John Moschitta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
John Moschitta
Tavalludi 6-avgust, 1954-yil
Fuqaroligi Qoʻshma Shtatlar AQSH
Kasbi Aktyor, xonanda

John Moschitta (1954-yil 6-avgust tugʻilgan) – amerikalik aktyor va xonanda. Moschitta Bir daqiqada 586 ta soʻzni oʻqib Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng tez gapiruvchi inson sifatida kiritilgan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1954-yil 6-avgustda Amerika Qo‘shma Shtatlarining New York shahrida tugʻilgan. John Moschitta omma orasida tez gapiradigan inson nomi bilan ham tanilgan. U bolalar oʻyinchoqlar haqidagi 100 dan orqtiq reklama roliklarida ishtirok etgan[1]. 1981-yilda Moschitta ABC telekanalida efirga uzatilgan „Thatʼs Incredible!“ teleserialida rol ijro etdi va ijrosi orqali „The Tonight Show“ va „Merv Griffin Show“ kabi boshqa koʻplab shoulardan takliflarni keltirib chiqargan[2]. Biroz muddatdan soʻng Ally & Gargano reklama agentligining xodimlari: Patrick Kelly va Michael Teschning eʼtiboriga tushgan. John Moschittani Patrick Kelly va Michael Tesch „FedEx“ kompaniyasing reklama roliklarida rol ijro etishi uchun ishga olishgan, shundan soʻng Federal Express komaniyasi uchun, John Moschitta 750 dan ortiq reklama roliklarida sur’artga tushgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

John Moschitta Jr. 1986-yilda ishlab chiqarilgan "Transformerlar" filmida, 2008–2009-yillarda efirga uzatilgan Transformers: Animated video filmlarida „Blurr“ (film qahramoni ) uchun ovoz bergan. John Moschitta faoliyati davomida „Minute Race“, „Quality Inn“, „Northwest Airlines“, „Olympus Camera“, „Mattel“, „Post Don“, „Tiger Games“, „Continental Airlines“, „Burger King“, „ABC“, „NBC“, „CBS“, „PBS“, „HBO“, „Micro Machines“ va „JetBlue“ kompaniyalari uchun reklama roliklarida oʻnlab rollarni ijro etgan. Ushbu qahramonlarni jonlashtirish orqali,John Moschitta 1985-yilda Nyu-Yorkda oʻtkazilgan „Xalqaro kino va televideniye festival“ining „Silver Medal“ unvoniga sazovor boʻldi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Bellomo, Mark. Totally Tubular '80s Toys. Krause Publications, September 2010 — 171 bet. ISBN 9781440216473. [sayt ishlamaydi]
  2. Gervais, Marty. „Motor-mouth led to his rapid success“ (1986-yil 8-noyabr). Qaraldi: 2013-yil 9-yanvar.