Shou

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shou (ing. — koʻrsatmoq, tomosha) — dabdabali ommaviy tomosha. Dastlab AQShda estrada konsertini ifodalagan. Koʻpincha muayyan mavzu (mas, AQSH kinoakademiyasining "Oskar" mukofoti, Oʻzbekistonda "Ofarin", "Nihol" mukofotlari taqdimot marosimlari). maʼlum shaxsni mashhur qilish yoki narsa, voqeani targʻibot etish maqsadida (reklama Sh.si). estrada, sport "yulduzlari", mashhur aktyor, siyosatchi va boshqalar ishtirokida uyushtiriladi. Sh. gashkil etish yoʻli bilan daromad topish Sh.biznes deb ataladi. Sh. bilan maxsus Sh.birjalar. firmalar, madaniimusiqavii uyushmalar, ayrim guruxdar yoki baʼzi biznesmen (prodyuser)lar shugʻullanishi mumkin. shahrida bitishuv shartnomalariga asosan, mamlakatning oʻzidagi va chet ellardagi mashhur artistlar, sanʼat guruhlari va boshqalarning chiqishlari uyushtiriladi. Oʻzbekistonda 20-asrning 90-yillari boshidan estrada Sh.biznes rivojlandi (yana qarang "Uzbeknavo").