Dehli jome masjidi
Qiyofa

Dehli jome masjidi - Hindistondagi meʼmoriy yodgorlik (1644-58). Boburiylardan Shoh Jahon qurdirgan. Masjid 3 xonaqoxdan iborat. Bosh tarzi qizil qumtoshdan ishlangan. Peshtogʻi chuqur ravoqli, muqarnas bilan bezatilgan, uning ikki yonidagi ustunsimon burjlar yuqorisi qafasa bilan tugallangan. Peshtoqning ikki yon tomonidagi gumbazli xonalar oldi qator ravokli. Masjidga 3 tomondan kiriladi. 2 burchagidagi minora va gumbazlar marmar qoplab bezatilgan. Old tomonidagi hovli atrofi ravoqlar bilan oʻralgan. D.j.m.da Oʻrta Osiyo meʼmorligi anʼanalari taʼsiri bor.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |