John van den Brom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
John van den Brom
Van den Brom 2016-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Joseph Anthonius van den Brom
Tavallud sanasi 4-oktyabr 1966-yil (1966-10-04) (57 yosh)
Tavallud joyi Amersfoort, Niderlandiya
Boʻyi 1.91 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Lech Poznań (murabbiy)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
APWC
AFC Quick 1890
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1986-1993 Vitesse 225 (80)
1993-1995 Ajax 44 (7)
1995-1996 Istanbulspor 22 (3)
1996-2001 Vitesse 99 (13)
2002-2003 De Graafschap 42 (4)
Milliy terma jamoa
1990-1993 Niderlandiya 2 (1)
Boshqargan klublari
2003-2004 Bennekom
2004-2007 Jong Ajax
2007-2010 AGOVV
2010-2011 ADO Den Haag
2011-2012 Vitesse
2012-2014 Anderlecht
2014-2019 AZ
2019-2020 Utrecht
2020-2021 Genk
2022 Al-Taawoun
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Joseph Anthonius John van den Brom (talaffuzi: Jon van den Brom; 1966-yil 4-oktyabrda tugʻilgan) — gollandiyalik sobiq professional futbolchi va Ekstraklasaning Lech Poznan jamoasi murabbiyi. Futbolchi sifatida Vitesse, Ajax, De Graafschap va İstanbulspor klublarida oʻynagan. Futbolchilikni tugatib murabbiy boʻldi. AGOVV Apeldoorn (2007—2010), ADO Den Haag (2010—2011), Vitesse (2011—2012) va Anderlecht (2012—2014) klublarida bosh murabbiy bo‘lib ishlagan. AZda besh yil murabbiylik qilib, 2019—2020-yilgi mavsumdan boshlab „Utrecht“ klubi murabbiyi boʻldi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Niderlandiyaning Amersfoort shahrida tugʻilgan Van den Brom oʻz faoliyatini 1986-yilda Amersfortdagi APWCning havaskor jamoasida boshlagan. „Vitess“ bilan yetti mavsumda 225 oʻyin oʻtkazdi va 80 gol urdi. 1993-yilda Gollandiya grandi Ajaxga oʻtdi. Undan keyin ikki mavsum davomida Turkiyaning İstanbulspor jamoasi bilan oʻynadi[1]. Bir mavsumdan soʻng Vitessga qaytdi va besh mavsumini oʻtkazdi. 2003-yilda, De Graafschapda faoliyatini yakunladi.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Van den Brom Gollandiya terma jamoasida ikkita oʻyinda maydonga tushgan va bitta gol urgan[2].

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchilik faoliyatidan soʻng jamoasi Bennekomning bosh murabbiyi boʻldi. 2004-yil 29-aprelda „Ajax“ning ikkinchi jamoasi murabbiyi boʻldi. 2007-yildan 2010-yilgacha Eerste Divisie klubi AGOVV Apeldoorn bosh murabbiyi boʻlib ishlagan. 2010-yil may oyida Eredivizion klubi ADO Den Haagnga oʻtdi[3] va klub bilan 2011—2012-yilgi Yevropa Ligasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishga erishdi. 2011-yil iyun oyida Van den Brom sobiq klubi Vitess bosh murabbiyi etib tayinlandi[4].

2012-yilning 29-mayida Belgiyaning Anderlecht klubi bilan bosh murabbiy sifatida shartnoma imzoladi[5]. 2014-yil 10-martda ishdan boʻshatildi[6].

2014-yil 27-sentabrda Van den Brom AZ bilan shartnoma tuzganligi maʼlum bo‘ldi[7]. AZda besh yil faoliyat koʻrsatganidan soʻng, 2019—2020-yilgi mavsumdan boshlab Utrecht klubida faoliyatini davom ettirdi[8].

2020-yil noyabr oyida Belgiya birinchi divizioni Genk jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi[9]. 2021-yil 6 dekabrda ishdan boʻshatildi[10].

2022-yil 31-mart kuni van den Brom Saudiya Arabistoni Professional Ligasi Al-Tavun klubi bosh murabbiyi etib eʼlon qilindi[11].

2022-yil 19-iyunda Polsha Ekstraklasa chempioni Lech Poznan murabbiyi boʻldi[12].

Faoliyati statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Ishtirok Gollar
Vitesse 1986—1987 Erste divizioni 36 17
1987—1988 Erste divizioni 25 10
1988—1989 Erste divizioni 36 6
1989—1990 Eredivizion 33 14
1990—1991 Eredivizion 33 8
1991—1992 Eredivizion 32 10
1992—1993 Eredivizion 30 15
Ajax 1993—1994 Eredivizion 27 2
1994—1995 Eredivizion 17 5
Istanbulspor 1995—1996 1. Liga 22 3
Vitesse 1996—1997 Eredivizion 28 5
1997—1998 Eredivizion 15 1
1998—1999 Eredivizion 26 1
1999—2000 Eredivizion 24 6
2000—2001 Eredivizion 6 0
De Graafschap 2000—2001 Eredivizion 16 2
2001—2002 Eredivizion 23 2
2002—2003 Eredivizion 3 0
Jami 432 107

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

12-noyabr, 2022-yil
Jamoa Boshlash Tugatish Natija
D M Gʻalaba %
AGOVV Apeldoorn 1.07.2007 30.06.2010 120 45 22 53 037.50
Den Haag 1.07.2010 29.06.2011 40 20 7 13 050.00
Vitesse 1.07.2011 30.05.2012 42 20 9 13 047.62
Anderlecht 30.05.2012 9.04.2014 98 54 18 26 055.10
AZ Alkmaar 29.09.2014 30.06.2019 216 116 41 59 053.70
Utrecht 1.07.2019 9.11.2020 40 20 9 11 050.00
Genk 9.11.2020 6.12.2021 65 30 13 22 046.15
Al-Taawoun 31.03.2022 7.05.2022 7 2 1 4 028.57
Lech Poznań 19.06.2022 Hozirgacha 32 14 9 9 043.75
Jami 660 321 129 210 048.64

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchi sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vitesse

Ajax

Murabbiy sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anderlecht

Genk

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Van den Brom en Van Vossen akkoord met Istanbulspor“ (nl). De Volkskrant (15 June 1995). Qaraldi: 2016-yil 28-noyabr.
  2. John van den Brom. Voetbalstats.nl Retrieved on 28 November 2016
  3. „Van den Brom nieuwe hoofdtrainer“ (nl). ADO Den Haag (2010-yil 29-may). 2011-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 4-iyun.
  4. „John van den Brom toch trainer van Vitesse“ (nl). NRC (2011-yil 30-iyun). Qaraldi: 2016-yil 28-noyabr.
  5. „John van den Brom toch naar Anderlecht“ (nl). De Gelderlander (2012-yil 29-may). Qaraldi: 2016-yil 28-noyabr.
  6. „Van den Brom makes way for Hasi at Anderlecht“ (2014-yil 10-mart).
  7. Van den Brom nieuwe trainer AZ (Dutch)
  8. „Van den Brom signs for three years at FC Utrecht as successor Advocaat | tellerreport.com“ (en). www.tellerreport.com. Qaraldi: 2019-yil 2-avgust.
  9. „OFFICIEEL: John van den Brom is de nieuwe trainer van Racing Genk“ (nl). sporza.be (2020-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 6-noyabr.
  10. „Van den Brom moet nu toch vertrekken bij Genk, T2 Riddersholm neemt over“ (nl). sporza.be (2021-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 6-dekabr.
  11. „رسميًا.. التعاون ينهي الاتفاق مع المدرب الهولندي "فان دين بروم"“.
  12. „John van den Brom trenerem Lecha“ (pl). Lech Poznań (2022-yil 19-iyun).