB henter Kauko“ (Danish). Esbjerg fB (2018-yil 28-iyun). Qaraldi: 2019-yil 26-yanvar.
  8. „Mohun Bagan AC sign Finland midfielder Kauko just days after Euro 2020 campaign“. The Times Of India (2021-yil 24-iyun). Qaraldi: 2021-yil 24-iyun.
  9. „ISL: Mohun Bagan AC rope in Finland international midfielder Joni Kauko“. Goal.com. Qaraldi: 2021-yil 26-iyun.
  10. ISL 2020-21: Mohun Bagan AC signs Finnish international Joni Kauko from Euro 2020 sportstar.thehindu.com. Retrieved 13 August 2021
  11. Kauko included in Mohun Bagan AC squad The Hindu. Retrieved 18 September 2021
  12. „AFC Cup: ATK Mohun Bagan ousted after 0-6 drubbing at hands of FC Nasaf“. First Post. Qaraldi: 2021-yil 23-sentyabr.
  13. „Nasaf 0 – 6 ATK Mohun Bagan“. Soccerway (2021-yil 22-sentyabr).
  14. „Joni Kauko: Toivottavasti näitä tilaisuuksia tulee jatkossa useamminkin“ (Finnish). suomifutis.com (2012-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2013-yil 17-iyul.
  15. „Tällä ryhmällä Huuhkajat lähtee hakemaan Kansojen liigan lohkovoittoa – Kauko ja Granlund avauksessa“ (Finnish). Yle (2018-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 24-aprel.
  16. „Näillä pelaajilla Huuhkajat lähtevät kohti EM-kisoja – kaksi nimeä kiinnostivat yli muiden“ (fi). Helsingin Sanomat (2021-yil 19-may). Qaraldi: 2021-yil 24-may.
  17. Joni Kauko Soccerway saytida
  18. „Joni Kauko“ (Finnish). palloliitto.fi. 2015-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-iyun.
  19. Joni Kauko at National-Football-Teams.com