Jomʼe masjidi (Toronto)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Jomʼe masjidi
Jami Mosque (مسجد جامع)
Masjidning kirish qismi
Mamlakat  Kanada
Hudud Ontario
Shahar Toronto
Koordinatalar Koordinatalari: 43°39′12″N 79°27′16″W / 43.6532°N 79.45448°W / 43.6532; -79.45448 G O
Mulkdor Amjed Sayid[1]
Masjid turi Jomʼe
Asosiy sana:
1968-yil
Sayt Rasmiy sayt

Jomʼe masjidi (مسجد جامع) — Kanadaning Ontario shtati Toronto shahridagi masjid. High Parkning sharqida joylashgan. U Kanadadagi eng qadimgi islom markazi boʻlib, „Torontodagi barcha masjidlarning onasi“ deb nomlanadi[2][3].

1930-yilda Presbyterian cherkovi sifatida qurilgan bino[2], 1969-yilda Torontoning kichik, asosan bosnyak va alban[2] musulmon jamoasi tomonidan sotib olingan va shaharning birinchi islomiy ibodat markaziga aylantirilgan[4].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid 1961-yilda tashkil etilgan va birinchi marta Dundas West va Keele yaqinidagi charm doʻkoni oʻrnida qurilgan. Hozirda masjid joylashgan inshoot dastlab 1930-yilda John Francis Brown & Son tomonidan High Park Presbyterian cherkovi sifatida qurilgan. 1969-yilda Toronto musulmon jamiyati Saudiya Arabistoni qiroli Faysaldan cherkov binosini oldindan mavjud jamoat uchun uy va Torontodagi birinchi doimiy masjid sifatida sotib olish uchun mablagʻ olishga muvaffaq boʻlgan[5].

Jom’e dastlab „Tabligʻi jamoat“ning koʻp sonli tarafdorlariga ega boʻlgan boʻlsa-da, gujarati musulmonlarining katta oqimi Toronto sharqidagi zalni ijaraga olisha boshlagach ularning soni kamaygan. 1981-yilda Madina masjidiga aylantirilgan bino sotib olingan va u Tabligʻi jamoatning maʼnaviy markaziga aylangan. Shundan soʻng Jom’e Musulmon Talabalar Uyushmasida yetakchilik qlishni boshladi[6].

Taniqli jamoatchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ahmad Kutti — Shimoliy Amerika islom olimi, Jomiyning sobiq imomi
  • Ahmad Xadr — Umar Xadrning otasi [7]
  • Muhammad Abdulla Varsame — Kanada fuqarosi AQShda terrorizmga moddiy yordam koʻrsatgani uchun sudlangan [8]
  • Muhammad Zeki Mahjub — Misr fuqarosi Kanadada „Fath avangardlari“ ga aʼzoligi uchun xavfsizlik sertifikati bilan hibsga olingan [9]
  • Hasan Almrey - Kanadada xavfsizlik sertifikati bilan yashagan Suriya fuqarosi, al-Qoidaga aʼzolikda gumon qilingan holda hibsga olingan[10]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Kernaghan, Tom G. OAK, Jami Mosque served changing community
  2. 2,0 2,1 2,2 Doors Open Toronto, „Jami Mosque“, 2009
  3. Jami Mosque: About us (Wayback Machine saytida 2017-02-01 sanasida arxivlangan)
  4. Jami Mosque: About us (Wayback Machine saytida 2017-02-01 sanasida arxivlangan)
  5. Architectural Conservatory of Ontario. „Jami Mosque“. Qaraldi: 2023-yil 16-iyun.
  6. Masud, Muhammad Khalid. „Travellers in faith: studies of the Tablīghī Jamāʻat“, p. 227
  7. Shephard, Michelle. Guantanamo's Child: The Untold Story of Omar Khadr. John Wiley & Sons, 2008. ISBN 978-0-470-84117-4. 
  8. Colin Freeze. „Somali Canadian faces U.S. conspiracy charge“. The Globe and Mail (2018-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 16-iyun.
  9. Mahjoub (Re), 2013 FC 1092 (CanLII), <https://canlii.ca/t/gn61d>, retrieved on 2023-06-16
  10. Almrei, Hassan. Affidavit, November 9, 2005.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]